{"id":114689,"date":"2024-01-22T08:35:49","date_gmt":"2024-01-22T05:35:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114689"},"modified":"2024-01-22T08:35:58","modified_gmt":"2024-01-22T05:35:58","slug":"nosir-xisrav","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nosir-xisrav\/","title":{"rendered":"Nosir Xisrav"},"content":{"rendered":"\n<p>Nosir Xisrav (to&#8217;liq ismi: Abu-Mu&#8217;iniddin Nosir Xisrav al-Qubodiyoniy) (1004, Qubodiyon \u2014 1088, Badaxshon) \u2014 fors-tojik shoiri, mutafakkiri. Boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni o&#8217;z qishlog&#8217;ida olgan, keyin Marv va Balx madrasalarida tahsilni davom ettirgan. Mahmud G&#8217;aznaviy va uning o&#8217;g&#8217;li mas&#8217;ud saroyida mirzalik qilgan, soliq maqkamasini boshqargan. U 7 yil (1045\u2014 52) davomida Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Suriya, Misr, Arabiston, Iroq mamlakatlarini kezib chiqadi. Uning &#171;Safarnoma&#187; asari shu sayohat natijasida yaratilgan. Adolatli hukmdorlar tufayli osoyishta va farovon shaharlarni ko&#8217;rgan Nosir Xisrav keyinchalik o&#8217;z asarlari orqali Odil podshoh goyasini ilgari suradi. Misrda 3 yil yashab, fotimiylar tariqatiga kiradi va ismoiliylar maslagini qabul qiladi. Fotimiylar butun dunyoni egallashni maqsad qilib, uni 12 Jazira (Orol)ga bo&#8217;lgan edilar. Nosir Xisrav Xuroson bo&#8217;yicha Jazira boshlig&#8217;i \u2014 hujjat etib tayinlanadi (ba&#8217;zi she&#8217;rlarida Hujjat taxallusini xam qo&#8217;llagan). Keyinchalik, 1052 yilda Balxga qaytgan Nosir Xisrav bu yerda ismoiliylik g&#8217;oyalarini qizg&#8217;in targ&#8217;ib-tashviq qila boshlaydi. Bu harakati uchun Nosir Xisrav shialik va kofirlikda ayblanib, o&#8217;limga hukm qilinadi. Shundan so&#8217;ng u qolgan 25 yillik umrini Badaxshonda \u2014 Hazrati Sayyid qishlog&#8217;idagi Yumg&#8217;on darasida o&#8217;tkazadi. Uning da&#8217;vatlari natijasida bu erda ismoiliylar jamoasi vujudga keladi. Maqbarasi asrlar davomida ziyoratgohlardan biri bo&#8217;lib, mahalliy aholi tomonidan &#171;Mozori Shoh Nosir&#187; deb atalgan. Nosir Xisrav &#171;Safarnoma&#187;, &#171;zod ul- musofirin&#187;, &#171;vajhi din&#187;, &#171;Saodatnoma&#187;, &#171;Ro&#8217;shnoinoma&#187;, &#171;Xon ul- Ixvon&#187;, &#171;Bo&#8217;ston ul-uqul&#187;, &#171;dalil ut- mutaxayyirin&#187;, &#171;Jome&#8217;ul-hikmatayn&#187;, &#171;risola dar javobi 99 savoli falsafi&#187;, &#171;Kushoyish va rahoyish&#187; kabi ko&#8217;plab she&#8217;riy va nasriy asarlar yaratgan. U fors-tojik va Arab tillarida ikki devon ham tuzgan, lekin Arab tilidagi devonining taqtsiri hozirgacha noma&#8217;lum. Shoirning qasida, g&#8217;azal, qit&#8217;a va ruboiylarini o&#8217;z ichiga olgan, 12 ming misradan iborat forsiy devoni esa Eronda bir necha marta chop etilgan. Dunyoviy ilmlarni chuqur o&#8217;zlashtirgan Nosir Xisrav hur fikrli kishi bo&#8217;lgan. Olam va Odam mohiyati to&#8217;g&#8217;risida aql vositasida falsafiy fikr yuritgan. Dunyoning nomukammalligi, inson tabiatining noqisligi xususida &#171;Xudo bilan munozara&#187; degan she&#8217;r ham yozgan. Ijodi orqali adolatsiz zamon, johil va manfaatparast kishilarni tanqid qilib, mehnatkash dehqonni, kosibu hunarmandni, ilm sohiblarini ulug&#8217;lagan, insoniy Kamolotga da&#8217;vat qilgan. Uning hur fikrlari o&#8217;zidan keyingi ijodkorlar, jumladan, Umar Xayyomga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Nosir Xisrav asarlari dunyoning ko&#8217;plab tillariga tarjima qilingan. Bir nechta she&#8217;rlari, &#171;Saodatnoma&#187; masnaviysidan parchalar va &#171;Safarnoma&#187; asari M. Muinzoda, Sh. Shomuhamedov, G&#8217;. Karimlar tomonidan o&#8217;zbek tiliga o&#8217;girilgan. As: Safarnoma, T., 2003. Ad.: Bertels A.E. [Nasir-i Xosrav i ismailizm, M., 1959; Samarqandiy D., Shoirlar bo&#8217;stoni], T., 1981. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nosir Xisrav (to&#8217;liq ismi: Abu-Mu&#8217;iniddin Nosir Xisrav al-Qubodiyoniy) (1004, Qubodiyon \u2014 1088, Badaxshon) \u2014 fors-tojik shoiri, mutafakkiri. Boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni o&#8217;z qishlog&#8217;ida olgan, keyin Marv va Balx madrasalarida tahsilni davom ettirgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nosir-xisrav\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114689","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114689","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114689"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114689\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114710,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114689\/revisions\/114710"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114689"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114689"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114689"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}