{"id":115398,"date":"2024-02-02T16:15:30","date_gmt":"2024-02-02T13:15:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115398"},"modified":"2024-02-02T16:15:36","modified_gmt":"2024-02-02T13:15:36","slug":"nippur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nippur\/","title":{"rendered":"Nippur"},"content":{"rendered":"\n<p>Nippur (hozirgi Niffer yoki nuffar, Iroqdagi Bag&#8217;dod va Basra shaharlari orasida) \u2014 qadimgi Shumer shaharlaridan biri, uning bosh diniy markazi (miloddan avvalgi 3-ming yillik boshi \u2014 2-ming yillik boshlari). Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Nippurda shumeriylarning maxalliy ma&#8217;budlari \u2014 &#171;tog\u2019liklar&#187; (Enlil boshchiligida) va Eridu \u2014 &#171;dengiz&#187; (Enki boshchiligida) ma&#8217;budlarini birlashtirgan bir sajdagohi (Panteon) qurilgan. Miloddan avvalgi 18-asrda Nippur Bobil tomonidan bosib olingan. Shu munosabat bilan Nippur diniy markaz sifatidagi rolini Bobilga bergan. Bobilning bosh ma&#8217;budi Marduk, oliy ma&#8217;bud Bela nomini olgan Enlil deb e&#8217;tirof etila boshlangan. Nippur diniy markaz sifatida Shumer shahar-davlatlari hayotida katta rol o&#8217;ynagan. Nippur kohinlari tan olmagan bironta ham podsho Shumerda tan olinmagan. Nippur ibodatxonasida kutubxona barpo etilgan bo&#8217;lib (miloddan avvalgi 3-ming yillik), unda tarix, geografiya, astronomiya, Botanika, zoologiya, filologiya va boshqa fanlarga oid shumeriylarning risolalari ilohiyot, munajjimlik-sehrgarlikka (ularning ko&#8217;pchiligi miloddan avvalgi 1-ming yillikda Ashshurnasirpal va Ashshur-banipal kutubxonasi olimlari tomonidan qayta ko&#8217;chirilgan) oid asarlar bilan birga saqlangan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshida kutubxona Elam istilochisi Kudurmabuk tomonidan yoqib yuborilgan. Miloddan avvalgi 2\u2014 1-ming yilliklarda Nippur Bobilning &#171;erkin shahri&#187; sifatida ichki muxtoriyat huquqiga ega bo&#8217;lgan. Axomaniylar davrida (miloddan avvalgi 5-asr) Nippurda Murashu savdo-sudxo&#8217;rlik uyi mavjud bo&#8217;lgan (unda katta arxiv hujjatlari saqlangan). So&#8217;ngra Nippur kimsasiz shaharga aylanib, sosoniylar davrida nekropol bo&#8217;lgan Nippurda qazishma ishlari 19-asrdan olib boriladi; Enlil (Ekur) ibodatxonasi, maktab, kutubxona (80 xonadan iborat, 80 mingga yaqin mixxat hujjatlari, shundan 23 minggi kutubxonaning eng qadimgi davriga oid), xususiy uy-joylar va boshqalar topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nippur (hozirgi Niffer yoki nuffar, Iroqdagi Bag&#8217;dod va Basra shaharlari orasida) \u2014 qadimgi Shumer shaharlaridan biri, uning bosh diniy markazi (miloddan avvalgi 3-ming yillik boshi \u2014 2-ming yillik boshlari). Miloddan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nippur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115398","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115398","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115398"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115398\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115415,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115398\/revisions\/115415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115398"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115398"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115398"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}