{"id":114959,"date":"2024-01-29T07:52:02","date_gmt":"2024-01-29T04:52:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114959"},"modified":"2024-01-29T07:52:20","modified_gmt":"2024-01-29T04:52:20","slug":"naturalizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naturalizm\/","title":{"rendered":"Naturalizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Naturalizm (Fransuzcha naturalizme, lotincha naturalis \u2014 tabiiy) \u2014 19-asrning oxirgi choragida Yevropa va AQSh adabiyoti va san&#8217;atida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; Real borliqni ob&#8217;yektiv, aniq va hissiz aks ettirishga intilgan. Naturalizm tabiiy fanlarda erishilgan muhim muvaffaqiyatlar ta&#8217;sirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir ob&#8217;yekti \u2014 inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maishiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, o&#8217;z navbatida, badiiy imkoniyatlari cheklangan badiiy madaniyat taraqqiyotini ta&#8217;minladi: Frantsiyada E.Mane, E. Dega, A.Tuluzlotrek; Belgiyada K. Mene, P.Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvis; Italiyada verizm vakili V.Vela va boshqalar. Tasviriy san&#8217;atda Naturalizm borliqni g&#8217;oyaviy mazmunsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashki jihatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Lo&#8217;nda, yuzaki tasvirlash, ikkinchi darajali batafsillik, oddiy ko&#8217;chirish 1820-30 yillardayoq namoyon bo&#8217;ddi (ayniqsa, frantsuz rassomlari P.Delorosh, O. Berne va boshqalar), akademik tasvirlash bilan osongina qo&#8217;shilib salon san&#8217;atining ko&#8217;plab turlarini yuzaga keltirdi. 19-asr o&#8217;rtalaridan Naturalizm tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi an&#8217;anaviy ko&#8217;tarinkilik tushunchalari qasddan &#171;pasaytirib&#187; maishiy dalillarda izohlangan jo&#8217;ngina hayotga keltirilishi o&#8217;ziga xos voqea bo&#8217;ldi. Adabiyotda Naturalizm inson xarakterini ilmiy (eksperimental) o&#8217;rganishni maqsad qilib qo&#8217;ydi. Adabiy-badiiy asarga &#171;insoniy hujjat&#187; deb qaraldi. Naturalizm dastlab Frantsiyada paydo bo&#8217;ldi. Frantsuz adibi Emil Zolya o&#8217;zining &#171;eksperimental roman&#187; (1880), &#171;naturalist romanchilar&#187;, &#171;Teatrda naturalizm&#187;, &#171;Dramaturglarimiz&#187; (1881) asarlarida Naturalizmni ijodiy metod sifatida asoslab berdi, E. Zolya atrofida naturalistok maktab vujudga keldi (G Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va b.). J. Shanflyori, L.E.Dyuranchi, G.Flober, aka-uka E. va J. Gonkurlar, P. Amp (Frantsiya), A.Xold (Germaniya) va b. ham N. nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo&#8217;shdilar. Naturalistlarning ayrim tasvir printsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalang&#8217;och holatda ko&#8217;rsatishlariga, tasvir ob&#8217;yektini tanlashga ehtiyoj yo&#8217;qligi xususidagi qarashlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni chog&#8217;da, ushbu oqimning dunyo adabiy-nazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangicha tasvir usullari, shaxs va olomon munosabatlarini o&#8217;rganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan. Frantsuz adabiy muhitida paydo bo&#8217;lgan Naturalizm ta&#8217;siri, ma&#8217;lum vaqt o&#8217;tgach, boshqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, Naturalizmning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J.Mur, JTissing, AQShda S.Kreyn, F.Norris, X.Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garchand Rossiya adabiy muxitida &#171;naturalizm&#187; atamasi bevosita qo&#8217;llanmagan bo&#8217;lsa ham, bu oqim ta&#8217;siri D.E. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. Naturalizmga xos ayrim unsurlar boshqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uchrashi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Naturalizm (Fransuzcha naturalizme, lotincha naturalis \u2014 tabiiy) \u2014 19-asrning oxirgi choragida Yevropa va AQSh adabiyoti va san&#8217;atida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; Real borliqni ob&#8217;yektiv, aniq va hissiz aks &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/naturalizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114959","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114959","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114959"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114959\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114959\/revisions\/114994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114959"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114959"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114959"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}