{"id":114888,"date":"2024-01-29T07:26:08","date_gmt":"2024-01-29T04:26:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114888"},"modified":"2024-01-29T07:26:14","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:14","slug":"naflilik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naflilik-2\/","title":{"rendered":"Naflilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Naflilik \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlar, tovarlarning o&#8217;z xususiyatlariga ko&#8217;ra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni iste&#8217;mol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi \u2014 sub&#8217;yektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu ne&#8217;matga intilishiga bog&#8217;liq. Ne&#8217;matlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga \u2014 ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi o&#8217;rniga, darajasi va ahamiyatiga bog&#8217;liq. Har qanday ne&#8217;matlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bog&#8217;liq. Mahsulot nafliligi o&#8217;sishi uchun uning tabiiy va sun&#8217;iy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Masalan, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2 marta ortsa, uning nafliligi 2 marta ortib, oldingisiga nisbatan 2 marta ko&#8217;proq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun xam iqtisodiy o&#8217;sishning muhim omili mahsulot sifati va uning Naflilik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni iste&#8217;mol etishda umumiy qoniqish ham paydo bo&#8217;ladi. Umumiy Naflilik \u2014 iste&#8217;mol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari bo&#8217;yicha nafliligidir. Umumiy Naflilik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez o&#8217;zgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil bo&#8217;lganda Naflilik pasayishga moyil bo&#8217;ladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati \u2014 iste&#8217;mol etish jarayonida iste&#8217;molchida qoniqish hosil eta olishi, ya&#8217;ni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori bo&#8217;lsa, shunchalik narxning qiymatdan hol kam uchraydi, chunki tovarlar g&#8217;oyat ko&#8217;p bo&#8217;lganidan ayrim tovarlar nafliligi o&#8217;ta yuqori bo&#8217;lmaydi, o&#8217;rinbosar tovarlardagi Naflilik uni tutib turadi. Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish me&#8217;yorining ham eng oxirgi chegarasi bo&#8217;ladi. Shu chegaradan o&#8217;tgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan so&#8217;ng, xarid etilgan va iste&#8217;mol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor o&#8217;z qo&#8217;lidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu Naflilikning yuqori nuqtasi (Maksimizatsiyasi) deyiladi. Bozor sharoitida iste&#8217;mol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va iste&#8217;molchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki Naflilikning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) me&#8217;yoriy Naflilik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlarning Naflilik juda muhim masala bo&#8217;lganidan iqtisodiy tafakkur tarixida ob&#8217;yektiv va sub&#8217;yektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha Naflilik nazariyalari paydo bo&#8217;ldi. Naflilik muammosiga siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqalar katta e&#8217;tibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar ne&#8217;matlarni Naflilikga ega bo&#8217;lgani uchungina qadrlaydilar, iste&#8217;molchi nazarida qadrli bo&#8217;lgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat ob&#8217;yektiv Naflilikni yoki sub&#8217;yektiv Naflilikni (uni iste&#8217;mol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, ya&#8217;ni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni ob&#8217;yektiv Naflilik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida qadrlaydilar. Ne&#8217;matning su&#8217;ektiv qadr-qimmati uning ob&#8217;ektiv qadr-qimmatining, ob&#8217;yektiv Nafliliki va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan sub&#8217;yektiv ahamiyatidir. Ad.: Samuelson P.A., Nordxauss V.D., Ekonomika, M., 2000. Erlis Aliqulov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naflilik \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlar, tovarlarning o&#8217;z xususiyatlariga ko&#8217;ra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni iste&#8217;mol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naflilik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114888","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114888","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114888"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114906,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114888\/revisions\/114906"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}