{"id":115515,"date":"2024-02-03T07:23:19","date_gmt":"2024-02-03T04:23:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115515"},"modified":"2024-02-03T07:23:22","modified_gmt":"2024-02-03T04:23:22","slug":"neokeynschilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neokeynschilik\/","title":{"rendered":"Neokeynschilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Neokeynschilik &#8212; iqtisodiyotni tartibga solish bo&#8217;yicha nazariya, keynschiliknnng 2-jahon urushidan so&#8217;ng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari \u2014 R. Xarrod, N. Kaldor, J. Robinson, E. Domar, A. Xansen. Neokeynschilik 20-asrning 50- yillari boshida jahondagi iqtisodiy inqiroz, ilmiy-texnika inqilobi, mustamlakachilikning yemirilishi ta&#8217;sirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy o&#8217;sish sur&#8217;atlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan bo&#8217;lib qoldi. Bu sharoitlarda nazariya va iqtisodiy siyosat J. M. Keyns g&#8217;oyalari bilan chegaralanishi mumkin emas edi. Neokeynschilik asosiy e&#8217;tiborni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning miqdoriy bog&#8217;lanishlariga qaratdi. Iqtisodiy o&#8217;sish muammolariga davlatning eng muhim iqtisodiy siyosati sifatida qaraladigan bo&#8217;ldi. Neokeynschilikga ko&#8217;ra, kapitalistik (bozor) iqtisodiyot yangi sharoitda iqtisodiy muvozanatni stixiyali tartibga solish mexanizmini yo&#8217;qotadi va uni davlat tomonidan doimiy va bevosita tartibga solish zarurati yuzaga keladi. Shu sababli iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham o&#8217;zgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy usish nazariyasiga katta e&#8217;tibor berildi. Neokeynschilik metodologiyasida takror ishlab chiqarish muammolariga makroiqtisodiy, xalq xo&#8217;jaligi nuqtai nazaridan yondoshuv mavjud. Unda milliy daromad, umumiy ijtimoiy mahsulot, umumiy talab va taklif, umumiy investitsiya va boshqalar. Kategoriyalardan foydalaniladi, ular takror ishlab chiqarish jarayonining ba&#8217;zi bir eng umumiy miqdoriy bog&#8217;lanishlarini tahlil qilishga imkon beradi. J. M. Keynsning takror ishlab chiqarish, shuningdek, multiplikator nazariyasi to&#8217;ldiriladi. Neokeynschilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror ishlab chiqarishning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtisodiy jarayon deb tushuntiriladi. Neokeynschilik tarafdorlari kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning o&#8217;ziga xos formulalarini yaratdilar va uni iqtisodiy o&#8217;sish modellari, deb atadilar. E. Domar va R. Xarrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy o&#8217;sish modelida (Xarrod\u2014 Domar modeli) iqtisodiyotni mo&#8217;tadil sur&#8217;atlarda o&#8217;sishi dinamik barqarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi. Dinamik barqarorlik va doimiy o&#8217;sishga erishish avtomatik ravishda bo&#8217;lmasligi, balki davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki tufayli ro&#8217;y berishi mumkinligi ta&#8217;kidlanadi. Daromad o&#8217;sishini ta&#8217;minlashda investisiyalarning roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi muhim, ya&#8217;ni iqtisodiy o&#8217;sish bandlikka yordam beradi. Neokeynschilik ta&#8217;limoti chuqur inqirozlar, urush va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo&#8217;ldi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab Neokeynschilik ta&#8217;limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo&#8217;yicha neoliberalizm g&#8217;oyalari oldingi o&#8217;ringa chiqdi. Abduxalil Razzoqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neokeynschilik &#8212; iqtisodiyotni tartibga solish bo&#8217;yicha nazariya, keynschiliknnng 2-jahon urushidan so&#8217;ng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari \u2014 R. Xarrod, N. Kaldor, J. Robinson, E. Domar, A. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neokeynschilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115515"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115518,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115515\/revisions\/115518"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}