{"id":114887,"date":"2024-01-29T07:26:07","date_gmt":"2024-01-29T04:26:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114887"},"modified":"2024-01-29T07:26:13","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:13","slug":"nasha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nasha\/","title":{"rendered":"Nasha"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasha (Cannabis) \u2014 Nashadoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turkumi; yigiriladigan lub tolali, moyli ekin. Vatani \u2014 Markaziy Osiyo. Tolasi va moyi uchun miloddan avvalgi 1-ming yillikdan ekib kelingan. Bir-biriga juda yaqin 3 turi bor: madaniy yoki ekma Nasha (C.sativa) \u2014 tola olish uchun Rossiya, Belorussiya, Ukraina, G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlarida, Hindistonda ekiladi, yovvoyi holda Mongoliya, Afg&#8217;oniston, Hindiston, Pokiston, Xitoyda o&#8217;sadi; hind Nashasi (C.indica) \u2014 Eron, Turkiya, Suriya va boshqa mamlakatlarda urug&#8217;idan quyuq moy, bargi va poyasi chekiladigan nasha (narkotik mahsulot \u2014 gashish) va urg&#8217;ochi to&#8217;pgulidan marixuana olish uchun etishtiriladi, yovvoyi holda O&#8217;rta Osiyo, Pokiston, Afg&#8217;oniston, va boshqa mamlakatlarda o&#8217;sadi; yovvoyi Nasha (C.ruderalis) \u2014 O&#8217;rta Osiyo, G&#8217;arbiy Sibir, Volgabo&#8217;yida bahori ekinlar orasida, partov yerlarda begona o&#8217;t sifatida ko&#8217;p o&#8217;sadi. Madaniy Nashaning ildizi o&#8217;q ildiz. 1,5\u20142,0 metr chuqurlikka kirib boradi. Poyasi 1-5 metrgacha yetadi, diametri 10\u2014 30 millimetr, 7-8 bo&#8217;g&#8217;inli, nisbatan issiq-sevar, namsevar o&#8217;simlik. Naviga qarab vegetatsiya davri 65-160 kun. Ikki uyli (erkak va urg&#8217;ochi o&#8217;simlikka bo&#8217;linadi), chetdan changlanadi. Barglari panjasimon, yashil, bandlari qizg&#8217;ish-binafsharang. Gulto&#8217;plami shingil, urg&#8217;ochi o&#8217;simliklarida g&#8217;uj, barg qo&#8217;ltiqlarida, erkak o&#8217;simliklarida esa yon shoxlarining uchlarida joylashadi. Gullash davri 15-25 kun davom etib, erkak o&#8217;simlik gullari urg&#8217;ochi o&#8217;simlik gullaridan 4-7 kundan keyin ochiladi. Mevasi ikki pallali, bir urug&#8217;li yong&#8217;oqcha, yuzasi silliq, diametri 2-5 millimetr. 1000 dona urug&#8217;i vazni 10-26 gramm. Urug&#8217;i 1-2\u00b0 da unib chiqadi, 8-10\u00b0 da maysalanadi, -5, -6\u00b0 sovuqqa chidaydi, 19-25\u00b0 da yaxshi rivojlanadi. Shonalash-gullash davrida suvni kup talab qiladi. Erkak o&#8217;simliklari erta yetiladi. Tolasi poya po&#8217;stlog&#8217;ida joylashadi, dag&#8217;al, yo&#8217;g&#8217;on, ammo juda pishiq, nam o&#8217;tkazmaydi. Poyasida 27% gacha tola bulib, undan dag&#8217;al gazlamalar, qop-qanor, arqon tayyorlanadi. Urug&#8217;ida 30-35% moy, 18\u2014 23% oqsil mavjud. Moyi qandolatchilikda, konserva, qayta ishlash, lok-bo&#8217;yoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kunjarasi mollarga beriladi. Tola olish uchun yoppasiga qatorlab, urug&#8217; olish uchun keng qatorlab ekiladi. Tolasi uchun gullash davrida uriladi. Suvda ivitilib, quritiladi va tolasi ajratib olinadi. O&#8217;rta Osiyoda qadimdan narkotik modda beradigan hind Nashasi chilim chekishda ishlatilgan. Ad:. Yormatova D., O&#8217;simlikshunoslik, T., 2000; Vinogradov B.I..,Atabaeva X., Dementev A. A., Rastenievodstvo (praktikum), T., 1987. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasha (Cannabis) \u2014 Nashadoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turkumi; yigiriladigan lub tolali, moyli ekin. Vatani \u2014 Markaziy Osiyo. Tolasi va moyi uchun miloddan avvalgi 1-ming yillikdan ekib kelingan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nasha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114887","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114887"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114905,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114887\/revisions\/114905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}