{"id":115067,"date":"2024-01-31T15:42:44","date_gmt":"2024-01-31T12:42:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115067"},"modified":"2024-01-31T15:42:48","modified_gmt":"2024-01-31T12:42:48","slug":"nekrasov-nikolay-alekseyevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nekrasov-nikolay-alekseyevich\/","title":{"rendered":"Nekrasov Nikolay Alekseyevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Nekrasov Nikolay Alekseyevich [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinniskiy uezdi \u2014 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] &#8212; rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida ta&#8217;lim olgan (1832-37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi bo&#8217;lgan (1839\u2014 40). &#171;Orzular va sadolar&#187; (1840) nomli ilk she&#8217;rlar kitobi tanqidchilar tomonidan taqdidiy she&#8217;rlardan iborat to&#8217;plam sifatida baholangan. Nekrasov 1841 yilda &#171;Literaturnaya gazeta&#187; va &#171;Otechestvennie Zapiski&#187; jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham e&#8217;lon qilgan. Nekrasovning &#171;Vatan&#187;, &#171;yo&#8217;lda&#187; (1845) she&#8217;rlari va &#171;Ayoz&#187; dostoni (1863) da boylar va kambag&#8217;al dehqonlar hayoti aks etgan. V. G. Belinskiy va uning maslakdosh do&#8217;stlari Nekrasov dunyoqarashida xalqparvarlik qarashlarining paydo bo&#8217;lishida muhim rol o&#8217;ynadi. Bu hol Nekrasovning &#171;Sovremennik&#187; jurnali noshiri va muharriri bo&#8217;lgan vaqtda (1847-66), ayniqsa, yorqin namoyon bo&#8217;lib, mazkur jurnal inqilobiy-demokratik tafakkur minbariga aylandi. Nekrasovning shu davrda yaratgan she&#8217;rlarida xalqning og&#8217;ir turmushi manzaralari, ziyolilarning ruhiy qayotidagi charchokdik ohanglari o&#8217;z ifodasini topdi. &#171;She&#8217;rlar&#187; to&#8217;plami nashr qilingan (1856). Qishloq mavzuidagi &#171;O&#8217;y&#187;, &#171;Kalistrat&#187; she&#8217;rlari, &#171;dehqon bolalari&#187; (1861), &#171;Gazlamafurushlar&#187; (1861) dostonlarida shoirning rus dehqoniga muhabbati aks etgan. Nekrasov hayotining so&#8217;nggi o&#8217;n yili &#171;otechestvennie Zapiski&#187; jurnali bilan bog&#8217;liq. Nekrasov shu davrda &#171;Rusiyada kim yaxshi yashaydi&#187; (1866-76) dostoni ustida ishladi, dekabristlar va ularning xotinlari to&#8217;g&#8217;risida dostonlar ezdi (&#171;bobo&#187;, 1870, &#171;Rus ayollari&#187;, 1871-72). Nekrasovning so&#8217;nggi she&#8217;rlarida do&#8217;st-yorlarining olamdan o&#8217;tishi, rus jamiyatidagi tanazzul va o&#8217;zining og&#8217;ir xastalikka yo&#8217;liqqanligi bilan bog&#8217;liq mungli ohanglar ustuvorlik qiladi. Ammo shu bilan birga uning ayrim she&#8217;rlarida Rossiyaning kelajagiga umid tuyg&#8217;ulari ham yo&#8217;q emas. Nekrasov ijodida rus ozodlik harakatining V. G. Belinskiy, A. I. Gersen nomlari bilan bog&#8217;liq inqilobiy-demokratik bosqichi o&#8217;z tajassumini topdi. Xalqning mushkul ahvoli, uning ham ijtimoiy tuzum, ham shafqatsiz mulkdorlar tomonidan ezilib, kaddi dol bo&#8217;lgani tasviri Nekrasovning butun ijodi osha &#171;qizil ip&#187; bo&#8217;lib o&#8217;tadi. Uning lirik qahramoni xalqning ayanchli ahvolda turmush kechirayotganini ko&#8217;rib iztirob chekadi, bu xalqni baxt-saodat manzillariga olib borishga, milliy taraqqiyot dovonlari sari yetaklashga ojizlik kilishini sezib, yanada eziladi. Lirik qahramon kechinmalaridagi ana shu ojizlik ohangi shoirning xastaligi og&#8217;irlashgan sayin tobora kuchayib borgan. Nekrasov rus mumtoz she&#8217;riyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik qilishi bilan farqlanadi. U xalq deganda dastavval mulkdorlar zulmi tufayli xorzor yashayotgan mujiklarni nazarda tutadi, ular hayotining noxush manzaralarini tasvirlaydi. Ammo shu bilan birga 19-asr o&#8217;rtalarida shakllana boshlagan ilg&#8217;or rus ziyolilarining ijtimoiy qarashlarini ham asarlariga singdirishga, bu ziyolilarni shu xalqning kamchil, ammo peshqadam qismi ekanligini ko&#8217;rsatishga urinadi. Sovet davrida Nekrasov ijodida, bir tomondan, 19-asrdagi rus jamiyati hayotidagi salbiy tamoyillar \u2014&#187;turmush prozasi&#187; tasviri ustuvorlik qilgani, ikkinchi tomondan, dekabristlar va ular xotinlarining obrazi katta mexr bilan yaratilgani uchun shoir hayoti va ijodiy faoliyatini o&#8217;rganishga alohida e&#8217;tibor berildi. Ayni paytda nafaqat rus, balki qardosh xalqlar she&#8217;riyatida ham Nekrasov an&#8217;analarining davom ettirilishi va rivojlantirilishi talab etildi. O&#8217;zbek shoirlari shunday sharoitda Nekrasov ijodiga xos faqat bir fazilat \u2014 xalqchillikdan ibrat olishga harakat qildilar. Nekrasov asarlarining o&#8217;zbek tiliga asosiy tarjimoni Mirtemir shu masalada rus shoiri an&#8217;analarini rivojlantirib, o&#8217;zbek she&#8217;riyatining milliy o&#8217;ziga xosligini ta&#8217;minlashga ulkan hissa qo&#8217;shdi. Nekrasov asarlari o&#8217;zbek tiliga Mirtemir, Zulfiya va boshqa shoirlar tomonidan tarjima qilingan. As: asarlar [2 j.lik], T., 1971. Ad.: Jdanov V. V., Jizn Nekrasova, M., 1981. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nekrasov Nikolay Alekseyevich [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinniskiy uezdi \u2014 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] &#8212; rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida ta&#8217;lim olgan (1832-37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi bo&#8217;lgan (1839\u2014 40). &#171;Orzular va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nekrasov-nikolay-alekseyevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115067","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115067","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115067"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115067\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115068,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115067\/revisions\/115068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115067"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115067"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115067"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}