{"id":11451,"date":"2021-11-25T14:37:50","date_gmt":"2021-11-25T11:37:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11451"},"modified":"2025-10-20T09:39:07","modified_gmt":"2025-10-20T06:39:07","slug":"afina-qadimgi-afina-haqida-eshitganmisiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/afina-qadimgi-afina-haqida-eshitganmisiz\/","title":{"rendered":"AFINA, QADIMGI AFINA haqida eshitganmisiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>AFINA, QADIMGI AFINA\u2014 Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog&#8217;li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina ma&#8217;budiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9-8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug&#8217;chilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug&#8217; aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Miloddan avvalgi 7-asrda Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli og&#8217;irlashgan edi. Miloddan avvalgi 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) bo&#8217;ldi. U Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o&#8217;zgartiradigan islohotlar o&#8217;tkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urug&#8217;chilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo&#8217;ldi. Aristokrat naslidan bo&#8217;lgan Pisistrat o&#8217;z tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda o&#8217;zini Attika dehqonlarining dohiysi deb e&#8217;lon qildi va Afinaning mustabid hokimi bo&#8217;lib oldi. Pisistrat o&#8217;ziga qarshi bo&#8217;lgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri o&#8217;tkazildi. Pisistrat va uning o&#8217;g&#8217;illari saroyga eng yaxshi adiblarni to&#8217;pladilar. Gomerning &#171;Odisseya&#187; va &#171;Iliada&#187; asarlari yozib olindi. Afinada dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan so&#8217;ng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning o&#8217;g&#8217;illari Gippiy va Gipparxga o&#8217;tdi. Lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan o&#8217;ldiriddi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qo&#8217;zg&#8217;oloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qo&#8217;lga oldi (508 yil). U to&#8217;rtta urug&#8217;chilik okrugi o&#8217;rniga o&#8217;nta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urug&#8217;chilik jamoasi tuzumining so&#8217;nggi qoldiqlariga barham berildi. Miloddan avvalgi 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangiva (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning juda katta qo&#8217;shini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin oroli yonidagi dengiz jangida yunonlar g&#8217;alaba kildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos Ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini ta&#8217;min etdi. Afinadan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik bu yumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, g&#8217;alla va yog&#8217;och keltirilar edi. Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr o&#8217;rtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo&#8217;yicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq Majlisi \u2014 oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo&#8217;li bilan saylanadigan 500 lar kengashi davlatning ma&#8217;muriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo&#8217;lida edi. &#171;Perikl oltin asri&#187; deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo&#8217;ldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Evripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar \u2014 qasrlar vujudga kelgan. Me&#8217;morchilik ustalari \u2014 Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma&#8217;budasi ibodatxonasi \u2014 Parfenott bunyod etganlar. Bu qasr qadimgi me&#8217;morlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri bo&#8217;lib qoldi. O&#8217;sha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (Attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga bo&#8217;ysundirishga qaratilgan tashki siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes Ittifoqining e&#8217;tibori baland edi. Peloponnes Ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi. O&#8217;rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo&#8217;lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431-404) keltirib chiqardi. Urushda mag&#8217;lubiyatga uchragan Afina o&#8217;zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo&#8217;qotdi. Lekin bu mag&#8217;lubiyatdan so&#8217;ng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri bo&#8217;lib keldi. Miloddan avvalgi 338 yil Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan so&#8217;ng Yunonistonni o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi o&#8217;rtasidagi do&#8217;stlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yilgacha davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, ko&#8217;pgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning o&#8217;tmishdagi shuhratini e&#8217;tiborga olib, unga &#171;ozodlik&#187; in&#8217;om etdi. Miloddan avvalgi 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina o&#8217;z-o&#8217;zini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliq to&#8217;lamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo&#8217;qotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib ma&#8217;lumot olar edilar. Rim imperatorlarining ba&#8217;zilari, ayniqsa, Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda ko&#8217;rkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Milodiy 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afinalagi san&#8217;at va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug&#8217;iga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AFINA, QADIMGI AFINA\u2014 Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog&#8217;li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, bu joylarda odamlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/afina-qadimgi-afina-haqida-eshitganmisiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11451","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11451","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11451"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11451\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159546,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11451\/revisions\/159546"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11451"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11451"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11451"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}