{"id":114610,"date":"2024-01-22T08:23:49","date_gmt":"2024-01-22T05:23:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114610"},"modified":"2024-01-22T08:23:51","modified_gmt":"2024-01-22T05:23:51","slug":"narpay-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/narpay-tumani\/","title":{"rendered":"Narpay tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Narpay tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning Janubida joylashgan. Sharq va g&#8217;arbdan viloyatning Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Paxtachi, shimoldan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, Janubdan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 152 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Islomshoir, Kosagaron, olti-o&#8217;g&#8217;il, Chaqar, Yangirabot, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, qadim, Qorako&#8217;l, Qorasiyrak) bor. Markazi \u2014 Oqtosh shahri. Tabiati. Tuman hududining Janubi- g&#8217;arbi Qarnob cho&#8217;li, Markaziy qismi va shimoli-sharqida Ziyovuddin-Zirabuloq tog&#8217;lari, tog&#8217; oralaridagi soylik va botiqlardan iborat. Yer yuzasi, asosan, uchlamchi davr cho&#8217;kindi jinslaridan tashkil topgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz bo&#8217;lgan. Neogen davridagi Alp orogenetik jarayoni ta&#8217;sirida vodiy quruqlikka aylangan. Iklimi keskin kontinental. Yozi jazirama issiq va quruq, qishi sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura yanvarda \u2014 1,9\u00b0, iyulniki 27,2\u00b0. Eng yuqori temperatura 44\u00b0, eng past temperatura -35\u00b0. Vegetatsiya davri 200 kun. Yillik yog&#8217;in miqdori 200 mm. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi bahor va qishda tushadi. Shimoliy chegarasi bo&#8217;ylab Zarafshon daryosi oqib o&#8217;tadi. Soy va jilg&#8217;alar yozda qurib qoladi. Qadimgi Narpay kapali tuman hududidan o&#8217;tgan. Tuproqlari sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z tuproq, ba&#8217;zi joylarda sho&#8217;rlangan tuproqlar, tog&#8217; etagi qiya tekisliklarida och bo&#8217;z tuproq, asl bo&#8217;z tuproqlar uchraydi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan pashmaksho&#8217;ra, oqsho&#8217;ra, bug&#8217;doyiq, qamish, ro&#8217;vak, sho&#8217;rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, quyon, chiyabo&#8217;ri, jayra, jayran va boshqalar uchraydi. Qushlardan so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, loy-xo&#8217;rak, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq, qirg&#8217;ovul; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan ko&#8217;rsichqon, kichik qo&#8217;shoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; qozoq., rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 345 kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligining asosiy tarmoklari \u2014 paxtachilik, g&#8217;allachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik. 5364 dehqon xo&#8217;jaligi mavjud. Tumanda &#171;Zirabuloqpaxta&#187;, &#171;Oqtoshdon&#187;, Zirabuloq tajribasi- Nov zavodi, &#171;Oqtoshnon&#187;, &#171;Salomatlik&#187; korxonalari, 10 qishloq qurilish kombinati, Zirabuloq magistral gaz yo&#8217;llaridan foydalanish boshqarmasi, narpay va Zirabuloq MTP aktsiyadorlik jamiyatlari, 2 avtotransport korxonasi, Oqtosh va Mirbozor dehqon bozorlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ekin maydoni 21962 gektar, shu jumladan, sug&#8217;oriladigani 20640 gektar. 1322 gektar lalmikor yerlar, 802 gektar bog&#8217;lar, 779 tokzorlar, 515 gektar tutzorlar bilan band. Tuman hududidan Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo&#8217;li, temir yo\u2019l (Zirabuloq temir yo\u2019l stantsiyasi) o&#8217;tgan. Maishiy xizmat va kasb-hunar kolleji, 68 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 47 jamoat kutubxonasi, 26 madaniyat uyi, Mirbozor xalq muzeyi, 560 o&#8217;rinli Markaziy kasalxona, 3 poliklinika, 15 qishloq vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 39 feldsher-akusherlik Punkti, shoshilinch tibbiy yordam ko&#8217;rsatish markazi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1932 yildan &#171;Paxtakor ovozi&#187; tuman gazetasi chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Narpay tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning Janubida joylashgan. Sharq va g&#8217;arbdan viloyatning Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Paxtachi, shimoldan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, Janubdan Nurobod tumani, Qashqadaryo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/narpay-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114610","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114610","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114610"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114610\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114619,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114610\/revisions\/114619"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114610"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114610"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114610"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}