{"id":114828,"date":"2024-01-29T07:15:59","date_gmt":"2024-01-29T04:15:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114828"},"modified":"2024-01-29T07:16:07","modified_gmt":"2024-01-29T04:16:07","slug":"nodirshoh-afshor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nodirshoh-afshor\/","title":{"rendered":"Nodirshoh Afshor"},"content":{"rendered":"\n<p>Nodirshoh Afshor (1688.22.10, Deregyoz \u2014 1747.20.6, Xabushon) \u2014 Eron shoqi (1736-47), qizilboshlilarning Afshor qavmidan bo&#8217;lgan. Xurosonda harbiy qo&#8217;mondon sifatida o&#8217;z faoliyatini boshlagan. 1726 yilda Safaviylar shohi Taxmasp II (hukmronlik davri: 1722\u2014 32)ning harbiy xizmatiga o&#8217;tib, mashhaddan afg&#8217;onlarni quvib chiqargan. Hirotdagi afg&#8217;onlarning Abdal va Xurosondagi turkman qabilalariga qarshi kurashda g&#8217;olib kelgan (1729). Eronni bosib olish uchun urush boshlagan Usmonli turk Sultonligiga qarshi samarali kurashi Nodirshohning nufuzini oshirgan (1730-31). Taxmasp II ni taxtdan ag&#8217;darib, uning o&#8217;g&#8217;li Abbos III ni shoh, o&#8217;zini esa unga homiy (regent) deb e&#8217;lon qilgan (1732). Turklar bilan urush tugagach, Eron shohi bo&#8217;lgan (1736). Nodirshoh Safaviylar davlati o&#8217;rnida Eronda markazlashgan yirik davlatga asoslangan imperiya tashkil qilgan. Qo&#8217;shni davlatlarga qarshi talonchilik yurishlari o&#8217;tkazib, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Dog&#8217;iston, Afg&#8217;oniston, Belujiston, O\u2019rta Osiyoning katta qismi, shimoliy Hindistonni bosib olgan. Buxoro xonligiga qarshi uning yurishi dastlab muvaffaqiyatsiz tugaydi. Nodirshohning katta o&#8217;g&#8217;li Rizoquli Mirza 1200 kishilik lashkari blan Amudaryodan o&#8217;tib, Qarshini qamal qilgan. Muxammad Hakimbiy otaliq va Buxoro xoni Abulfayzxon shahar ichida turib dushmanga qarshi kurashganlar. Buxoroliklarning ittifoqchisi Xiva xoni Elbars (hukmronlik davri: 1728-1740) katta qo&#8217;shin bilan yetib kelgach, Rizoquli Mirza shoshilinch sulh tuzadi va orqaga qaytadi (1736). Biroq Nodirshohning o&#8217;zi katta qo&#8217;shinga bosh bo&#8217;lgach, Balxni egallab, Buxoro ustiga yurish qilganida uni Muhammad Hakimbiy va o&#8217;g&#8217;li Muhammad Raxim qo&#8217;llab-quvvatlaydi (1740). Buxoro ustidan siyosiy hokimiyat o&#8217;rnatilgach, u Xiva xonligiga qarshi yurish qiladi. Xonqani egallash paytida Xiva xoni Elbars o&#8217;ldirilgan (1740). Nodirshoh hukmronligiga qarshi Xiva va Buxoroda bir necha marta qo&#8217;zg&#8217;olonlar ko&#8217;tarilgan. Eronda ham ichki nizolar va saroy fitnalari kuchayadi. Nodirshoh Xuroson noibi, o&#8217;zining jiyani Aliqulixon tomonidan Mashhadda o&#8217;ldirilgan. Aliqulixon o&#8217;zini Odilshoh nomi bilan shoqdeb e&#8217;lon qilgan. Nodirshohning o&#8217;limi bilan Eron davlatining markazlashtirish jarayoni to&#8217;xtab qolgan. Ad.: Mirza Abdal&#8217;Azim Sami, tarixi salatin-i mangitiyya, M., 1962. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nodirshoh Afshor (1688.22.10, Deregyoz \u2014 1747.20.6, Xabushon) \u2014 Eron shoqi (1736-47), qizilboshlilarning Afshor qavmidan bo&#8217;lgan. Xurosonda harbiy qo&#8217;mondon sifatida o&#8217;z faoliyatini boshlagan. 1726 yilda Safaviylar shohi Taxmasp II (hukmronlik davri: &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nodirshoh-afshor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114828","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114828","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114828"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114828\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114842,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114828\/revisions\/114842"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114828"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114828"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114828"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}