{"id":114890,"date":"2024-01-29T07:26:11","date_gmt":"2024-01-29T04:26:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114890"},"modified":"2024-01-29T07:26:18","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:18","slug":"narx-shakllanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/narx-shakllanishi\/","title":{"rendered":"Narx shakllanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Narx shakllanishi &#8212; tovarlar va xizmatlarga belgilangan naxrning bir qator omillar ta&#8217;sirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy ma&#8217;noda \u2014 Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa ko&#8217;rinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat sub&#8217;yektlarining o&#8217;zlari ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Tor ma&#8217;noda \u2014 firmalarning o&#8217;z narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy \u2014 erkin, ma&#8217;muriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita ma&#8217;muriy belgilanishi ma&#8217;muriy, erkin va ma&#8217;muriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qo&#8217;llanilishi aralash Narx shakllanishi deb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi o&#8217;rnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; xarajatlarni qoplash qoidasi \u2014 narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to&#8217;la qoplanib, tadbirkorga minimal foydani ta&#8217;minlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar ko&#8217;radi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay o&#8217;z ishini to&#8217;xtatadi. Xarajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past bo&#8217;lishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi \u2014 narx o&#8217;rtacha xarajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma o&#8217;z tovariga narx qo&#8217;yganda foydani maksimallashtirishni mo&#8217;ljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda engish qoidasi \u2014 belgilangan narx darajasi xaridorlarni o&#8217;ziga og&#8217;dirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yo&#8217;qotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning xaridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi \u2014 turdosh (o&#8217;rinbosar), ya&#8217;ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini mo&#8217;ljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik bo&#8217;lib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oralig&#8217;ida shakllanadi. Agar quyi chegarani xarajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani iste&#8217;molchilarning xarid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa xaridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past bo&#8217;lsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va o&#8217;zgaruvchan bo&#8217;lishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga ke ladigan monopol narxlarni chegaralab turadi. Ahmadjon O&#8217;lmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Narx shakllanishi &#8212; tovarlar va xizmatlarga belgilangan naxrning bir qator omillar ta&#8217;sirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy ma&#8217;noda \u2014 Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa ko&#8217;rinishlari orqali) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/narx-shakllanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114890","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114890","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114890"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114890\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114908,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114890\/revisions\/114908"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114890"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114890"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114890"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}