{"id":114885,"date":"2024-01-29T07:26:04","date_gmt":"2024-01-29T04:26:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114885"},"modified":"2024-01-29T07:26:08","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:08","slug":"naqsh-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naqsh-2\/","title":{"rendered":"Naqsh"},"content":{"rendered":"\n<p>Naqsh (Arabcha \u2014 tasvir, gul) \u2014 qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil bo&#8217;ladigan handasiy shakllar, o&#8217;simlik, qush, hayvon va b.ning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va hokazolar), me&#8217;moriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis san&#8217;at (asosan, amaliy san&#8217;at) asarlarida keng qo&#8217;llanadi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezash (tatuirovka, bezash)ga mo&#8217;ljallanadi. Narsaning sirtini bezayotgan Naqsh uning tuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. Naqsh yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga ko&#8217;ra, Naqsh ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: o&#8217;yma (ganch, yog&#8217;och, mis, tosh, marmar va boshqalar), bo&#8217;yama (qog&#8217;oz, mato, ganch, yog&#8217;och, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtado&#8217;zlik, zardo&#8217;zlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), to&#8217;qima (gilamchilik, to&#8217;qimachilik va boshqalar), qadama (inkrustasiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqalar. Naqshning paydo bo&#8217;lishi haqida aniq ma&#8217;lumotlar yo&#8217;q. Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik materiallar Naqshning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy handasiy shakllar qatorida o&#8217;simliksimon Naqshlar bilan ham bezatilgan. Naqsh turli o&#8217;lkalar, turli xalqlarda geografik muhit, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosi, madaniyati ta&#8217;sirida turlicha rivoj topgan. Masalan, Shimol o&#8217;lkalari Naqshlarida archa, chorvadorlarda mol shoxi, dexdonlarda uzum bargi va g&#8217;ujumi, o&#8217;troq aholida gul, anor, bodom, qalampir tasvirlari ko&#8217;p uchraydi. Yevropada turli davrlarda hukmron bo&#8217;lgan badiiy uslublar (Barokko, gotika, klassisizm va boshqalar) Naqshga ham o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatgan. Uyg&#8217;onish davrida, ayniqsa, yuksak jozibadorlikka erishgan. 19-asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli oqimlar Naqshni atayin kam ishlatdi, xatto undan butunlay voz kechishgacha bordi. Naqsh san&#8217;ati O&#8217;rta Osiyo madaniyati tarixida juda qadimgi bo&#8217;lib, o&#8217;ziga xos namunalari bilan ajralib turadi. Arxeologik topilmalar Naqshning xilma-xil va rang-barang namunalaridan darak beradi. Me&#8217;moriy yodgorliklarda Naqshning ancha mukammal, o&#8217;ziga xos va yuksak san&#8217;atkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy san&#8217;atining har bir turida (xususan, kashtado&#8217;zlik, gilamchilik, o&#8217;ymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi) Naqshning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy ekanligi yaqqol kuzatiladi. O&#8217;rta Osiyoda Naqshlar keng tarqalgan bo&#8217;lib, ular, asosan, 2 turga bo&#8217;linadi: handasiy shakl va chiziqlardan iborat eng murakkab Naqsh turi \u2014 girih, keng tarqalgan o&#8217;simliksimon Naqsh \u2014 islimiy. Har bir Naqshning o&#8217;z qonun-qoidalari bor: taqsim va bo&#8217;laklar aniq o&#8217;lchamda, uyg&#8217;un bo&#8217;lishi, ranglar did bilan tanlangan, o&#8217;zaro mutanosib bo&#8217;lishi lozim. Bu naqqosh ustadan katta mahorat, malaka talab qiladi. O&#8217;rta Osiyoda eng qadimgi Naqsh namunalar, asosan, me&#8217;moriy inshootlarda saqlangan; Naqshning ajoyib namunalari ganch, yog&#8217;och va toshni o&#8217;yib, ba&#8217;zan bo&#8217;yab ishlangan. Naqsh hisobiga keng taraqqiy etdi, naqqoshlik jadal rivojlandi. Bino, buyum, idish, kiyim, qurollar aksariyat Naqsh bilan bezatildi; masjid, madrasa, maqbaralarni xashamdor qilishda Naqsh muhim o&#8217;rin egalladi. Shu davrda me&#8217;morlikda g&#8217;ishtni turlicha qalab Naqsh hosil qilish san&#8217;ati yuksak darajaga ko&#8217;tarildi. Binolarning yog&#8217;in tushmaydigan joylari ganch va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, bo&#8217;yama Naqshlar bilan bezatildi. Jumladan, me&#8217;moriy yodgorliklardan O&#8217;zgandagi maqbaralar (interer, devor, peshtoq, ravoqlar) g&#8217;ishtin nafis naqshlangan. 14-15-asrlarda koshinkoriy Naqshlar yaratildi (ko&#8217;hna Urganchdagi To&#8217;rabekxonim ko&#8217;shki, Samarqanddagi Shohizinda ansambli, Dilkusho ko&#8217;shki \u2014 Ishratxona va boshqalar). Xiva, Buxoro, Qo&#8217;qon xonliklari davrida xalq ustalari san&#8217;ati ayniqsa shaharlarda o&#8217;sdi, Naqsh, naqqoshlik ham yanada rivojlandi. Xudoyorxon o&#8217;rdasi (Xiva), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro), Toshhovli (Xiva) va boshqa binolar mohir ustalar tomonidan nafis Naqshlar bilan bezatildi. Bu esa O&#8217;rta Osiyoda Naqshning o&#8217;ziga xos uslublari vujudga kelganligini ko&#8217;rsatadi. Buxoro Naqshi eng murakkab, mukammal va jozibador bo&#8217;lib, ko&#8217;p asrlik ijodiy mehnat an&#8217;analari samarasidir; Naqsh bezak bo&#8217;lish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta o&#8217;lcham bilan ishlangan, gul Naqshlari o&#8217;ziga xosligi bilan (gul Naqshda vaza, kosa, guldonlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, mevalar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida e&#8217;tibori bilan) ajralib turadi. Xiva Naqshi (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida o&#8217;simliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning ko&#8217;pligi, o&#8217;simliksimon tasvirlar zich, ko&#8217;p va turli-tumanligi bilan mashhur. Farg&#8217;ona Naqshi Marg&#8217;ilon, Xo&#8217;jand, Qo&#8217;qon, Fargona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Me&#8217;moriy yodgorliklar (Qo&#8217;qondagi Modarixon daxmasi va Daxmai Shohon), 19-asrda yaratilgan Naqshlarda sodda rang-baranglik (sariq, qizil, yashil, qora, oq, ko&#8217;k, pushtirang), Naqsh qismlarining ancha jo&#8217;nligi ko&#8217;zga tashlanadi. Farg&#8217;ona Naqshining o&#8217;ziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya Naqsh bilan bir-biridan ajratiladi, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga o&#8217;simliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva Naqshlarining ta&#8217;siri seziladi. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlaridagi Naqshlarda Yevropa Naqshlarining ham ta&#8217;siri bor. O&#8217;rta Osiyo, jumladan, O&#8217;zbekiston hududida yaratilgan ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni Naqsh (bezak)siz tasavvur qilish qiyin. O&#8217;rta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli o&#8217;lkalar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalar Naqshning rivojiga ham sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. 20-asr boshqa sohalar qatorida amaliy san&#8217;at an&#8217;analarining yangi rivojlanish davri bo&#8217;ldi. 30-yillardan yirik jamoat va ma&#8217;muriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri, O&#8217;zbekiston tarixi muzeyi, xalqlar do&#8217;stligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, &#171;xotira&#187; maydoni, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Oliy Majlis, O&#8217;zbek milliy drama teatri, O&#8217;zbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan Naqshlar hisobiga kurkam qilingani qadimgi an&#8217;analarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib borayotganligiga yorqin dalildir. Xalq ustalari usta Shirin, Yu. Musayev, T. Arslonkulov, Q. Jalilov, Sh. G&#8217;afurov, S. Xo&#8217;jaev, N. Ibrohimov, M. Qosimov, U. Zufarov, Q. Haydarov, U. Ahmedov, O. Polvonov, T. To&#8217;xtaxo&#8217;jaev, O. Qosimjonov, J. Hakimov, Yo. Ranaqsh bilan bezatilgan quticha (20-asr o&#8217;rtalari, Toshkent). ufov, A. Boltaev, aka-uka J. va B. Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va boshqalar yaratgan asarlar 20-asr o&#8217;zbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi. Kulollik, zardo&#8217;zlik, kashtado&#8217;zlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda Naqsh bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga Fayz kiritadi. Ustalar yangi usullarni qo&#8217;llab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan Naqshlar yaratmoqda. Bu jarayonda naqqoshlardan M. To&#8217;raev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliev, A. Asqarov, O. Fayzullayev, S. Shukurov va boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar. Ular yaratgan bezaklarda &#171;kundal&#187;, &#171;mehrobi&#187;, &#171;bodom&#187;, &#171;buta&#187;, &#171;chorgul&#187;, &#171;shobarg&#187;, &#171;Oygul&#187;, &#171;zanjira&#187; Naqsh turlari ko&#8217;p uchraydi. Ushbulardan ko&#8217;rinadiki, O&#8217;zbekiston mustaqilligidan keyin barcha san&#8217;atlar qatorida amaliy san&#8217;at turlari, shulardan Naqsh, naqqoshlik, yog&#8217;och va ganch o&#8217;ymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qadimgi unutilayotgan an&#8217;analar qayta tiklanayotgani, Naqsh turlari kengayotgani va islimiy Naqshning bir necha turlari uyg&#8217;unlashayotgani kuzatiladi. Naqqoshlar ham 1995 yildan Toshkent shahrida YUNESKO tashkil etgan xalq hunarmandligi yarmarkasi, Parij shahrida o&#8217;tkazilgan Amir Temurning 660 yilligi tantanalari ko&#8217;rgazmasi va boshqalarda qatnashib kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar. Ad.: Narodnoe dekorativnoe iskusstvo Uzbekistana, albom, M., 1955; Rempel L. I., Arxitekturniy Ornament Uzbekistana, T., 1967; Raufov Yo. Naqqoshlik, T., 1973; Zohidov P., Me&#8217;mor olami, T., 1996; O&#8217;zbekiston san&#8217;ati, T., 2001. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naqsh (Arabcha \u2014 tasvir, gul) \u2014 qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil bo&#8217;ladigan handasiy shakllar, o&#8217;simlik, qush, hayvon va b.ning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak (gul). Turli narsalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naqsh-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114885","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114885","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114885"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114885\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114903,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114885\/revisions\/114903"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114885"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114885"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114885"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}