{"id":114369,"date":"2024-01-19T09:15:20","date_gmt":"2024-01-19T06:15:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114369"},"modified":"2024-01-19T09:15:22","modified_gmt":"2024-01-19T06:15:22","slug":"nayman-naymanlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nayman-naymanlar\/","title":{"rendered":"Nayman, naymanlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Nayman, naymanlar \u2014 o&#8217;zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg&#8217;iz, no&#8217;g&#8217;oy va Oltoy xalqlari tarkibiga kirgan qabila uyushmasi. Rus etnografi A.D.Grebenkinning 19-asr 70-yillarida bergan ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, o&#8217;zbek Nayman Zarafshon vodiysi (63 ta qishlog&#8217;ida), Farg&#8217;ona vodiysi, Xorazm vohasi, Qoraqalpog&#8217;iston, Qashqadaryo va Surxondaryoning Termiz tumanida qo&#8217;ng&#8217;irotlar bilan birga yashab kelishgan. Keyinchalik dastlab Afg&#8217;onistonning Balx viloyatiga, so&#8217;ngra Zarafshon vodiysiga ko&#8217;chib ketishgan. O&#8217;zbek Naymanlari 19-asr oxirida 3 ta yirik uruqqa bo&#8217;lingan: Qo&#8217;shtamg&#8217;ali, sadirbegi, uvaxtamg&#8217;ali. Bulardan tashqari, Naymanda bir qancha urug&#8217; bo&#8217;limlari ham mavjud bo&#8217;lgan: agran, Ayronchi, Badir, biya, Bog&#8217;anali, boltali, bukalay, Burunsov, Jagalboyli, jostovon, jilonli (ilonli), jumaloq bosh, olti ota, olti o&#8217;g&#8217;il, oq tunli, segiz uruv (sakkiz urug&#8217;), sarinayman, turtul (to&#8217;rt o&#8217;g&#8217;il), to&#8217;rttamg&#8217;ali, Urguch, ukrash, changali, cho&#8217;michli, g&#8217;ozoyoqli, qoragadoy, qorasirak, Qarg&#8217;ali, qiltamg&#8217;ali, kultamg&#8217;ali va boshqalar. Narpay tumanidagi Nayman: Po&#8217;latchi, ulus, zarman, kichkildik, osnayman. Achchili Nayman, kattaki, Nayman, to&#8217;rg&#8217;oq Nayman, Uyshun naymanlarga qam bo&#8217;lingan. O&#8217;zbek Nayman avlodlarini boshqa qavmlar tarkibidan ham uchratish mumkin. Masalan, o&#8217;zbek-saroylarining eng yirik to&#8217;rt urug&#8217;idan biri Naymansaroy deb nomlangan. Shuningdek, qipchoqsaroyda chorkusa Nayman, Qo&#8217;shtamg&#8217;ali saroy va Qo&#8217;ng&#8217;irot saroyda ham Nayman tarmog&#8217;i bor. Hattoki o&#8217;zbek kenagaslari va juzlari tarkibida ham Nayman shoxobchasi uchraydi. Bu holat o&#8217;zbek qavmlarining etnogenezi mushtarakligidan, o&#8217;zaro etnogenetik va etnomadaniy aloqalardan dalolat beradi. Nayman Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Tojikiston, Boshqirdiston, Tatariston va Mo&#8217;g&#8217;uliston hududlarida ham yashaganlar. Naymanlarning kelib chiqishi munozarali. Bir guruh olimlar (I.N.Berezin, V.V.Bartold, B.Ya.Vladimirsov va boshqalar) Naymanning etnogenezini mo&#8217;g&#8217;ullar bilan bog&#8217;laydilar. Ular &#171;Nayman&#187; so&#8217;zining etimologiyasini (mo&#8217;g&#8217;ulcha &#171;sakkiz&#187;, &#171;sakkiz qabila&#187;) o&#8217;z fikrlariga dalil qilib ko&#8217;rsatadilar. Ikkinchi bir guruh esa (N. A. Aristov, X.Xovorst, S.A. Amanjolov va boshqalar) esa Naymanni turk deb hisoblaydilar. Qadimgi Sharq qo&#8217;lyozmalarida hamda urxun yozuvlarida &#171;sakkiz o&#8217;g&#8217;uz&#187; qabilasi Ittifoqi tilga olinadi. Ular yashagan yerlarni 10-asr o&#8217;rtalarida kidanlar ishg&#8217;ol etganlar. Sakkiz o&#8217;g&#8217;uzlar kidanlar tomonidan tobe etiladi, kidanlar ularni Nayman deb atay boshlaganlar. Demak, Nayman aslida turkiy xalqlardan bo&#8217;lganlar. Nayman 8-asr o&#8217;rtalarida Baykal ko&#8217;lining Janubda yashaganlar. 9-asr o&#8217;rtalarida ular urxun daryosining yuqori qismidan to tarim va qora Irtishgacha bo&#8217;lgan erlarni egallaydilar. Keyinchalik Nayman egallab turgan erlarning chegarasi Xonboy va Oltoy tog&#8217;larigacha etgan. Ular sharqsa, kerayitlar, shim.da qirg&#8217;izlar, g&#8217;arbda qang&#8217;lilar, Janubda esa uyg&#8217;urlar bilan chegaradosh bo&#8217;lganlar. 12-asrning o&#8217;rtalarida Nayman kuchayib, Markaziy Osiyoda o&#8217;z hukmronliklarini o&#8217;rnatdilar. Nayman davlati 13-asr boshigacha, ya&#8217;ni mo&#8217;g&#8217;ullar istilosiga qadar mavjud bo&#8217;lgan. Naymanlarning oxirgi xoni \u2014 Tayanxonning poytaxti Jarshiznaur degan (Qoraqurumga yaqin) joyda joylashgan. 1204 yilda Naymanning katta bir qismi mo&#8217;g&#8217;ullarga tobe bo&#8217;ladi. Mo&#8217;g&#8217;ullarga itoat etmagan Nayman esa Balxash ko&#8217;lining g&#8217;arbidagi cho&#8217;llarda, Janubda Olako&#8217;l bo&#8217;ylarigacha bo&#8217;lgan erlarda, Sirdaryo bo&#8217;ylarida, Ulug&#8217;tog&#8217; hamda ishim daryosi bo&#8217;ylarida yashaganlar. Sirdaryo bo&#8217;ylaridagi Naymanning katta qismi keyinchalik Xorazmga va Movarounnahrga ko&#8217;chib kelib o&#8217;rnashganlar. Ular asta-sekin o&#8217;troqlashib, yerlik xalqlarga aralashib ketganlar. Qozog&#8217;iston cho&#8217;llarida ko&#8217;chib yurgan Naymanning bir qismi Shayboniyxoniing Movarounnahrga qilgan yurishlarida faol qatnashgan. 15-asrning oxiri \u2014 16-asrning boshlarida ular hozirgi O&#8217;zbekiston hududlariga ko&#8217;chib o&#8217;rnashgan. Naymanning Dashti Qipchoqda qolgan qismi esa qozoq, qoraqalpoq va no&#8217;g&#8217;oylar tarkibiga kirgan. N.ning deyarli ko&#8217;pchiligi 13-asr boshlarigacha xristian dinida bo&#8217;lgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar ta&#8217;sirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo Nayman e&#8217;tiqodida ibtidoiy dinlarning, xususan shamanizm qoldiqlari kuchli bo&#8217;lgan. 13\u2014 14-asrlar davomida Naymanlar islom dinini qabul qilganlar. O&#8217;zbek Naymanning ko&#8217;pchilik qismi Zarafshon vodiysida (Pastdarg&#8217;om va Narpay tumanlarida) o&#8217;troq holda yashab, ko&#8217;pincha dehqonchilik bilan mashg&#8217;ul edi. Ular tomli (paxsa, cho&#8217;pkori) uylarda yashaganlar. O&#8217;troq Naymanning boylari chorvachilik bilan ham shug&#8217;ullanganlar. Jom cho&#8217;li, O&#8217;rtacho&#8217;l, Zirabuloq tog&#8217;ida yashovchi Naymanning asosiy mashg&#8217;uloti chorvachilik hisoblangan. Bular ko&#8217;pincha Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari, tog&#8217;va tog&#8217;bag&#8217;irlarida yashaganlari esa jaydari qo&#8217;ylar, qoramol, tuya va ot saklaganlar. Chorvador Nayman o&#8217;tovlarda yashaganlar. 19-asrning oxiri \u2014 20-asrning boshlarida o&#8217;zbek Nayman ham boshqa qabilalar kabi o&#8217;troq o&#8217;zbeklar tarkibiga singib, mazkur xalqning shakllanishida faol qatnashganlar. Ad.:Rashidaddin., Sbornik letopisey, t. 1., VIP. 1., M. -L., 1962; Norboev N., O&#8217;zbek elining qabila va urug&#8217;lari haqida, T., 1997. Ochil Bo&#8217;riyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nayman, naymanlar \u2014 o&#8217;zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg&#8217;iz, no&#8217;g&#8217;oy va Oltoy xalqlari tarkibiga kirgan qabila uyushmasi. Rus etnografi A.D.Grebenkinning 19-asr 70-yillarida bergan ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, o&#8217;zbek Nayman Zarafshon vodiysi (63 ta qishlog&#8217;ida), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nayman-naymanlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114369","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114369","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114369"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114369\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114383,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114369\/revisions\/114383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114369"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114369"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114369"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}