{"id":114402,"date":"2024-01-19T09:44:34","date_gmt":"2024-01-19T06:44:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114402"},"modified":"2024-01-19T09:44:36","modified_gmt":"2024-01-19T06:44:36","slug":"nurash-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nurash-3\/","title":{"rendered":"Nurash"},"content":{"rendered":"\n<p>Nurash \u2014 atmosferaning fizik-kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlarning ta&#8217;sirida yer yuzidagi tog\u2019 jinslari va minerallarning buzilish va yemirilish jarayoni. Nurashning fizik, kimyoviy va organik turlari ma&#8217;lum. Sodir bo&#8217;lish muhitiga ko&#8217;ra, Atmosfera va suv osti Nurash farqlanadi. Fizik Nurash temperaturaning keskin o&#8217;zgarib turishi va tog\u2019 jinslarining quyosh nuridan har xil qizishi sababli katta-kichik bo&#8217;laklarga bo&#8217;linishidir. Bunda nuragan tog\u2019 jinsini tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi deyarli o&#8217;zgarmaydi. Tog&#8217; jinslarida ko&#8217;plab yoriqlarning bo&#8217;lishi va suvning muzlab qolishi fizik Nurashni tezlashtiradi. Suv muzlaganda hajmi kengayib, yoriq devorlarining 1 sm2 yuzasiga ta&#8217;sir etgan kuchi 870 kilogrammga yetadi. Bunday Nurash yalang tog&#8217;jinslarida, baland tog&#8217;larda yilning hamma faslida sodir bo&#8217;ladi. Natijada chaqiq jinslar uyumi hosil bo&#8217;ladi. Yemirilgan jinslar zarrachalarining kattaligi 0,01 millimetrgacha yetishi mumkin. Kimyoviy Nurashda tog&#8217; jinslarining kimyoviy tarkibi o&#8217;zgarib yer yuzasida barqaror minerallar hosil bo&#8217;ladi. Tog&#8217; jinslari yoriklaridagi erkin kislorod, karbonat, sulfat va organik kislotalarga boy bo&#8217;lgan suv oksidlanish va qaytarilish reduktsiyalariga sabab bo&#8217;ladi. Kimyoviy Nurash natijasida turli tog&#8217; jinslari, gillar hosil bo&#8217;ladi. Organik (biologik) Nurash o&#8217;simlik va organizmlarning tog&#8217;jinslariga ta&#8217;siri natijasida sodir bo&#8217;ladi. Bunda yer yuzasidagi o&#8217;simliklar asosiy omillardan hisoblanadi. O&#8217;simliklarning ildizi tog&#8217; jinslari orasiga yorib kirib, ularni turli bo&#8217;laklarga ajratadi va darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan kirgan suv tog&#8217;jinslarida muzlab, Nurash jarayonini tezlashtiradi. Yerdagi mikroorganizmlar gil va lyoss jinslari orasida ko&#8217;p miqdorda g&#8217;ovaklar hosil qilib ularni yemiradi. Nurash jarayoni natijasida turli cho&#8217;kindi jinslar va ko&#8217;pgina foydali qazilmalar (kaolin, oxra, o&#8217;tga chidamli tuproqlar, qum, temir, alyuminiy, marganes, nikel, kobalt, oltin, platina sochmalari va boshqalar) hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nurash \u2014 atmosferaning fizik-kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlarning ta&#8217;sirida yer yuzidagi tog\u2019 jinslari va minerallarning buzilish va yemirilish jarayoni. Nurashning fizik, kimyoviy va organik turlari ma&#8217;lum. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nurash-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114402","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114402","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114402"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114402\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114403,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114402\/revisions\/114403"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114402"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114402"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114402"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}