{"id":114647,"date":"2024-01-22T08:28:50","date_gmt":"2024-01-22T05:28:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114647"},"modified":"2024-01-22T08:28:53","modified_gmt":"2024-01-22T05:28:53","slug":"non-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/non-sanoati\/","title":{"rendered":"Non sanoati"},"content":{"rendered":"\n<p>Non sanoati \u2014 oziq-ovqat sanoati tarmog&#8217;i. Nonning turli navlarini, buxanka, bulka va teshikkulcha, parhez, diabetik va shifobaxshnon turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O&#8217;zbekistonda novvoylik qadimiy tarixga va boy an&#8217;analarga ega. Non deyarli har bir oilada tayyorlanishiga qaramay shaharlar va yirik qishloqlarda yirik novvoyxonalar aholining yopilgan nonga bo&#8217;lgan ehtiyojlarini ta&#8217;minlashda muhim mavqeda turgan. Novvoylik kasb-hunarning bir turi sifatida rivojlangan. 1929 yilda Samarqand va Toshkent shahrida dastlabki non pishiradigan sanoat korxonalari qurilgach, novvoychilik oziq-ovqat sanoati tarmog&#8217;iga aylandi. Keyingi yillarda Qo&#8217;qon (1930), Qarshi (1936), Termiz (1940), Buxoro (1946), Urganch (1955), Namangan (1961) kabi yirik shahar xamda shaharcha, tuman markazlari, yirik qishloqlarda non zavodlari, novvoyxonalar qurildi. O&#8217;zbekistonda Non sanoati yevropacha non xillarini ishlab chiqaradigan non zavodlari va novvoyxonalarni qurish yo&#8217;nalishida rivojlandi. 1960-85 yillarda Toshkent, Jizzax, Nukus, Angren kabi shaharlarda katta (100 t\/sutka) va o&#8217;rta (30 t\/sutka) quvvatga ega bo&#8217;lgan 15 ta non zavodi qurilib ishga tushirildi. Non sanoati korxonalarida milliy nonlarni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan pechlar (Bruver-Salixov, Danko-Semyonov pechlari) o&#8217;rnatildi. Toshkent, Samarqand va Farg&#8217;ona shaharlaridagi non pishirish korxonalari tubdan qayta qurildi. Zamonaviy xamir tayyorlov agregatlarining o&#8217;rnatilishi, uzluksiz xamir taqsimlovchi tizimlar, un va yordamchi mahsulotlarni (tuz, xamirturush suti, shakar, yog&#8217;) idishsiz saqlash qurilmalarining barpo etilishi Non sanoatining rivojlanishiga yordam berdi. Shuningdek, obi non ishlab chiqaruvchi tsexlar yiriklashtirilib, savdo do&#8217;konlariga ega bo&#8217;lgan yangi tsexlar qurildi. 1986 yil non korxonalarining umumiy quvvati 1886,7 t\/sutka non mahsulotlarini tashkil etdi (milliy nonlar hissasi 18% bo&#8217;ldi). 1987 yil Non korxonalari respublika oziq-ovqat sanoati vazirligidan don mahsulotlari vazirligi tasarrufiga o&#8217;tkazilgach, firma do&#8217;konlariga ega bo&#8217;lgan kichik novvoyxonalar tizimini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Non sanoati korxonalarida non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mah-sulotlari ishlab chiqarila boshladi. 1988 yilda mamlakatda 29 ta yirik non zavodlari ishladi. Respublika mustaqillikka erishganidan so&#8217;ng, ayniqsa, shahar aholisini non bilan barqaror ta&#8217;minlash maqsadida Non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, non turlarini ko&#8217;paytirish yo&#8217;nalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Daha va guzarlarda kichik non korxonalari ishga tushirildi. 1995 yilda &#171;O&#8217;zdonmahsulot&#187; davlat-aktsiyadorlik korporatsiyasi tarkibida 4 non ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent, Yangiyo&#8217;l, Farg&#8217;ona, Qarshi), 21 non zavodi ishladi va bir sutkada 1300 tonnadan ziyod non mahsulotlari ishlab chiqarildi. &#171;O&#8217;zdonmahsulot&#187; tizimida har biri sutkada 3 tonnadan 120 tonnagacha non ishlab chiqarish quvvatiga ega bo&#8217;lgan 200 dan ortiq non zavodlari va kichik Novvoyxonalar faoliyat ko&#8217;rsatadi (2003). Ularda dunyodagi eng ilg&#8217;or &#171;Vinkler&#187; (Germaniya) va &#171;Ekmasan&#187; (Turkiya) kabi firmalarning zamonaviy jihozlari o&#8217;rnatilgan. Hozirgi &#171;Tansiq non&#187; (Toshkent), &#171;Buxoro non&#187;, &#171;Samarqand non&#187;, &#171;Nukus non&#187;, &#171;rizq&#187; (Andijon), &#171;qarshi non&#187; aktsiyadorlik jamiyatlari tizimdagi yirik non zavodlari hisoblanadi. Non ishlab chiqarish korxonalari faqatgina yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham rivojlangan. Ayni paytda &#171;O&#8217;zbekbirlashuv&#187; aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida 844 ta non ishlab chiqarish tsexlari, 3 mingga yaqin tandir (novvoyxona) va kichik korxonalar bor. Ular tomonidan bir yilda 160 ming tonna non mahsulotlari tayyorlandi (2002). O&#8217;zbekiston Non sanoati korxonalarida 300 xildan ko&#8217;proq non ishlab chiqariladi. Jahonda Italiya, Germaniya, Turkiya, AQSh, Xitoy va boshqa mamlakatlarda Non sanoati rivojlangan. Kishi boshiga o&#8217;rtacha yillik non iste&#8217;mol qilish ko&#8217;rsatkichlari Italiya, Daniya, Germaniyada 70-82 kilogrammni, Buyuk Britaniya va Frantsiyada 42-45 kilogrammni tashkil etadi (2002). G&#8217;ofir Mirzayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Non sanoati \u2014 oziq-ovqat sanoati tarmog&#8217;i. Nonning turli navlarini, buxanka, bulka va teshikkulcha, parhez, diabetik va shifobaxshnon turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O&#8217;zbekistonda novvoylik qadimiy tarixga va boy an&#8217;analarga ega. Non &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/non-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114647","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114647","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114647"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114647\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114659,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114647\/revisions\/114659"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114647"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114647"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114647"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}