{"id":114797,"date":"2024-01-27T11:01:33","date_gmt":"2024-01-27T08:01:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114797"},"modified":"2024-01-27T11:01:36","modified_gmt":"2024-01-27T08:01:36","slug":"nok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nok\/","title":{"rendered":"Nok"},"content":{"rendered":"\n<p>Nok (Pyrus) \u2014 ra&#8217;noguldoshlar oilasiga mansub barg to&#8217;kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning mo&#8217;tadil va subtropik mintaqalari (Sharqiy va kichik Osiyo, Kavkaz, Janubiy Yevropa)da 60 ga yaqin turi uchraydi. O&#8217;rta Osiyo, Rossiyaning janubi, uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo&#8217;yi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi o&#8217;sadi. Nok qadimiy madaniy o&#8217;simlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning mo&#8217;tadil iklimli hududlari (ayniqsa, AQSh)da, Afrika, Avstraliya, Janubiy Sharqiy Osiyoda ko&#8217;p ekiladi. Dunyo bo&#8217;yicha urug&#8217;li mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-o&#8217;rinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar ko&#8217;p. Nokning madaniy navlari oddiy Nok yoki o&#8217;rmon Noki (P. communis), qor Nok (R. nivalis), Buase Nok i (P. boissieriana), Korjinskiy Noki (P. korshinskyi), qumokdi yoki kechki Nok (P. serotina), yc-Suriya Noki (P. ussuriensis) va boshqa turlarga mansub. Nokning oddiy yoki o\u2019rmon Nok turi keng tarqalgan. O&#8217;zbekistonda Korjinskiy noki murut, olmurut (R. Korshinskyi Litv.); turkman noki (R. turcmanica Maleg.) tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida yovvoyi qolda o&#8217;sadi. Nok daraxti 50-300 yilgacha yashaydi, bo\u2019yi 15-20 metrga yetadi; shox-shabbasi ixcham, piramida shaklida. Nok yorug&#8217;sevar, qurg&#8217;oqchilikka va sovuqqa o&#8217;rtacha chidamli. Nok qumli, sho&#8217;rlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi o&#8217;sadi. Ildizi kam tarmoqli o&#8217;q ildiz, asosiy qismi tuproqning 20-80 santimetr qatlamida joylashadi. Barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, cheti arra tishli. Gullari oq, ba&#8217;zan pushti yoki qizil. Mevasi turli shaklda, vazni 25-300 gramm, ba&#8217;zan 500\u2014 700 gramm, rangi sariq, yashil, pushti, zarg&#8217;aldoq va boshqalar. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, jem, kompot, murabbo qilinadi. Tarkibida o&#8217;rtacha 80% suv, 10,4% kand, 0,3% organik kislotalar, 0,03% oshlovchi moddalar, 2,6% kletchatka, 0,4% azotli moddalar, V, S vitaminlari, A provitamini bor. Asalshirali daraxt, ayrim turlari yog&#8217;ochidan musiqa asboblari yasaladi. Nok payvandlash yo\u2019li bilan ko&#8217;paytiriladi; payvandtag yovvoyi Nok yoki behi urug&#8217;larini o&#8217;stirib tayyorlanadi. Nokzorlar ikki yillik ko&#8217;chatlardan barpo yetiladi. Kuchli payvandtagga ulanganlari 8&#215;6 (7\u20146&#215;4\u20142,5) metr, pakana payvandtagga ulanganlari esa 6&#215;4 metr, 3,5&#215;2,5 metr sxemada ekiladi. Ko\u2019pchilik Nok navlari qo&#8217;shimcha changlanishni talab etadi. Shu sababli changlovchi navlar aralash ekiladi. Ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgach, 5-6- yili hosilga kiradi, 20\u2014 25-yilda to&#8217;liq hosil beradi. Naviga, parvarish qilinishiga qarab hosildorligi 100\u2014 250 ts\/ga. Kuzda yoki erta bahorda organik va mineral o&#8217;g&#8217;itlar bilan o&#8217;g&#8217;itlanadi, o&#8217;suv davrida oziqlantiriladi, sug&#8217;oriladi, qator va tup oralari kultivasiya qilinadi. Asosiy navlari: jahon bo&#8217;yicha Nokning 5 mingdan ortiq navlari bor. R. R. Shreder nomidagi bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida 20-asrning 50-yillaridan boshlab ko&#8217;pgina Nok navlari chiqarilgan va O&#8217;zbekistonda 40 ga yaqin mahalliy va selektsiya navlari rayonlashtirilgan. Sanoat bog&#8217;dorchiligida yozgi (Vilyame, Lyubimisa klappa va boshqalar), kuzgi (Ra&#8217;no, Berebosk, Zuhra, sovg&#8217;a, Lesnaya krasavitsa va boshqalar), qishki (Kulala, Dilafro&#8217;z, Kyure, Toshkent noki, Olive de serr va boshqa) navlari ekiladi. Zararkunandalari: nok va olma qurti, nok biti, nok kanasi va boshqalar. Kasalliklari \u2014 kalmaraz, unshudring, chirish va b. Ad.: Sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodovix Kultur i yagod, T., 1968; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., O&#8217;zbekiston mevachiligi, T., 1967; pomologiya Uzbekistana, T., 1983, Sultan Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nok (Pyrus) \u2014 ra&#8217;noguldoshlar oilasiga mansub barg to&#8217;kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning mo&#8217;tadil va subtropik mintaqalari (Sharqiy va kichik Osiyo, Kavkaz, Janubiy Yevropa)da 60 ga yaqin turi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114797","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114797","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114797"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114797\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114805,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114797\/revisions\/114805"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114797"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114797"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114797"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}