{"id":114942,"date":"2024-01-29T07:51:32","date_gmt":"2024-01-29T04:51:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114942"},"modified":"2024-01-29T07:51:38","modified_gmt":"2024-01-29T04:51:38","slug":"nasos-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nasos-2\/","title":{"rendered":"Nasos"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasos \u2014 suyuqlikni bosim ostida so&#8217;rish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni so&#8217;rish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyuqliklarni bosimsiz harakatlantirish uchun mo&#8217;ljallangan qurilmalar suv ko&#8217;tarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri \u2014 ma&#8217;lum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Ba&#8217;zan Nasoslar uchun bosim (R va ya), iste&#8217;mol quvvati N va f. i. k. ham muhim. Qadimda ham Nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi O&#8217;rta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy o&#8217;t o&#8217;chirish uchun mo&#8217;ljallangan birinchi Nasosni ixtiro qilgan. 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv ko&#8217;tarish mashinalari ishlatilgan. Bug&#8217; mashinasi yaratilgandan so&#8217;ng ularning o&#8217;rnini asta-sekin Nasos egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli Nasos tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr o&#8217;rtalarida porshenli bug\u2019 Nasoslari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli Nasos ham paydo bo&#8217;ddi. 20-asr 20-30-yillaridan boshlab, ba&#8217;zi sohalarda porshenli Nasos o&#8217;rniga markazdan qochma, rotorli Nasoslar ishlatila boshladi. Nasos taraqqiyotining ikkinchi yo&#8217;nalishi aylanuvchi (rotorli) Nasos yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli Nasos hozirgi tishli g&#8217;ildirakli Nasosga o&#8217;xshaydi. Keyinchalik rotorli Nasosning boshqa xillari paydo bo&#8217;ldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920 yil markazdan qochma qurilma deb atalgan birinchi so&#8217;ruvchi uyurma Nasosni taklif qildi. Suyuqlikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish g&#8217;oyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida frantsuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma Nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo bo&#8217;lgandan so&#8217;ng markazdan qochma Nasos kengroq qo&#8217;llanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli Nasoslar yaratildi. Suyuqlikni bosim ostida haydashning uchinchi yo&#8217;nalishi \u2014 Nasos-apparatlar yaratishdan iborat bo&#8217;ladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bug&#8217;i yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish g&#8217;oyasi 20-asrda amalga oshirilgan. Nasos-apparatlarning xillaridan biri \u2014 suv oqimli Nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852 yilda taklif qilgan. U suv va havoni so&#8217;rish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug\u2019-suvli ejektor va boshqalar tarzidagi Nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif qilindi. 20-asr boshlarida magnitgidro-dinamik Nasoslarning yaratilishi Nasos-appratlarni takomillashtirish yo&#8217;nalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqiyoti munosabati bilan 20-asr 50-60-yillaridagina bunday Nasoslar keng qo&#8217;llanila boshladi. Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlargabo&#8217;linadi. Parrakli Nasos dvigateli g&#8217;ildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga ta&#8217;sir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli Nasosning markazdan qochma, Diagonal va o&#8217;qaviy(o&#8217;q bo&#8217;ylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuqlikni so&#8217;rish xususiyatiga ega bo&#8217;lmagani uchun ularni yurgizib yuborishda so&#8217;rish trubasi va g&#8217;ildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli Nasos 1 \u2014 2500 metr suv ustuniga tent bosim kerak bo&#8217;lgan joylarda ishlatiladi. F. i. k. \u2014 90 \u2014 92%. Uyurma Nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma Nasos qovushoqligi kam suyuqliklarni haydash uchun quvvati bir necha kVt dan oshmaydigan stasionar va ko&#8217;chma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli Nasosga qaraganda 2-10 marta ortiq, f.i.k. &#8212; 25 &#8212; 50%. Hajmiy Nasosda suyuqlik Nasosning berk bo&#8217;shlig&#8217;idan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqalar ta&#8217;sirida o&#8217;tkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy Nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va boshqa xillari bor. Proshenli Nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining o&#8217;zgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli Nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga bo&#8217;linadi. Nasoslar suv ta&#8217;minoti tizimlarida, neft chiqarish, neft maxsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasos \u2014 suyuqlikni bosim ostida so&#8217;rish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni so&#8217;rish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyuqliklarni bosimsiz harakatlantirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nasos-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114942","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114942","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114942"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114942\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114970,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114942\/revisions\/114970"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114942"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114942"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114942"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}