{"id":114592,"date":"2024-01-22T08:21:15","date_gmt":"2024-01-22T05:21:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114592"},"modified":"2024-01-22T08:21:17","modified_gmt":"2024-01-22T05:21:17","slug":"namoyon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namoyon\/","title":{"rendered":"Namoyon"},"content":{"rendered":"\n<p>Namoyon (forscha \u2014 ko&#8217;rinish, manzara) \u2014 naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (ko&#8217;pincha zanjira, ruta) bilan o&#8217;ralgan bezak, tasvir va boshqalardan iborat. Amaliy bezak san&#8217;atida vokelik (chamanzor, bog&#8217;u bo&#8217;ston, daryo, gul, barglar va boshqalar) ning shartli umumlashma tasviriy obrazini o&#8217;zida aks ettiradi. Asosan, O&#8217;rta Osiyo naqqoshligiga xos bo&#8217;lib, mustaqil naqsh mujassamotining eng murakkab turi. Namoyon yaratishda usta naqqoshlar girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanadi, Namoyonni uzoq va yaqindan ko&#8217;rinishini qisobga oladi. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, birinchi darajali naqsh chiziqlariga alohida ahamiyat beradi. Namoyonda girih asosiy, o&#8217;simliksimon naqsh to&#8217;ldiruvchi o&#8217;rin tutadi va u asosiy naqsh (girih)ni bosib o&#8217;tmaydi. Faqat girixdan tuzilgan Namoyonda ham asosiy va to&#8217;ldiruvchi naqshlar bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni yirik girihlar ichiga maydalari chiziladi. O&#8217;zbekiston hududidagi har bir vohada Namoyon bir-biridan farq qiluvchi o&#8217;ziga xos bezak uslubiga ega: Xiva naqqoshligida Namoyon bandlari bir-biri bilan o&#8217;zaro chetan kabi bog&#8217;lanadi, barglar kam ishlatiladi, mujassamot rivojlanish xususiyatiga ega, unda harakat, mavj ko&#8217;proq ko&#8217;zga tashlanadi; Toshkent naqqoshligida Namoyonlar o&#8217;simlik gullarining ko&#8217;pligi bilan ajralib turadi; Farg&#8217;ona Namoyonlarida tabiatdagi gul, barg, mevalar va boshqalar to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri tabiiy shakdda tasvirlanadi. Zamonaviy me&#8217;morlikda, binolar bezaklarida, mustaqil amaliy bezak san&#8217;ati asarlarida Namoyonlar rang-barang: mehrobi Namoyon, chorsi Namoyon, seraftor Namoyon, majnuntol Namoyon va boshqalar. Jumladan, Navoiy teatri binosi bezaklarida Namoyonning ajoyib namunalarini ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namoyon (forscha \u2014 ko&#8217;rinish, manzara) \u2014 naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (ko&#8217;pincha zanjira, ruta) bilan o&#8217;ralgan bezak, tasvir va boshqalardan iborat. Amaliy bezak san&#8217;atida vokelik (chamanzor, bog&#8217;u bo&#8217;ston, daryo, gul, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/namoyon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114592"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114592\/revisions\/114598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}