{"id":115374,"date":"2024-02-02T16:09:45","date_gmt":"2024-02-02T13:09:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115374"},"modified":"2024-02-02T16:09:52","modified_gmt":"2024-02-02T13:09:52","slug":"neft","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neft\/","title":{"rendered":"Neft"},"content":{"rendered":"\n<p>Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy \u2014 suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2\u20142,0 kilometr chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining g&#8217;ovak yoki seryoriq tog&#8217; jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan Neft, asosan, burg&#8217;ilangan quduklardan olinadi. Neft o&#8217;ta muhim yonilg&#8217;i-energiya manbai bo&#8217;lib, benzin, kerosin yonilg&#8217;isi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Neft qora yoki qo&#8217;ng&#8217;ir, ba&#8217;zan och malla rangli bo&#8217;lib, o&#8217;ziga xos hidi bor. Zichligi 750-970 kg\/m3. Zichligi 20\u00b0 da 850 kg\/ m3 dan past bo&#8217;lgan Neftlar yengil, 851 -885 kg\/m3 \u2014 o&#8217;rtacha og&#8217;irlikdagi va 885 kg\/m3 dan yuqorilari og&#8217;ir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28\u00b0 dan yuqori. Qotish temperaturasi -60\u00b0dan -26\u00b0 gacha, 50\u00b0 dagi qovushoqligi 1,2\u201455 mm2\/s, solishtirma issiqlik sig&#8217;imi 1,7\u20142,1 kj\/ (kg.K), yonish issikligi 43,7\u201446,2 MJ\/ kg ga teng. Chaqnash harorati 35\u2014 120\u00b0. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turg&#8217;un emulsiya hosil qiladi. Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar bo&#8217;ladi, uglerod 82-87%, vodorod \u201411,5\u201414,5%, oltingugurt 0,1\u20145,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kaltsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar \u2014naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqalar mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurt- li (0,6\u20141,8%) va ko&#8217;p oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga bo&#8217;linadi. Ba&#8217;zi olimlar Neftni tabiatdagi kimyoviy o&#8217;zgarishlar natijasida hosil bo&#8217;lgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr \u2014 anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi frantsuz kimyogari M. Bertlo (1866) Neft yer qa&#8217;rida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga ta&#8217;siri natijasida, shunga o&#8217;xshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qa&#8217;riga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metal (karbid) larga ta&#8217;siri natijasida hosil bo&#8217;lgan, degan fikrni bildirganlar. 20-asr boshlarida esa Neft hosil bo&#8217;lishining organik gipotezasi rivojlantirildi va cho&#8217;kindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga ko&#8217;ra, Neft ko&#8217;l va dengiz ostida cho&#8217;kindi jinslar bilan birga cho&#8217;kadigan har xil yirik hayvonlar (qadimgi ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha bo&#8217;lgan jonivorlar va o&#8217;simlik qoldiqlaridan hosil bo&#8217;lgan. Dengiz va ko&#8217;l tubida yig&#8217;ilgan organic moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq bo&#8217;lsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yo&#8217;qolgan va organik moddaning juda oz (2-3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tus bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar ta&#8217;sirida o&#8217;zgargan. Cho&#8217;kindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha million yillar davomida o&#8217;zgarib Neft hosil bo&#8217;lishi laboratoriya sinovlarida amaliy jihatdan o&#8217;rganilgan. Bunda yer po&#8217;stining 1200-1500 metr chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000-4000 metr)da jarayon yanada tezlashib, Neft hosil bo&#8217;lishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan. Neftli qatlamlar yer po&#8217;sti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng ko&#8217;p zaxirasi devon, yura, bur va to&#8217;rtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. Neftli qatlamlar maydoni 1000 km2, qalinligi 100 metrgacha yetib, bir konda bir necha Neftli katlam mavjud bo&#8217;lishi mumkin. Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharqda joylashgan qadimgi davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida ma&#8217;lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqdan oqib o\u2019tadigan Furot daryosining sohillarida miloddan 4-6 ming yil avval, ikki daryo oralig&#8217;iga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, qadimgi Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yo&#8217;l qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat Neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254-1324) Kavkazda &#171;yer moyi&#187; borligini, undan yonilg&#8217;i sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Qadimgi Sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil Neftdan Genuya (Italiya) ko&#8217;chalarini yoritishda foydalanganliklari ma&#8217;lum. Neft chiqarish qadim zamonlardan ma&#8217;lum. Miloddan avvalgi Kissiyada Neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Suriyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yig&#8217;ib olingan. O&#8217;sha davrda yerni burg&#8217;ilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor Neftni yig&#8217;ib olganlar. 15-asrda Italiyada Neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib Neft olingan. 1868 yilda Qo&#8217;qon xonligida ko&#8217;ldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan Neft yig&#8217;ib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv o&#8217;tadigan, yuzida esa Neft yig&#8217;iladigan to&#8217;siq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan Neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuqurligi 27 metrgacha bo&#8217;lib, devorlari toshlar yoki yog&#8217;ochlar bilan mustahkamlangan. O&#8217;zbekistonda Neft chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg&#8217;onaning Qamishboshi qishlog&#8217;ida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg&#8217;ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kilogramm) gacha Neft chiqarilgan. 19-asrning 60-yillaridan Neft burg&#8217;i quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874-95 yillarda Gruziya, Boku va Grozniydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burg&#8217;i kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi. Neft chiqarish uchun Neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam g&#8217;ovaklaridagi Neft quduq zaboyiga yig&#8217;iladi. Suv bosimi, odatda, boshlang&#8217;ich Neft zaxirasining 50-80% ini, gaz esa atigi 20\u2014 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan Neftning o&#8217;rnini to&#8217;la egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada Neftning favvora bo&#8217;lib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin Neft kompressor yordamida chiqariladi. Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqqa Neft gazi yoki havo haydaladi; ular Neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada Neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha ko&#8217;tarilib, Neftning favvora bo&#8217;lib otilishi davom etadi. Neft quduqlardan Neft nasosi yordamida ham chiqariladi. Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi Neft chiqarishning iqtisodiy ko&#8217;rsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chiqarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yo&#8217;li bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin. Ad.: Akramxodjaev A. M., Genezis nefti i gaza, M., 1967; Geologiya i metodi izucheniya neftegazononosti drevnix delt: M., 1986. Ehson Umarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy \u2014 suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2\u20142,0 kilometr chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining g&#8217;ovak yoki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neft\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115374","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115374","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115374"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115374\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115383,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115374\/revisions\/115383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115374"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115374"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115374"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}