{"id":11500,"date":"2021-11-25T16:48:30","date_gmt":"2021-11-25T13:48:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11500"},"modified":"2025-10-20T09:28:56","modified_gmt":"2025-10-20T06:28:56","slug":"afrosiyob-devoriy-rasmlari-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/afrosiyob-devoriy-rasmlari-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"AFROSIYOB DEVORIY RASMLARI haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>AFROSIYOB DEVORIY RASMLARI \u2014 Afrosiyobda arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rang-tasvirning noyob namunalari. Dastlabki namunalari arxeolog V. Vyatkin tomonidan ochilgan (1913). Keyingi qazishlar davri (1965-68)da o&#8217;zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq bo&#8217;lganlar, bu xonalarning ko&#8217;plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11&#215;11 metr) va kichik (7&#215;7 metr) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi saqlangan. Xonalardan birida erkak va ayol Ark oldida o&#8217;tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, saqlanib qolgan Sug&#8217;d yozuvlari bilan ahamiyatli. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to&#8217;y marosimi, Sug&#8217;d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo&#8217;ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy mahluqlar tasvirlangan. Saqlanib qolgan rasmlar tahlili o&#8217;rta asr mahobatli tasviriy san&#8217;atining g&#8217;oyaviy badiiy yo&#8217;nalishi, rassomning ish usullari va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko&#8217;rinishlar o&#8217;sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Rassom devorni 3 qismga bo&#8217;lib, 2 chetki qismidan ensiz naqsh hoshiyasi ajratib olgan, asosiy qismga mavzuli tasvir ishlagan, voqealarni yuqoridan kuzatayotganday aks ettirgan. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona bir mazmunga bo&#8217;ysundirilgan: markazda Sug&#8217;d hukmdori Varxumon turadi, an&#8217;analarga ko&#8217;ra rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko&#8217;rinishda (butun devor balandligida, 5-6 metr) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e&#8217;tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O&#8217;rta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rang-tasvirning rivojlanganligini, Samarqand uning markazi bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Ad.: Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AFROSIYOB DEVORIY RASMLARI \u2014 Afrosiyobda arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rang-tasvirning noyob namunalari. Dastlabki namunalari arxeolog V. Vyatkin tomonidan ochilgan (1913). Keyingi qazishlar davri (1965-68)da o&#8217;zbek arxeologlari 30 ga yaqin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/afrosiyob-devoriy-rasmlari-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11500","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11500","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11500"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11500\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11500\/revisions\/159502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11500"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11500"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11500"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}