{"id":114389,"date":"2024-01-19T09:34:23","date_gmt":"2024-01-19T06:34:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114389"},"modified":"2024-01-19T09:34:24","modified_gmt":"2024-01-19T06:34:24","slug":"nodira-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nodira-2\/","title":{"rendered":"Nodira"},"content":{"rendered":"\n<p>Nodira (taxallusi; ismi Moxlaroyim) (1792, Andijon -1842, Qo&#8217;qon) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar va davlat arbobi. &#171;Komila&#187; va &#171;Maknuna&#187; taxalluslari bilan ham she&#8217;rlar yozgan. Otasi Andijon qokimi Rahmonqulbiy \u2014 ming qabilasidan, Farg&#8217;ona hukmdori Olimxonning tog&#8217;asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg&#8217;ilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she&#8217;r yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yo&#8217;ldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 1822 yilda Umarxon vafot etib, uning o&#8217;g&#8217;li, 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma&#8217;dalixon) taxtga ko&#8217;tarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning o&#8217;zi idora qildi. U madaniyat va san&#8217;atni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko&#8217;rsatib berilgan: &#171;asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so&#8217;zning qadriga etadigan donishmand ayol ekanligini ko&#8217;rsatishdir&#8230; Umarxon vafotidan so&#8217;ng bu iffat sadafining injusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa o&#8217;tishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bog&#8217;iga borib, Farg&#8217;ona, Toshkent, Xo&#8217;jand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o&#8217;z xizmatiga chaqirtirib keldi&#187;. Nodira bir necha kitoblarni ko&#8217;chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini o&#8217;zi shaxsan ko&#8217;zdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla kalam, kumush qalamdon berib, ularni &#171;zarrin qalam&#187;lik mansabiga ko&#8217;targan. Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e&#8217;tibor bergan. Go&#8217;ristoni kalondagi Madrasai chalpak, Taqagarlik rastasidagi moharoyim madrasasini bino ettirgan. Buxoro amiri Nasrullo 1842 yilda Qo&#8217;qonga bostirib kirib, Ma&#8217;dalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar o&#8217;g&#8217;li Muhammad Aminxonni va Nodirani fojiali ravishda o&#8217;ldiradi. Nodiraning adabiy merosi o&#8217;z g&#8217;oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she&#8217;riyatning go&#8217;zal namunalaridandir. Uning tula bo&#8217;lmagan o\u2019zbekcha devoni O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv.\u2116 4132). Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) g\u2019azali kiritilgan. Nodiraning uzi yozgan deochada tarjimai holiga oid ba&#8217;zi muhim ma&#8217;lumotlar berilgan. 19-asrda ko&#8217;chirilgan, hozirgi O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning &#171;Komila&#187; taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) g&#8217;azali borligi aniqlangan. 1962 yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan (inv. \u2116 313) bu devon shoiraning merosini to&#8217;liq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning &#171;Nodira&#187; taxallusi bilan yozgan 180 she&#8217;ri jamlangan (shulardan 136 tasi o&#8217;zbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muxammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarji&#8217;band, 1 tarkibband va 1 Firoqnoma ham bor. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning &#171;Maknuna&#187; taxallusi bilan yozilgan, 333 g&#8217;azaldan iborat bir devoni mavjud (inv. \u2116 7766). Bugungi kunda biz Nodiraning o&#8217;zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz. Nodira she&#8217;riyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U go&#8217;zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu fig&#8217;onlarini kuyladi. Shoira o&#8217;zini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog&#8217;du ekanligini kuyladi: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! N.ning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuyg&#8217;ular doirasidan yuqori ko&#8217;tarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning fors-tojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo mavzui keng doirada qalamga olinadi. Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi xislatlarni ma&#8217;rifat, ya&#8217;ni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o&#8217;z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko&#8217;ngil ganjinasida asramog&#8217;ini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum bo&#8217;lar ekan, u riyo yo&#8217;liga kirib ketadi. Nodira o&#8217;z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning Naqshbandiya yo&#8217;nalishiga asoslangan bir butunlik orkali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yo&#8217;lidagi ruhiy dunyosini ham juda go&#8217;zal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira she&#8217;rlarida Islom ruhi, tasavvuf ta&#8217;limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug&#8217;ini qidiradi. Nodira Saroyda yashasa ham, o&#8217;zini ma&#8217;naviy jihatdan Baxtiyor hisoblay olmas edi. Shuning uchun ham u g&#8217;azallaridan birida: &#171;meni saltanat masnadida ko&#8217;rib, gumon etmang ayshu farogat bilan&#187;, deydi. Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni o&#8217;z himoyasiga olgan. Shoira o&#8217;z devonlarining &#171;hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga ko&#8217;ra jamlangani&#187;ni O&#8217;zbekcha devoniga yozgan so&#8217;zboshisida qayd etib o&#8217;tadi. Nodira mumtoz she&#8217;riyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning O&#8217;zbekcha va forsiychatojikcha g\u2019azallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira g&#8217;azallarining asosiy qismi 7-9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot an&#8217;analarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g&#8217;azallariga muxammaslar bog&#8217;lagan. Nodira o&#8217;z g&#8217;azallarida ko&#8217;proq &#171;Muqarrar&#187; (so&#8217;zning takrorlanib kelishi) va &#171;qo&#8217;sh muqarrar&#187; usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tadrij, tashxis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo&#8217;llangan. Nodira fors-tojik tilida ham go&#8217;zal, ta&#8217;sirchan she&#8217;rlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan o&#8217;zbek tilidagi g&#8217;azallaridek yuksak darajada yozilgan bo&#8217;lib, shoira ijodini yana ham keng va to&#8217;laroq o&#8217;rganishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Nodira ijodiga bo&#8217;lgan qiziqish shoira qayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800-1905) Nodiraga Maxsus g&#8217;azallar bag&#8217;ishlab, uni &#171;ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari g&#8217;azalxoni, shakar sochuvchi bulbul&#187; deb ta&#8217;riflaydi. Nodira g&#8217;azallariga juda ko&#8217;p shoirlar naziralar yozganlar, muxammas bog&#8217;laganlar. O&#8217;zbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning &#171;Nodira&#187;, Turob To&#8217;laning &#171;Nodirabegim&#187; musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning stsenariysi asosida &#171;Nodirabegim&#187; filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Fazallari o&#8217;zbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. O&#8217;zbekistonning shahar va qishloqlarida ko&#8217;plab ko&#8217;chalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi. As: She&#8217;rlar, T., 1958; Devon, T., 1963; asarlar (2 j.li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (fors- tojik tilidagi g&#8217;azallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994. Ad.: Jalolov T., O&#8217;zbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullaev V., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qayumov A., Qo&#8217;qon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yo&#8217;li), T., 1991; Ma&#8217;naviyat yulduzlari, T., 2001. Mahbuba Qodirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nodira (taxallusi; ismi Moxlaroyim) (1792, Andijon -1842, Qo&#8217;qon) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar va davlat arbobi. &#171;Komila&#187; va &#171;Maknuna&#187; taxalluslari bilan ham she&#8217;rlar yozgan. Otasi Andijon qokimi Rahmonqulbiy \u2014 ming qabilasidan, Farg&#8217;ona &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nodira-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114399,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114389\/revisions\/114399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}