{"id":114657,"date":"2024-01-22T08:31:59","date_gmt":"2024-01-22T05:31:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114657"},"modified":"2024-01-22T08:32:01","modified_gmt":"2024-01-22T05:32:01","slug":"norin-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norin-viloyati\/","title":{"rendered":"Norin viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Norin viloyati &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970 yil 11 dekabrda tashkil etilgan (1939-62 yillarda Tyan Shan viloyati). Janubi-Sharqda va Janubda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 47,3 ming km2. Aholisi 259,9 ming kishi (1990-yillar o&#8217;rtalari), asosan, qirg&#8217;izlar, shuningdek, rus, uzbek, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 21%. 6 ma&#8217;muriy tuman, 1 shahar, 2 shaqarcha bor. Markazi \u2014 Norin shahri. Norin viloyati Ichki Tyanshanda joylashgan. G&#8217;arbdan sharqqa balandlasha boradi. Janubi-sharqida Qaqshaltov (eng baland joyi 5982 metr), Janubi-g&#8217;arbda Farg&#8217;ona tizmasi (4692 metr), shimoli-g&#8217;arbda Susa-Mirtovning Sharqiy qismi (4048 metr), Jumg&#8217;oltov tizmasi (3947 metr), shimoli-Sharqda Terskay-Olatov tizmasining g&#8217;arbiy qismi va Yetim tizmasi cho&#8217;zilgan. Viloyatning ichki qismini Jomatov (4718 metr), Otboshi (4786), Norintov, Mo&#8217;ldatov tizmalari va boshqalar qisman yassi sirtlar egallagan. Yirik soyliklar va vodiylar: shimolda Qo&#8217;chqor, Jumg&#8217;ol, markazida Norin, otboshi, Janubda Oqsoy, Chatirko&#8217;l, g&#8217;arbida To&#8217;g&#8217;uzto&#8217;ro&#8217;, ularning tubi 1000-1200 metrdan 3800 metrgacha balandlikda. Iqlimi keskin kontinental. Qishi qattiq sovuq, yozi nisbatan salqin. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi\u201410,1\u00b0 (Qo&#8217;chqorda) dan -27,7\u00b0 gacha (Oqsoy vodiysida). Iyulniki 21\u00b0 dan (Qazarman) 9\u00b0 gacha (Oqsoy vodiysi). Norin viloyatida havoning o&#8217;rtacha sutkalik temperatura amplitudasi katta. Viloyat hududining ko&#8217;p qismida yillik yog&#8217;in 200-300 mm. Ayrim vodiylarda qishda deyarli qor yog&#8217;maydi. Vegetatsiya davri 130 kun. Eng yirik muzliklar Qaqshaltov tizmasida. Daryolari Norin (70%), Tarim (20%), Chuy havzalariga mansub. Norin daryosining muhim irmoqlari: o&#8217;ngda Kichik Norin, Ko&#8217;ko&#8217;meren; chapda otboshi, olabug&#8217;a. Ko&#8217;pchilik daryolari muzlik-qor suvlaridan to&#8217;yinadi. Daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Norin daryosi irmoqlaridan, asosan, sug&#8217;orishda foydalaniladi. Chuy Daryosida O&#8217;rtato&#8217;qay suv ombori qurilgan. Yirik ko&#8217;llari: chuchuk suvli So&#8217;nko&#8217;l va oqmas sho&#8217;r suvli Chatirko&#8217;l. Tog&#8217;-dasht va chalacho&#8217;l o&#8217;simliklari (tog&#8217; vodiylarida shuvoq va boshoqlilar) o&#8217;sadi. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarining yuqori qismlari subalp va Alp utloqlari bilan qoplangan. Baland tog&#8217; tundrasi, sharqida sovuq baland tog&#8217; cho&#8217;li mavjud. Na&#8217;matak, zirk, uchqat, vodiylarida terak va qoratol, tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida Tyanshan qoraqarag&#8217;ayi, archa o&#8217;sadi. Norin viloyatida arxar, tog&#8217;echkisi, Bars, suvsar, bo&#8217;ri, tulki, kulrang sug&#8217;ur yashaydi. Iqtisodiyotida qishloq xo\u2019jaligi asosiy o&#8217;rinda. Norin viloyati \u2014 chorvachilik rayoni. Respublikadagi qo&#8217;ylarning 1\/4 qismi, echki, qoramol, yilqi, qo&#8217;tos boqiladi. Norin viloyati hududida oltin, toshtuz, qurilish materiallari konlari bor. Qishloq xo\u2019jaligi xom ashyosini qayta ishlash (go&#8217;sht kombinatlari, moysir zavodlari, tegirmonlar), keng iste&#8217;mol mollari va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, mexanika zavodi (Norinda), &#171;Orgtexnika&#187; pribor zavodi ishlab turibdi. Avtomobil transporti rivojlangan. Asosiy yo&#8217;llari: Ribache\u2014Norin\u2014To&#8217;rug&#8217;art, Norin\u2014 Qazarman. Kutubxonalar, teatr, Qirg&#8217;iziston chorvachilik va veterinariya ilmiy tadqiqot institutining chorvachilik bo&#8217;yicha Tyanshan tajriba stansiyasi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Norin viloyati &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970 yil 11 dekabrda tashkil etilgan (1939-62 yillarda Tyan Shan viloyati). Janubi-Sharqda va Janubda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 47,3 ming km2. Aholisi 259,9 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norin-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114657","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114657","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114657"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114657\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114675,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114657\/revisions\/114675"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114657"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114657"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114657"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}