{"id":114628,"date":"2024-01-22T08:26:36","date_gmt":"2024-01-22T05:26:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114628"},"modified":"2024-01-22T08:26:38","modified_gmt":"2024-01-22T05:26:38","slug":"nisshe-nietzsche-fridrix","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nisshe-nietzsche-fridrix\/","title":{"rendered":"Nisshe (Nietzsche) Fridrix"},"content":{"rendered":"\n<p>Nisshe (Nietzsche) Fridrix (1844.15.10, Rekken, Lyutsen yaqinida, Saksoniya \u2014 1900.25.8, Veymar) \u2014 nemis faylasufi, hayot falsafasi namoyandasi. Protestant ruhoniysi oilasida tug&#8217;ildi, taqvodorlik muhitida o&#8217;sdi. Gimnaziyadagi do&#8217;stlari uni &#171;ibodatxonadagi 12 yoshli Iso&#187;ga o&#8217;xshatib, &#171;Mitti pastor&#187; deb atashgan. Nisshe Injildan parchalarni va cherkov qo&#8217;shiqlarini ta&#8217;sirchan ijro etgan. 10 yoshidan she&#8217;rlar ham yoza boshlagan. Bonn va Leypsig shaharlarda ta&#8217;lim oldi (1864-68). Bazel universitetining professor (1869-78). Kasalligi tufayli universitetdagi ishini tashlab ketishga majbur bo&#8217;ldi. 1871 yildan N.ning salomatligi yomonlashib, qattiq bosh ogrig&#8217;iga uchraydi. 1888 yilda falaj bo&#8217;lib qoladi, ko&#8217;p o&#8217;tmay aqli zaiflasha boshlaydi. Singlisi Yelizabet Fyorster-Nisshe unga o&#8217;limiga qadar Mehribonlik ko&#8217;rsatadi, vafotidan so&#8217;ng esa Nisshening ijodiy merosi haqida qayg&#8217;uradi. Nisshe kasalmand, odamlarga qo&#8217;shilisha olmaydigan, noqulay inson edi. U o&#8217;zi xayolan yaratgan ideal inson timsoliga butkul berilib, tanx,olikda yashashni afzal ko&#8217;rardi. 1872 yil Nisshening &#171;Musiqa ruhidan fojianing tug&#8217;ilishi&#187; deb atalgan 1-kitobi bosilib chikdi. Bunda u borliqning 2 asosini \u2014 bir tomondan, &#171;hayotiylik&#187;, &#171;maishat&#187; va &#171;fojiaviylik&#187;ni va 2-tomondan, &#171;mushohadaviylik&#187;, &#171;mantiqiylik&#187;, &#171;bir tomonlama intellektuallik&#187;ni o&#8217;zaro qarama-qarshi qo&#8217;ygan. Bu kitobni zamondoshlari g&#8217;ayriilmiy asar sifatida rad etishdi. Nisshe 1873-76 yillarda yozilgan &#171;bemavrid mulohazalar&#187;ida D. F. Shtraus va tarixiylik tarafdorlarini keskin tanqid qilib, ayni vaqtda faylasuflardan Shopengauer va Rixard Vagnerni ulug&#8217;laydi. Biroq ko&#8217;p o&#8217;tmay, Nisshening Vagnerdan ixlosi qaytadi. Nisshening mashhur asari &#171;Zardo&#8217;sht tavallosi: hamma uchun va hech kimga atalmagan kitob&#187;dir (1 qismi \u2014 1883, 1-to&#8217;liq nashri 1892 yilda chiqqan). O&#8217;zining bu asarini Nisshe &#171;insoniyat qo&#8217;lidagi kitoblar ichida eng terani&#187;, deb hisoblagan. Nisshe o&#8217;zini insoniyat imkoniyatlari chegarasidan tashqariga chiqqan ongni o&#8217;zida mujassamlashtirgan Zardusht bilan tenglashtirgan. Nisshe &#171;Hokimiyatga intilish&#187; kitobini o&#8217;zining asosiy dasturiy asariga aylantirishni o&#8217;ylagan edi. Lekin Nisshe uni tayyorlash jarayonida tug&#8217;ilgan bir qancha fikrlar va hikmatli so&#8217;zlarnigina yozib qoldirdi. Kitobni E. Fyorster-Nisshe va P. Gast takomil&#187;iga yetkazib, 1906 yildagina nashr etishga muvaffaq bo&#8217;ldilar. Nisshe falsafasiga Shopengauerning volyuntaristik metafizikasi va Darvinning yashash uchun kurash qonuni katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Bu ta&#8217;limotlarga asoslangan Nisshe barcha soxta, chirkin, hayotga dushman bo&#8217;lgan narsalarni yo&#8217;qqilishga tayyorturuvchi yangi inson idealini yaratishga intildi. Uning falsafasi yaqinlashib kelayotgan falsafiy nigilizm o&#8217;rnini egallashi lozim edi. Nisshe xristianlikka qarshi kurashdi va &#171;qullik axloqi&#187;ni xristianlikning mahsuli deb baholadi. U burjuaziyaga qarshi edi, bu sinf axloqini soxta axloq deb bildi. Nisshechilikning metafizik g&#8217;oyasi &#171;barcha mavjudotlar, shu jumladan, inson ongida ham hokimiyatga intilish shakli namoyon bo&#8217;ladi, hech qanday mutlaq hayot yo&#8217;q, hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum&#187; degan fikrda mujassamlashgan. Nisshe falsafaga &#171;xrkimiyatga intilish&#187; g&#8217;oyasidan tashqari, &#171;barcha qadriyatlarni qayta baholash&#187;, &#171;odamlarning yangi nasli&#187;, &#171;ideal inson&#187; tushunchalarini kiritdi. Nisshe yangi uslubiy shakllarni topgan tanqidchi va shoir, aforizmlar ustasi edi. Nisshe falsafasining sofistika shakli uni tushinishni qiyinlashtiradi. Undan keyin yashagan faylasuflar- ning uqtirishicha, Nisshe falsafasida uzil-kesil haqiqat, e&#8217;tiqod deb qabul qilish mumkin bo&#8217;lgan qoidalar yo&#8217;q. Asosiy asarlari: &#171;tarixning hayot uchun foydasi va zarari to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1874), &#171;Shopengauer murabbiy sifatida&#187; (1874), &#171;Rixard Vagner Bayretda&#187; (1875-76), &#171;Erkin tafakkur sohiblari uchun qo&#8217;llanma&#187; (1876-78), &#171;tong yallig&#8217;i&#187; (1881), &#171;quvnoq bilim&#187; (1882), &#171;Yovuz donishmandlik: hikmatlar va dono so&#8217;zlar&#187; (1882-85), &#171;axloqning mohiyati&#187; (1887). Ad.:1alevi D., Jizn Fridrixa Nisshe, M., 1991; Sveyg S, Vcherashniy Mir, M., 1991. Saida Jo&#8217;rayeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nisshe (Nietzsche) Fridrix (1844.15.10, Rekken, Lyutsen yaqinida, Saksoniya \u2014 1900.25.8, Veymar) \u2014 nemis faylasufi, hayot falsafasi namoyandasi. Protestant ruhoniysi oilasida tug&#8217;ildi, taqvodorlik muhitida o&#8217;sdi. Gimnaziyadagi do&#8217;stlari uni &#171;ibodatxonadagi 12 yoshli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nisshe-nietzsche-fridrix\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114628","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114628","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114628"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114628\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114638,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114628\/revisions\/114638"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114628"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114628"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114628"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}