{"id":114627,"date":"2024-01-22T08:26:34","date_gmt":"2024-01-22T05:26:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114627"},"modified":"2024-01-22T08:26:37","modified_gmt":"2024-01-22T05:26:37","slug":"nil-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nil-3\/","title":{"rendered":"Nil"},"content":{"rendered":"\n<p>Nil (hozirgi misrliklar tilida \u2014 Al-Bahr; lotincha Nilus, Yunoncha Ntilos) \u2014 Afrikadagi daryo, Ruanda, Tanzaniya, Uganda, Sudan, Misr hududlaridan oqadi. Dunyoda eng uzun, uzunligi 6671 kilometr, havzasining maydoni 2870 ming km2. Daryoning bosh irmog&#8217;i Sharqiy Afrikadagi Virunga tog&#8217;laridan Katera nomi bilan boshlanib, Viktoriya ko&#8217;liga kelib quyiladi. Daryo mazkur ko&#8217;ldan Viktoriya-Nil nomi bilan oqib chiqadi. So&#8217;ng Koga va Albert ko&#8217;llaridan o&#8217;tgach, dastlab Albert-Nil, so&#8217;ngra Bahr ul-Jabal deb ataladi. Yassitog&#8217; chegarasida ko&#8217;plab Ostona va sharsharalar (Merchison va boshqalar) hosil qilgan. Sudan tekisligida vodiysi botqoqlangan, bu qismida daryo juda sekin oqadi. Suvining katta qismi bug&#8217;lanishga sarf bo&#8217;ladi. Nil chapdan Bahr ul-g&#8217;azal va Bahr ul-Arab daryolari bilan qo&#8217;shilgach, oq Nil (Bahr ul-Ab&#8217;yaz) deb ataladi va Xartum shahrigacha chala cho&#8217;l va cho&#8217;l zonasidan oqadi. O&#8217;ngdan Asva, Sabat, Ko&#8217;k Nil (Bahr ul-azraq), Atbara kabi o&#8217;nlab irmoqlar qo&#8217;shilgan joydan Nil nomini olgan. Keyingi 3000 kilometrli masofada, ya&#8217;ni Nil O&#8217;rta dengizga quyilguncha unga bironta ham irmoq kelib qo&#8217;shilmaydi. O&#8217;rta dengizga maydoni 24 ming km2 ga teng Delta hosil qilib quyiladi. Deltasida katta va kichik juda ko&#8217;p tarmoqlarga bo&#8217;lingan ko&#8217;llar mavjud. Daryo suvining bir qismi Ibrohimiya kanali va Yusuf tarmog&#8217;i orqali Birkat-Karun ko&#8217;liga quyiladi. Nildan chikarilgan Ismoiliya kanali Suvaysh kanali sohilidagi aholi punktlarini, Mahmudiya kanali Iskandariya shahrini chuchuk suv bilan ta&#8217;minlaydi. Nilning suv rejimi mavsumlarga qarab keskin o&#8217;zgarib turadi. Asvon shahri yonida o&#8217;rtacha suv sarfi 2600 m3\/sekund (maksimali 15000 m3\/sekund, minimali 400-500 m3\/sekund), quyilish joyida 2900 m3\/sekund. Nilning ekvator qismidagi havzasida yoz va qish mavsumlarida, Misr va Sudanning Markaziy va shimoliy hududlarida yoz \u2014 kuz oylarida suvi ko&#8217;payadi. Daryoning quyi oqimida ayni jazirama yozda suv ko&#8217;payadi. To&#8217;linsuv davrining cho&#8217;qqisi sentabr oyiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;rtacha yillik oqim 73,1 km3. Baland Asvon to&#8217;g&#8217;oni qurilgunga qadar daryo quyi oqimiga yiliga 62 million m3 loyqa keltirgan. Nil suvi oqimini tartibga solib turish maqsadida Asvon, Baland Asvon to&#8217;g&#8217;onlari, Asvon, Nag- Hammadi, ul-Fayyum, Ouen-Fols GESlari qurilgan. Daryoning quyilish joyidan Asvon to&#8217;g&#8217;onigacha va o&#8217;rta qismlarida kema qatnaydi. Nil va uning irmoqlarida kema qatnaydigan qismining jami uzunligi 32 ming kilometr. Nil suvi baliqqa boy. Daryo bo&#8217;yida Qohira, Iskandariya, Xartum va boshqa shaharlar joylashgan. Nil vodiysi sug&#8217;oriladigan dehqonchilik asosida yuzaga kelgan qadimgi tsivilizasiya markazlaridan biri bo&#8217;lgan. Ahmad AA- Fartniy boshchiligida Abbosiy xalifa al-Mutavakkilning buyrug&#8217;i bilan 861 yilda Nil suvining sathini o&#8217;lchaydigan inshoot qurilgan. Bu qurilma dastlab &#171;Miqyosi jadid&#187; (miqyos an-Nil), keyinchalik Nilometr deb atalgan va hozirga qadar Sayyolat ul-Rod mavzesi (Ravzo oroli) da saqlanib qolgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nil (hozirgi misrliklar tilida \u2014 Al-Bahr; lotincha Nilus, Yunoncha Ntilos) \u2014 Afrikadagi daryo, Ruanda, Tanzaniya, Uganda, Sudan, Misr hududlaridan oqadi. Dunyoda eng uzun, uzunligi 6671 kilometr, havzasining maydoni 2870 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nil-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114627","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114627","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114627"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114627\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114627\/revisions\/114637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114627"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114627"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114627"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}