{"id":114366,"date":"2024-01-19T09:15:19","date_gmt":"2024-01-19T06:15:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114366"},"modified":"2024-01-19T09:15:21","modified_gmt":"2024-01-19T06:15:21","slug":"namangan-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namangan-tumani\/","title":{"rendered":"Namangan tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Namangan tumani \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Uychi, Norin, shimoldan Kosonsoy, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, Chortoq, g&#8217;arbdan To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on, Janubdan Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,25 ming km2. Aholisi 170,9 ming kishiga yaqin (2003). Namangan tumanida 1 shaharcha (Toshbuloq), 12 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bog&#8217;ishamol, Ibrohim Rahmatov, Irvadon, Mirishkor, Oxunboboyev, Tepaqo&#8217;rg&#8217;on, Xonobod, Sho&#8217;rqishloq, Uzbekistan, Qumqo&#8217;rg&#8217;on, G&#8217;alcha, G&#8217;irvon) bor (2003). Markazi \u2014 Toshbuloq shaharchasi. Tabiati. Namangan tumani yer yuzasi tekislik, adir va do&#8217;ngliklardan iborat bo&#8217;lib, o&#8217;zlashtirilgan dasht zonasiga kiradi. To&#8217;rtlamchi geologik davrning oqiziq jinslari (lyoss, loy, qum, shag&#8217;al)dan tashkil topgan. Janubga tomon qiya (balandligi 400-450). Tumanda yer osti suvi ko&#8217;p. Qurilish materiallaridan ohaktosh, g&#8217;isht tayyorlanadigan tuproqlar bor. Iqlimi quruq subtropik, yozi quruq, issiq, qishi qisqa, sovuq va sernam. Yog&#8217;in-sochin kam (300-350 mm), bug&#8217;lanish katta. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 g, -3\u00b0 iyulniki 26,3\u00b0. Vegetatsiya davri 236 kun. Ob-havo sharoiti subtropik mevalar (anjir, anor va boshqalar) yetishtirish uchun qulay. Soy ko&#8217;p, vodiylari tosh-shag&#8217;al bilan qoplangan. Tuproqlari adirlarda tipik va och bo&#8217;z tuproq, adirlar orasida sug&#8217;oriladigan o&#8217;tloqi, botqoq-o&#8217;tloqi va botqoq tuproqlar tarqalgan. Tumanning shim.dan Shimoliy Farg&#8217;ona kanali, Janubdan Sirdaryo oqib o&#8217;tadi. Katta Namangan kanali, Yangiariq, Namangansoy, girvonsoy, Irvadonsoy, kosonsoy kabi suv manbalaridan Namangan tumani darvozasi. ekinzorlar sug&#8217;oriladi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, quyon va boshqalar, qushlardan yovvoyi o&#8217;rdak, yovvoyi kaptar, ola-qanot, qaldirg&#8217;och, chumchuq, laylak, boyo&#8217;g&#8217;li va boshqalar uchraydi. Aholisining aksari qismi o&#8217;zbeklar (98,6%), shuningdek, tojik, qirgiz, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o&#8217;rtacha 683 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 13,7 ming kishi, qishloq aholisi 157,2 ming kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari ham faoliyat ko&#8217;rsatadi. Paxtachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik, g&#8217;allachilik, chorvachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. &#171;Mirishkor&#187; qo&#8217;shma korxonasi, paxta tozalash zavodi, kichik va xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. Tumanda 13 xo&#8217;jalikda paxta yetishtiriladi, Ipakchilik bilan shug&#8217;ullanuvchi va sabzavot yetishtiruvchi shirkat xo&#8217;jaliklari ham bor. 315 fermer xo&#8217;jaligi 3730 gektar yer maydonida faoliyat ko&#8217;rsatadi. Shulardan 114 tasi paxtachilik, 35 tasi g&#8217;allachilik, 47 tasi sabzavotchilik, 78 tasi bog&#8217;dorchilik, 41 tasi chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Ushbu fermer xo\u2019jaliklarida 2316 kishi ishlaydi (2003). 2001\/2002 o&#8217;quv yilida 42 umumiy ta&#8217;lim maktabida 43 ming o&#8217;quvchi, 3 ta qishloq xo\u2019jaligi, sanoat va maxsus iqtisodiy kollej, maxsus iqtisodiy litseylarda 1700 dan ortiq o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Bolalar musiqa maktabi bor. Tuman madaniyat saroyi qoshida ashula va raqs ansambli, &#171;Bo&#8217;ston&#187; folklor etnografik ansambli faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Tumandagi &#171;Yosh texniklar&#187; maskani jamoasi barcha tanlovlarda g&#8217;olib chiqqan. Tumanda markaziy kutubxona, uning 35 ta filiali, madaniyat saroyi va 12 ta madaniyat uylari mavjud. Markaziy stadion (15 ming o&#8217;rin), yopiq tennis korti, 14 futbol, 17 basketbol, 21 qo&#8217;l to&#8217;pi, 85 voleybol maydoni va maydonchalari, 30 sport zallari ishlab turibdi. Jismoniy tarbiya va sport bilan 42 mingdan ziyod kishi muntazam shug&#8217;ullanmoqda. Sport sektsiyalari va to&#8217;garaklarida 20 mingga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Namangan tumanida tuman markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, 5 qishloq, 2 xususiy kasalxonalar (630 o&#8217;rin) mavjud. 1 ixtisoslashgan Markaziy poliklinika, 1 tish davolash poliklinikasi, 14 qishloq vrachlik punkti, 30 feldsher-akusherlik punkti, 15 dorixona bor. Tumandagi barcha tibbiy muassasalarda 170 vrach, 883 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. 1962 yil 10 iyundan &#171;istiklol&#187; tuman gazeta chiqadi (adadi 5 ming). Murodulla Haydarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namangan tumani \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Uychi, Norin, shimoldan Kosonsoy, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, Chortoq, g&#8217;arbdan To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on, Janubdan Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namangan-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114366","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114366","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114366"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114366\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114382,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114366\/revisions\/114382"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114366"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114366"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114366"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}