{"id":114941,"date":"2024-01-29T07:51:31","date_gmt":"2024-01-29T04:51:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114941"},"modified":"2024-01-29T07:51:36","modified_gmt":"2024-01-29T04:51:36","slug":"naslchilik-xojaligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naslchilik-xojaligi\/","title":{"rendered":"Naslchilik xo&#8217;jaligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Naslchilik xo&#8217;jaligi &#8212; chorva hayvonlari va parrandalarning ma&#8217;lum bir zotiga mansub mollarni urchitish b-n shug&#8217;ullanadigan xo&#8217;jalik. Naslchilik xo&#8217;jaligi yetakchi naslchilik zavodi bilan hamkorlikda yagona selektsion dastur asosida ma&#8217;lum bir zotdagi mollarni yetishtirib ko&#8217;paytiradi, ularning tip va tizimlarini takomillashtiradi. Naslchilik ishini olib borishning asosiy usuli naslchilik zavodlaridagi kabi sof zotli urchitish bo&#8217;lib, zotdagi tizim va oilalarni takomillashtirib, podada duragay mollar bo&#8217;lsa, ularni qon singdirish usuli bilan chatishtiradi. Naslchilik zavodlaridan va chet davlatlardan keltirilgan naslli mollarni ko&#8217;paytirib, o&#8217;z reproduktiv mollarini ma&#8217;lum yo&#8217;nalishda zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qiladi. Shuningdek, o&#8217;z podasini to&#8217;ldirishdan tashqari oddiy naslchilik fermalariga, naslchilik reproduktorlariga va dehqon (fermer) xo&#8217;jaliklariga naslli mollar yetkazib beradi. Xo&#8217;jalikda mollar va parrandalar har yili bonitirovkadan o&#8217;tkaziladi, nasldor hayvonlarni davlat kitobiga yozishga kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi. Naslchilik xo&#8217;jaligi belgilangan tartibda har besh yilda bir marta qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligining chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektsiyasi tomonidan davlat attestasiyasidan o&#8217;tkaziladi. Naslchilik xo&#8217;jaligining faoliyatiga baho berishda xo&#8217;jalikda olib borilayotgan naslchilik ishlarining ahvoliga, chorva mollari bosh soniga, mahsuldorligiga hamda ularning sog&#8217;lomligiga alohida ahamiyat beriladi. O&#8217;zbekistonda Naslchilik xo&#8217;jaligining bir necha toifadagi tarmoklari tashkil etilgan. Ular naslchilik zavodlari, Naslchilik xo&#8217;jaligilari va naslchilik fermalaridir. 2003 yilda Naslchilik xo&#8217;jaligi toifasida jami 357 ta xo&#8217;jalik ishladi. Barcha toifadagi Naslchilik xo&#8217;jaligilarining 44 tasini naslchilik zavodlari, 66 tasini Naslchilik xo&#8217;jaligilari va 247 tasini naslchilik Fermalari tashkil etdi. Qoramolchilikda 16 zavod, 24 xo&#8217;jalik va 212 naslchilik fermasi, qorako&#8217;lchilikda 18 zavod, 13 xo&#8217;jalik va 3 ferma, dumbali qo&#8217;ychilikda 2 zavod, 3 xo&#8217;jalik va 14 ferma, echkichilikda 1 ta zavod, 2 ta xo&#8217;jalik va 4 ta ferma, yilqichilikda 3 ta zavod, 1 ta xo&#8217;jalik va 11 ta ferma, tuyachilikda 2 ta ferma, parrandachilikda 1 ta zavod, 1 ta I-tartibli va 1 ta I-tartibli reproduktor xo&#8217;jaligi, baliqchilikda 1 ta zavod, cho&#8217;chqachilikda 2 ta xo&#8217;jalik, asal-arichilikda 2 ta xo&#8217;jalik, 2 ta ferma va tut ipak qurti bo&#8217;yicha 3 ta naslchilik stansiyasi va 15 ta naslchilik zavodi mavjud (2003). Izatulla Eshmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naslchilik xo&#8217;jaligi &#8212; chorva hayvonlari va parrandalarning ma&#8217;lum bir zotiga mansub mollarni urchitish b-n shug&#8217;ullanadigan xo&#8217;jalik. Naslchilik xo&#8217;jaligi yetakchi naslchilik zavodi bilan hamkorlikda yagona selektsion dastur asosida ma&#8217;lum bir zotdagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naslchilik-xojaligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114941","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114941","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114941"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114941\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114969,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114941\/revisions\/114969"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114941"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114941"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114941"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}