{"id":114940,"date":"2024-01-29T07:51:30","date_gmt":"2024-01-29T04:51:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114940"},"modified":"2024-01-29T07:51:35","modified_gmt":"2024-01-29T04:51:35","slug":"naslchilik-kitobi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naslchilik-kitobi\/","title":{"rendered":"Naslchilik kitobi"},"content":{"rendered":"\n<p>Naslchilik kitobi, nasldor hayvonlar davlat kitobi \u2014 zot standartlariga mos keladigan naslli mollarni ro&#8217;yxatga olish kitobi. Naslchilik kitobida xo&#8217;jaliklarda urchitilayotgan hayvonlar zotlaridagi eng mashhur erkak va urg&#8217;ochi hayvonlarning kelib chiqishi va mahsuldorlik ko&#8217;rsatkichlari haqidagi ma&#8217;lumotlar qayd qilib boriladi. Naslchilik kitobi zotlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Dunyoda birinchi marta Naslchilik kitobi Angliyadagi yo&#8217;rtoqi otlarning sinov natijalari bo&#8217;yicha 1751 yilda nashr etilgan. 1793 yilda nashr etilgan kitobda 1690 yildan boshlab yo&#8217;rtoqi sof zotli otlarning genealogik ma&#8217;lumotlari to&#8217;plangan. Keyinchalik qoramol zotlari: 1822 yilda shortgorn va gernsey; 1838 yilda Jersey; 1845 yilda gereford; 1862 yilda Aberdin-anguss va Gallovey zotlari bo&#8217;yicha Naslchilik kitoblari chop etilgan. Rossiyada 1834 yilda salt miniluvchi sof zot va 1839 yilda Orlov zoti bo&#8217;yicha, 1903\u2014 08 yillarda Kursk, Xarkov va Shimoliy qishloq xo\u2019jalik jamiyatlarining Naslchilik kitobi tashkil etilgan. 1924 yilda Yaroslav, 1926 yilda qizil gorbat, 1927 yilda xolmogor sigir zotlari to&#8217;g&#8217;risidagi kitoblar chop etilgan. O&#8217;zbekistonda Naslchilik kitobi birinchi marta 1941 yilda N.A.Teterin va P.P.Esyutinlar tomonidan &#171;O&#8217;rta Osiyoning zotli otlari&#187; bo&#8217;yicha 1-jild, shuningdek, 1950 va 1960-yillarda P. K. Trofimov va V. A. Shchekinlar tomonidan &#171;qora-bayir zotlari&#187; kitobining 2 &#8212; va 3-jildlari, 1982 yilda K.A. Lixov, N. T. Gorshkov va T.D.Sabdushevlar tomonidan &#171;Qorabayir zotlari&#187;ning 4-jildi tayyorlanib, nashr etilgan. Qoramolchilikda 1958 yilda A.A. Atbashyan tomonidan &#171;Bushuev zot guruhi&#187; davlat Naslchilik kitobining 1-jildi tuzilgan bo&#8217;lib, unda 60 buqa va 240 sigir, 1982 yilda A. M. Mustafayev tomonidan &#171;Bushuev zotlari&#187; davlat naslchilik kitobining 2-jildi tuzilib, bunda 45 buqa va 568 sigir haqidagi ma&#8217;lumotlar berilgan. Qo&#8217;ychilikda 1949 yilda &#171;Hisor qo&#8217;y zotlari&#187;ning 2-jildi va 1980 y.da &#171;Qorako&#8217;l qo&#8217;y zotlari&#187;ning 11 jildi nashr etilgan. Kitobda qayd etilgan ma&#8217;lumotlardan ishlab chiqarishda keng miqyosda foydalanish mumkin. Ushbu kitob respublikada urchitilayotgan nasldor qoramol, ot, tuya, qo&#8217;y va echkilarni ro&#8217;yxatga olish, ularning mahsuldorlik ko&#8217;rsatkichlarini tahlil qilib, xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;yektlar o&#8217;rtasida keng targ&#8217;ib qilish imkonini beradi. Izatulla Eshmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naslchilik kitobi, nasldor hayvonlar davlat kitobi \u2014 zot standartlariga mos keladigan naslli mollarni ro&#8217;yxatga olish kitobi. Naslchilik kitobida xo&#8217;jaliklarda urchitilayotgan hayvonlar zotlaridagi eng mashhur erkak va urg&#8217;ochi hayvonlarning kelib chiqishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naslchilik-kitobi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114940","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114940","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114940"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114940\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114968,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114940\/revisions\/114968"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114940"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114940"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114940"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}