{"id":114346,"date":"2024-01-19T09:12:19","date_gmt":"2024-01-19T06:12:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114346"},"modified":"2024-01-19T09:12:24","modified_gmt":"2024-01-19T06:12:24","slug":"namozgohtepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namozgohtepa\/","title":{"rendered":"Namozgohtepa"},"content":{"rendered":"\n<p>Namozgohtepa \u2014 eneolit va jez davriga oid qishloq xarobasi. Janubiy Turkmanistonning Kopetdog&#8217; etaklarida joylashgan, maydoni 70 gektar. 1949-52 yillarda professor B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va butun O&#8217;rta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning o&#8217;rtalaridan boshlab yodgorlikni keng ko&#8217;lamda o&#8217;rganish ishi bilan V. M. Massoy boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shug&#8217;ullanib kelgan. Namozgohtepada madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 metrgacha boradi. Namozgohtepa madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga (namozgoh 1-6) bo&#8217;lingan. Ulardan Namozgoh 1-3 eneolit davriga, Namozgoh 4-6 esa jez davriga oiddir. Namozgoh \u2014 1 (ilk eneolit) davrida aholi xom g&#8217;ishtdan kurilgan bir xonali uylarda yashagan. Namozgoh \u2014 2 (o&#8217;rta eneolit) davriga kelib, uy-joy qurilishida ko&#8217;p xonali uylar paydo bo&#8217;ladi, bu davr qishloklarining atrofida mudofaa devorlari qad ko&#8217;tara boshlagan. Ko&#8217;p xonali uylar orasida doyra shaklida otashgohlar qurilgan. Namozgoh \u2014 3 davriga kelib (so&#8217;nggi eneolit), qishloqlarning hududi ancha kengayadi, uy-joy majmualari qoshida hovlilar paydo bo&#8217;lgan, hovlilarni birlashtiruvchi tor ko&#8217;chalar rasmiylashadi, ko&#8217;chalar esa qishloq markaziga joylashgan ochiq maydonga tutashadi. Eneolit davrining mehnat qurollari, asosan, toshdan, suyakdan va qisman misdan ishlangan. Sopol ishlab chiqarishda hali kulollik charxi kashf etilmagan, sopol idishlar qo&#8217;lda yasalgan. Masalan, Namozgoh \u2014 1 davri idishlariga qora mineral rang bilan geometrik naqsh berilgan. Namozgoh \u2014 2 bosqichi sopol idishlarining shakli va ularning sirtiga tushirilgan naqshlar sodda va ko&#8217;p jihatdan Namozgoh \u2014 1 sopollaridan kam farq qilsada, ammo Namozgoh \u2014 1 davrining &#171;monoxrom&#187; naqshlari o&#8217;rnida Namozgoh \u2014 2 davrining &#171;polixrom&#187; naqshli sopollar yasala boshlagan. Namozgoh \u2014 3 davriga kelib, avvalgi sodda qilib ishlangan geometrik naqshli sopollar o&#8217;rnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga &#171;gilam gulli naqsh&#187; deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tus oladi. Bu esa urug&#8217;doshlik jamoasining diniy tasavvurlarini &#171;totemlar&#187; ko&#8217;rinishida namoyon bo&#8217;lishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xo&#8217;jaligining asosini sug&#8217;orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, \u2014 2 davridan boshlab sun&#8217;iy suv omborlari qurish boshlanadi. Namozgoh \u2014 4 davri majmualari Namozgohtepada ilk jez davrining boshlanishidan guvoxlik beradi. Dehqonchilik va xonaki chorvachilik xo&#8217;jaligi, hunarmandchilikning turli sohalari keng rivojlanadi. Namozgoh \u2014 4 davrining so&#8217;nggi bosqichida kulollik charxi kashf etiladi. Natijada sopol ishlab chiqarish sohasida shunday sezilarli o&#8217;zgarishlar yuz beradiki, oqibatda O&#8217;rta Osiyoning Janubiy rayonlari o&#8217;z taraqqiyoti bilan ko&#8217;p jihatdan Qadimgi Sharq madaniyatiga yaqinlashib qoladi. Sopol ishlab chiqarishda bikonik shakldagi idishlar., qadah va vazasimon idishlar paydo bo&#8217;ladi. Idishlarning sirtiga daraxtlar, echki va qushlarning suratini solish keng tus oladi. Idishlarga &#171;gilam gulli naqsh&#187; solish davom etadi. Shu bilan birga Namozgoh \u2014 4 davrining so&#8217;nggi bosqichida tiniq rangli gulsiz sopollar ko&#8217;payadi. Me&#8217;morlikda monumental inshootlar qurish kuzatiladi. Namozgoh \u2014 5 bosqichida jez davrining gullagan pallasi bo&#8217;lib, har sohada rivojlanish- ning kjsak darajasi kuzatiladi. Sopol ishlab chiqarish korxonalarining mahsuloti to&#8217;la-to&#8217;kis tovar xarakterini oladi. Sopol idishlarning turi va xili ko&#8217;payadi. Sopollarning mutlaq aksariyati naqshsiz ishlab chiqariladi. Me&#8217;morlikda monumental inshootlar qurish keng tus oladi. Tom ma&#8217;nodagi ilk shahar shakllanadi. Namozgoh \u2014 5 davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o&#8217;zgarishlar Namozgoh \u2014 6 davrida yanada kengroq va chuqurroq davom etadi. Namozgohtepada so&#8217;nggi davr katlamlari kam uchratildi. Buning boisi, aynan shu davrdan e&#8217;tiboran metropoliyalardagi shahar xayoti yangi mintaqalarga ko&#8217;chadi (masalan, Murg&#8217;ob voqasi va qadimgi Baqtriyaga). Ad.: Massoy V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M.\u2014L., 1964. Ahmadali Asqarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namozgohtepa \u2014 eneolit va jez davriga oid qishloq xarobasi. Janubiy Turkmanistonning Kopetdog&#8217; etaklarida joylashgan, maydoni 70 gektar. 1949-52 yillarda professor B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namozgohtepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114346","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114346","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114346"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114346\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114363,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114346\/revisions\/114363"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114346"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114346"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114346"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}