{"id":114373,"date":"2024-01-19T09:15:24","date_gmt":"2024-01-19T06:15:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114373"},"modified":"2024-01-19T09:15:29","modified_gmt":"2024-01-19T06:15:29","slug":"navoiy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navoiy-tumani\/","title":{"rendered":"Navoiy tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Navoiy tumani &#8212; Navoiy viloyatidagi tuman (1926-58 yillarda Karmana, 1962 yildan hozirgi nomda. 1980 yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988 yilda qayta qo&#8217;shilgan, 1992 yilda yana ajralgan). 1999 yilda Karmana shahri Navoiy shahri tarkibiga qo&#8217;shilganligi munosabati bilan, tuman markazi Malikrabot shaharchasiga ko&#8217;chirildi. Navoiy tumani Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan. Shimoldan Navbahor tumani, g&#8217;arbdan Qiziltepa tumani, sharqdan Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, Janubdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,95 ming km2. Aholisi 69,5 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Do&#8217;rmon, Jaloyir, Narpay, uyrat, Yangiariq, Hazora), 1 shaharcha (Malikrabot) bor. Tabiati. Tuman hududi Zarafshon vohasida joylashgan. Janubiy hududlari adirlarga tutashib ketadi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0,4\u00b0, iyul oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 28,9\u00b0. Tuman hududidan Zarafshon daryosi oqib o&#8217;tadi (65 kilometr masofada). Tuproqlari, asosan, madaniylashgan o&#8217;tloqi, oddiy bo&#8217;z tuproqlar. Tabiiy o&#8217;simliklardan jiyda, shuvoq, oq va qora saksovul, juzg&#8217;un, cherkez, quyonsuyak, segin, Iloq, yantoq, sarsazan, etmak, jingil, tol, qamish, yulg&#8217;un, yovvoyi jiyda va boshqalar bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, turli xil kaltakesaklar, o&#8217;rgimchaklar, qo&#8217;shoyoq, tipratikan, ilonlar, qushlardan loyxo&#8217;rak, o&#8217;rdak, xo&#8217;jasavdogar, chumchuq, mayna, qarg&#8217;a kabilar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (99,7%); shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 73 kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Xalq xo&#8217;jaligida band bo&#8217;lgan 25,1 ming aholining asosiy qismi qishloq xo\u2019jaligida ishlaydi. Malikrabot shaharchasida meva-sabzavot konservalash tsexi (quvvati 3 million tonna shartli banka) mavjud. Navoiy tumanida 740 ga yaqin kichik, 55 qo&#8217;shma, 10 shirkat korxonalari, parrandachilik fabrikasi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Tuman yer fondi 94,9 ming gektar, shundan 22,5 ming gektar yer sug&#8217;oriladi, 16,7 ming gektar ekinzor, 27,7 ming gektar qishloq xo\u2019jaligida foydalanmaydigan yerlar, 469 gektar bog&#8217;, 390 gektar tokzor, 264 gektar tutzorlar, 735 gektar bo&#8217;z yerlar, 45 ming gektar yaylov, 2 ming gektar tomorqa yerlari, 762 gektar bog&#8217; va sabzavotchilik uyushmalari yerlari, 720 gektar meliorativ yerlar mavjud. Navoiy tumanida 8 shirkat xo&#8217;jaligi, 2 agrofirma, 2 ta fermer uyushmasi bor. 8,9 ming gektar yerga paxta, 6,6 ming gektar yerga boshoqli don, 195 gektar yerga sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Ekinzorlarini sug&#8217;orish uchun suv, asosan, Zarafshon daryosidan magistral kanallar va nasos kurilmalari yordamida olinadi. Tuman jamoa va xususiy xo&#8217;jaliklarida 23,7 ming qoramol, 46,1 ming qo&#8217;y va echki boqiladi. Tumanda o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi bor. Qorako&#8217;lchilik, ipakchilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Asosiy transport vositasi \u2014 avtomobil transporti. Avtomobil yo&#8217;llarining uzunligi 600 kilometrdan ziyod (shundan 98 kilometr respublika ahamiyatiga molik). Jami avtomobil yo&#8217;llarining 215 kilometr asfalt bilan qoplangan. Navoiy \u2014 Uchquduq temir yo\u2019l tuman hududini 11 kilometr masofada kesib o&#8217;tadi. Navoiy tumanida Navoiy shahar aeroporti joylashgan. Tumandagi 24 umumiy ta&#8217;lim maktabida 17169 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi, 6 qishloq madaniyat uyi, 1 Markaziy, 24 tarmoq, 1 bolalar kutubxonasi (kitob fondi 242139 nusxa) faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Markaziy kasalxona (295 o&#8217;rin), 13 ambulatoriya-poliklinika, 8 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 517 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi (har 10 ming aholiga 16,1 vrach, 69,9 tibbiy xamshira, 9,3 davolanish joyi to&#8217;g&#8217;ri keladi). 1931 yildan &#171;Navoiy ovozi&#187; gazetasi chop etiladi (adadi 710 nusxa).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Navoiy tumani &#8212; Navoiy viloyatidagi tuman (1926-58 yillarda Karmana, 1962 yildan hozirgi nomda. 1980 yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988 yilda qayta qo&#8217;shilgan, 1992 yilda yana ajralgan). 1999 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navoiy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114373","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114373","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114373"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114373\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114388,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114373\/revisions\/114388"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114373"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114373"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114373"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}