{"id":114371,"date":"2024-01-19T09:15:23","date_gmt":"2024-01-19T06:15:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114371"},"modified":"2024-01-19T09:15:25","modified_gmt":"2024-01-19T06:15:25","slug":"navoiy-kon-metallurgiya-kombinati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navoiy-kon-metallurgiya-kombinati\/","title":{"rendered":"Navoiy kon-metallurgiya kombinati"},"content":{"rendered":"\n<p>Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) &#8212; &#171;Qizilqumnodirmetalloltin&#187; davlat kontserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958 yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va to&#8217;qimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, ma&#8217;danni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha bo&#8217;lgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi. Kombinat tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Muruntov konidan oltin rudalari qazib olish shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy ob&#8217;yektlar bor. Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958 yilda barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran ma&#8217;danini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga o&#8217;tkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; &#171;Ko&#8217;kpatas&#187; konining tarkibida oltin bo&#8217;lgan ma&#8217;danlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yo&#8217;nalishini tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) \u2014 Muruntov noyob oltin konini o&#8217;zlashtirish uchun 1964 yilda barpo etilgan. 1967 yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri) \u2014 Sobirsoy uran konini o&#8217;zlashtirish maqsadida 1964 yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin bo&#8217;lgan ma&#8217;danlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega bo&#8217;lgan polivi &#8212; nilxlorid va polietilen quvurlarni va boshqalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) \u2014 Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971 yilning Fevralida bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida o&#8217;zlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining bo&#8217;linmasi sifatida tashkil etilgan. 1993 yilda Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy bo&#8217;linmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga o&#8217;tkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshqarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) \u2014 Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954 yilda Chovli uran konini o&#8217;zlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995 yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); &#171;Navoiy mashinasozlik zavodi&#187; ishlab chiqarish birlashmasi \u2014 1963 yilning oktabrda kombinat bo&#8217;linmalarining ish faoliyatini ta&#8217;minlash uchun ta&#8217;mirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) \u2014 1992 yilda O&#8217;zbekiston \u2014 Amerika qo&#8217;shma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996 yildan kombinat bo&#8217;linmasi (zargarlik buyumlarini yasash); &#171;Agama&#187; davlat trikotaj firmasi \u2014 1990 yilda xalq iste&#8217;moli mollarini ishlab chiqarish va sotish bo&#8217;yicha qo&#8217;shma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997 yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning sho&#187;ba korxonasi; Zarafshon qurilish boshqarmasi \u2014 1967 yilda tashkil topgan. 7 qurilish-montaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarish- texnologik-butlash boshqarmalarini o&#8217;z ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va temir yo\u2019llari qurilishini olib boradi; Qizilqum fosforit majmuasi \u2014 ma&#8217;dan qazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish bo&#8217;yicha korxonaning 1-navbati 1998 yilda ishga tushirildi. 2001 yilning avgust oyidan kuydirilgan fosforit kontsentratini ishlab chiqaradi va uni Samarqand kimyo zavodi hamda Olmaliq &#171;Ammofos&#187; aktsiyadorlik jamiyatiga yetkazib beradi. O&#8217;zbekiston mustakillikka erishganidan so&#8217;ng mamlakatda oltin va uran qazib olish sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy KMKda Uchquduqda oltin ajratib olish majmuasi, 3-gidrometallurgiya zavodi va Ko&#8217;kpatas hamda Davg&#8217;iztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular ishga tushirildi, &#171;Zarafshon-Nyu-Mont&#187; qo&#8217;shma korxonasi barpo qilindi, emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud bo&#8217;lgan ma&#8217;danlarni qazib olish va qayta ishlash bo&#8217;yicha Navoiy KMK ko&#8217;p yillar mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy ko&#8217;rsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar ko&#8217;paydi. Ishlab turgan korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi. Kombinat O&#8217;zbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, o&#8217;quv yurtlari, jahondagi konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan uzoq muddatli mustahkam aloqalar o&#8217;rnatgan. Navoiy KMK &#171;Do&#8217;stlik&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2000). Kombinat direktori N. I. Kucherskiy va ekskavator mashinisti A. I. Paninga O&#8217;zbekiston qahramoni unvoni berilgan, ko&#8217;pgina xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun O&#8217;zbekiston Respublikasining orden va medallari bilan mukofotlangan. Ad.: Kucherskiy N. I., Flagman in- dustrii nezavisimogo Uzbekistana, T., 1997; Kucherskiy N. I. i dr., Navoiyskiy Gorno-metallurgicheskiy kombinat: istoriya sozdaniya i razvitiya, T., 2002. Nikolay Kucherskiy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) &#8212; &#171;Qizilqumnodirmetalloltin&#187; davlat kontserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958 yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navoiy-kon-metallurgiya-kombinati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114371","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114371","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114371"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114371\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114386,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114371\/revisions\/114386"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114371"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114371"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114371"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}