{"id":114884,"date":"2024-01-29T07:26:04","date_gmt":"2024-01-29T04:26:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114884"},"modified":"2024-01-29T07:26:07","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:07","slug":"naqshbandiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naqshbandiya\/","title":{"rendered":"Naqshbandiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Naqshbandiya \u2014 tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo bo&#8217;lib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G&#8217;ijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15-18-asrlarda savdo va hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullanadigan shahar aholisi hamda ko&#8217;chmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. Naqshbandiya ta&#8217;limotining asosida &#171;ko&#8217;ngil Xudoda bo&#8217;lsin-u, qo&#8217;l ish bilan band bo&#8217;lsin&#187; (&#171;dil ba yoru, dast ba kor&#187;) shiori yotadi. Naqshbandiyada piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib e&#8217;tiqod qo&#8217;yish, imon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlos va ma&#8217;naviy Kamolot asosiy o&#8217;rin egallaydi. Rasm-rusumlar, odatlarni ko&#8217;r-ko&#8217;rona ado etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli bo&#8217;lish, ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. Naqshbandiyada odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, ma&#8217;naviy komilligi bilan o&#8217;lchanadi. Naqshbandiyada hunar, kasb egallab, o&#8217;z mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, xizmatkor saqlash, o&#8217;zganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. Naqshbandiyaning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxo&#8217;rlikka qarshi qaratilgan. Naqshbandiyada man-manlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron ko&#8217;tarib zikru samo&#8217; bilan odamlar diqqatini o&#8217;ziga qaratish qoralanadi. Naqshbandiyada asosiy talab \u2014 qalbni dunyo g&#8217;uborlaridan tozalash, o&#8217;z nafsi bilan kurashib ruxda charog&#8217;onlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. &#171;Tashqaridan xalq bilan, ichkaridan Haq bilan bo&#8217;lish&#187;, har bir nafasni Xudo yodi bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qo&#8217;yish, yurt kezib, aziz-avliyolar qabrini ziyorat qilish, g&#8217;ofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb ogohligiga erishish \u2014 Naqshbandiyaning asosiy ma&#8217;naviy tarbiya usuli hisoblangan. Naqshbandiyada pir va murid orasidagi ma&#8217;naviy orifona suhbatga katta e&#8217;tibor qilingan. Naqshbandiyaga ko&#8217;ra, suhbat \u2014 anjuman ichra bo&#8217;lish, bilmaganni bilib olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik bo&#8217;lsa, buning aksi \u2014 xilvat esa kishini bilimdan, ma&#8217;rifatdan mahrum qiladi. Naqshbandiyada o&#8217;zini o&#8217;zi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mustahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni ma&#8217;naviy Kamolot uchun sarflash lozim deyiladi. &#171;Vuqifi zamoniy&#187; (muayyan vaqtda to&#8217;xtab o&#8217;zini tekshirish), &#171;vuqufi adadiy&#187; (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), &#171;vuqufi qalbiy&#187; (qalb amallari qanday bo&#8217;layotganligini to&#8217;xtab, tekshirib borish) kabi shiorlar (&#171;qudsiy so&#8217;zlar&#187;) ham ana shu nazorat usuliga kiradi. Naqshbandiya, shu tariqa, tasavvufni Islom shariati va payg&#8217;ambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bog&#8217;ladi. &#171;Urva-tul vusqo&#187;, ya&#8217;ni barcha ishda payg&#8217;ambar so&#8217;zlari va ishlariga suyanish Naqshbandiya shiorlaridan biriga aylandi. Naqshbandiyada sufiylik iste&#8217;dodiga ham e&#8217;tibor berilgan, ya&#8217;ni ba&#8217;zi kishilarning men falon silsiladanman, naslnasabim falon-falonchilarga borib taqaladi, degan gaplariga qarshi Bahouddin Naqshband &#171;ran silsilada emas&#187;, ran Allohning jazbasida&#187; deb aytadi. Jazba bo&#8217;lmasa, sufiylikda maqomatlarga ko&#8217;tarilish qiyin. Naqshbandiya Bahouddin Naqshband hayotligidayoq keng Shuhrat qozondi. Naqshbandiyani nazariy jihatdan ishlab chiqishda Muhammad Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta bo&#8217;ldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Amir Temur avlodidan bo&#8217;lgan shoh va shahzodalar kira boshladilar. 15-asrdayoq Naqshbandiya Eron, Afg&#8217;oniston, Misr, Hijoz, Shimoliy Kavkaz, Turkiyaga tarqala boshladi. Ayniqsa, &#171;Hazrati Eshon&#187; unvoniga musharraf bo&#8217;lgan Xoja Axror valiy \u2014 Nosiriddin Ubaydulloh faoliyati tufayli Naqshbandiyaning obro&#8217;-e&#8217;tibori yana ham oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida man-sabdor shaxslar, shoxu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan bo&#8217;lsa, Xoja Ahror valiy davrida Naqshbandiya siyosiy doiralarga kirib bordi. Naqshbandiya 16-asrda Hindistonga tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja Boqibilloh (1563-1603), Axmad Sirhindiy (1564-1624) faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda sunniylik yo&#8217;nalishini mustahkamlash uchun Naqshbandiyadan unumli foydalangan. Naqshbandiyani Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh Simaviy (1490 yil vafot etgan), Ahmad Buxoriy va boshqa shaxslarning xizmati bor. Naqshbandiya 16-17-asrlarda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada ko&#8217;plab tarafdorlarga ega bo&#8217;lgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Tseylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSh, Kanada, Avstriyada Naqshbandiya markazlari, xonaqolari, jamg&#8217;armalari bor. Naqshbandiya tariqatining umuminsoniy g&#8217;oyalar, ma&#8217;naviy Kamolot, botiniy poklikni targ&#8217;ib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi. Uning muhlislari bir necha million kishini tashkil etadi. Ad.: Alisher Navoiy, tula asarlar to&#8217;plami, 17-j., T., 2002; Abul Muqsin Muhammad Boqir ibn Muhammal Ali, Bahouddin Balogardon, T., 1993; Idris shoh, Naqshbandiy tariqati, T., 1993; Komilov N., Tasavvuf. Birinchi kitob, T., 1996; Navruzova G., Naqshbandiya tasavvufiy ta&#8217;limoti va barkamol inson tarbiyasi, T., 2002. Najmiddin Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naqshbandiya \u2014 tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo bo&#8217;lib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G&#8217;ijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15-18-asrlarda savdo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naqshbandiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114884","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114884","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114884"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114902,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114884\/revisions\/114902"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}