{"id":114641,"date":"2024-01-22T08:28:42","date_gmt":"2024-01-22T05:28:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114641"},"modified":"2024-01-22T08:28:43","modified_gmt":"2024-01-22T05:28:43","slug":"novosibirsk-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/novosibirsk-viloyati\/","title":{"rendered":"Novosibirsk viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Novosibirsk viloyati \u2013 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibirning Janubi-sharqida joylashgan. G&#8217;arbiy Sibir iqtisodiy rayoni tarkibida. Maydoni 178,2 ming km2. Aholisi 2744,0 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, nemis, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 30 ma&#8217;muriy tuman, 14 shahar va 18 shaharcha bor. Markazi \u2014 Novosibirsk shahri. ovosibirsk viloyati asosan, ob va Irtish daryolari oralig&#8217;ida joylashgan. Vasyugane tekisligining Janub qismini, Baraba pasttekisligini egallaydi, sharqda salair kryajiga tutashgan. Yer yuzasi tekislik, balandligi 150-200 metr, viloyatning faqat Sharqiy qismida balandligi 300-350 metr bo&#8217;lgan Salair kryajining etaklari bor (eng baland joyi 498 metr). Foydali qazilmalari: tabiiy gaz, neft, tosh-ko&#8217;mir, torf, oltin. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi Janubda -16\u00b0 gacha, shimolda -20\u00b0 gacha. Yiliga 300-350 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri shimolda 146, Janubda 160 kun. Asosiy daryosi \u2014 Ob. Ob daryosida Novosibirsk suv ombori va GES bor. Ko&#8217;l ko&#8217;p. ovosibirsk viloyati hududining 28% botqoqlik. Tuproqlari podzol, sur tusli, va o&#8217;rmon, qoratuproklar. Katta maydonni asosan, igna bargli o&#8217;rmonlar egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan shimol bug&#8217;usi, Los, silovsin, elik, rosomaxa, Qunduz, bo&#8217;ri, tulki, quyon, oq tovushqon, g&#8217;oz, o&#8217;rdak, ko&#8217;llarda ondatra, suv kalamushi bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoksozlik \u2014 &#171;Tyajstanokgidropress&#187;, &#171;Stanoksib&#187; korxonalari, &#171;Siblitmash&#187; zavodi; aviasozlik \u2014 aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, priborsozlik va radioelektronika sanoati \u2014 &#171;Elektrosignal&#187; zavodi, Komintern nomidagi zavod, aloqa, shu jumladan, kosmik aloqa vositalari; &#171;Kometa&#187;, Vega&#187;, &#171;Luch&#187; ishlab chiqarish birlashmalari, yarimo&#8217;tkazgich priborlar ishlab chiqarish, elektrovakuum, radiodetallar, kondensator zavodlari; &#171;Vostok&#187; ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, pribor sozlash zavodi, &#171;Sever&#187;, &#171;Ximkontsentrat&#187; ishlab chiqarish birlashmalari \u2014 atom energetikasi uchun apparatura va asbob-uskunalar, yoqilg&#8217;i energetika moslamalari; energetika va elektrotexnika mashina va asbob-uskunalari ishlab chiqarish \u2014 &#171;Elektroafegat&#187;, &#171;Elsib&#187; korxonalari, qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi \u2014 &#171;Sibselmash&#187; ishlab chiqarish birlashmasi; to&#8217;qimachilik sanoat uchun asbob-uskunalar \u2014 &#171;Sibtekstilmash&#187; zavodi), kora (&#171;Novosibprokat&#187; korxonasi) va rangli (Novosibirsk qalayi kombinati, Novosibirsk elektrod zavodi) metallurgiya. Qurilish materiallari ishlab chiqarish (Tsement va asbosement mahsulotlari), kimyo, o&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlik, yengil (tikuvchilik, ip-gazlama \u2014 &#171;Novosibirsk ip gazlama kombinati&#187;; \u2014trikotaj &#171;Sibir&#187; korxonasi; ko&#8217;n-poyabzal: &#171;kore&#187;, &#171;Kojgalantereya&#187; korxonalari), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Novosibirsk GES, baraba GRES mavjud. Bosh sanoat shaharlari: Novosibirsk, Berdsk, Iskitim. ovosibirsk viloyati \u2014 Sibirning muhim qishloq xo\u2019jalik rayoni. Qishloq xo\u2019jalik don-chorvachilik yo&#8217;nalishiga ega. G&#8217;allachilik, ozuqa, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Sut-go&#8217;sht chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Ob daryosida kemalar qatnaydi. Avtoyo&#8217;llar zichligi 51 km\/ming km2 (1997). Karachi (Karachi ko&#8217;li) kurorti bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Novosibirsk viloyati \u2013 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibirning Janubi-sharqida joylashgan. G&#8217;arbiy Sibir iqtisodiy rayoni tarkibida. Maydoni 178,2 ming km2. Aholisi 2744,0 ming kishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/novosibirsk-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114641","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114641","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114641"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114650,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114641\/revisions\/114650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}