{"id":115333,"date":"2024-02-02T11:28:19","date_gmt":"2024-02-02T08:28:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115333"},"modified":"2024-02-02T11:28:23","modified_gmt":"2024-02-02T08:28:23","slug":"neolit-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neolit-2\/","title":{"rendered":"Neolit"},"content":{"rendered":"\n<p>Neolit (Neo&#8230; va Yunoncha lithos \u2014 tosh) \u2014 yangi tosh davri, tosh davrining so&#8217;nggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o&#8217;rganilgan. Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6-3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub o&#8217;zgarishlar sodir bo&#8217;ladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashg&#8217;ulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xo&#8217;jaliklarga asos solindi. Neolit odamining xo&#8217;jalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoqlar yasalib ilk kulollik, suyak va hayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yog&#8217;och dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi to&#8217;rlarini to&#8217;qish va xonaki to&#8217;qimachilik yuzaga keladi. Chaqmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (o&#8217;q yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, o&#8217;roq, o&#8217;roqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga o&#8217;rnatish, silliqlab tig&#8217;ini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga o&#8217;tkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, o&#8217;roq, o&#8217;rokranda, arra, chopqilar kabi xo&#8217;jalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiqlar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi o&#8217;zgarishlar, xo&#8217;jalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy bosqich, fanda &#187; Neolit inqilobi&#187; deb ataldi. Bu bosqich davomida ona urug&#8217;doshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va to&#8217;qimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urug&#8217;doshligiga o&#8217;tish uchun zamin yaratildi. Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan Neolit qabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan xar xil hududda o&#8217;ziga xos Neolit davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Iroq va Eron) hududlarida miloddan avvalgi 6-4- ming yilliklardayoq qadimdi dehqonchilik o&#8217;lkalarida tosh tishli qadama o&#8217;roq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari bug&#8217;doy, tariq, loviya va sholi kabi boshoqli o&#8217;simliklar madaniylashtirildi, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qo&#8217;lda, so&#8217;ngra qo&#8217;l charxida guldor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi. Miloddan avvalgi 6-3-ming yilliklarda O&#8217;rta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va ja moalar 2 yo&#8217;nalishda rivoj topdi. Masalan, uning Janubiy-g&#8217;arbiy hududlarida Neolit davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qo&#8217;y va qoramol) bilan shug&#8217;ullangan bo&#8217;lsalar, uning shimoliy va shimoliy-Sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar. Neolit davrining o&#8217;trok, ilk qishloq xarobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdog&#8217; etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli o&#8217;roq, pichoq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish bo&#8217;laklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan o&#8217;troq qishloq jamoasi yashagan. Xo&#8217;jalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli bo&#8217;lgan. Chunki, bu davrda ona urug&#8217;doshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan. O&#8217;rta Osiyoning Janubiy hududlarida o&#8217;troq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xo&#8217;jalik shakllanayotgan zamonda, uning shimoliy va Sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va tog&#8217;liklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib o&#8217;rganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ulkan chayla qoldiqlari kavlab ochilgan. Uning maydoni 300 kvadrat metrga teng. Unda 100\u2014 120 nafarli urug&#8217;jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yog&#8217;och va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla ko&#8217;p ustunli, yapaloqroq shaklda bo&#8217;lib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning atrofida 20 dan ortiq maydaroq o&#8217;choq o&#8217;rinlari qayd etilgan. O&#8217;choqlar girdidan va chayladan baliq, to&#8217;ng&#8217;iz, jayran, bug&#8217;u, qush suyaklari, tuxum po&#8217;choqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan. Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib o&#8217;rganilgan. Darvozatshrliklar chaplasi nomi bilan yuritilgan bu yodgorlikdagi chayla to&#8217;g&#8217;ri burchakli to&#8217;rtburchak shaklda qurilgan. Sahnining uzunligi 11,6 metr, kengligi 7 metr, maydoni 81,5 kvadrat metrga teng. Unda 30-35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha o&#8217;choq o&#8217;rinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (o&#8217;q-yoy paykonlari, o&#8217;roq, randa, keskich, qirg&#8217;ich, teshgich, so&#8217;zan, Parma va bolta), sopol idish bo&#8217;laklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi. Dehqonchilik va chorvachilik xo&#8217;jaliklari xamda o&#8217;troq hayot bilan bog&#8217;liq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga bo&#8217;lgan talab oshadi. Shu boisdan tog&#8217; va tog&#8217;oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida tog&#8217;lardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo&#8217;ladi. Xom ashyo, dastavval tog&#8217;yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so&#8217;ngra qazib chiqarilgan. Buning uchun o&#8217;ra va lag&#8217;mlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog&#8217;i yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvaldi 5-3-ming yilliklarga mansubdir.). O&#8217;rta Osiyoda, xususan, O&#8217;zbekiston hududida bundan 5-7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Neolit davri shaxtalari Angliya, Frantsiya, Keniya, Shvesiya, Germaniya va Belorus- siya kabi hududlarida ham o&#8217;rganilgan. Neolit davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni o&#8217;rganib oladilar. Ad:. Asqarov A., O&#8217;zbekiston tarixi, T., 1994; Massoy V. M., Poselenie Djey- tun, L., 1971; Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknovenie oroshaemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966; Tolstov SP., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neolit (Neo&#8230; va Yunoncha lithos \u2014 tosh) \u2014 yangi tosh davri, tosh davrining so&#8217;nggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o&#8217;rganilgan. Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neolit-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115333","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115334,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115333\/revisions\/115334"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}