{"id":115555,"date":"2024-02-03T08:20:03","date_gmt":"2024-02-03T05:20:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115555"},"modified":"2024-02-03T08:20:07","modified_gmt":"2024-02-03T05:20:07","slug":"neptun-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neptun-3\/","title":{"rendered":"Neptun"},"content":{"rendered":"\n<p>Neptun \u2014 Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi bo&#8217;yicha 8-Sayyora. Ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydi, belgisi if yoki T. Frantsuz astronomi U. Leverening matematik hisoblari asosida 1846 yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Quyoshdan o&#8217;rtacha uzokligi 30,071 astronomik birlik (4498,6 million kilometr). Orbitasining ekstsentrisiteti 0,008, orbita tekisligi ekliptika bilan G46&#8242; burchak tashkil etadi. Quyosh atrofidagi aylanish davri 164,788 yil, o&#8217;z o&#8217;qi atrofida 16 soatda aylanib chiqadi. Neptunning ekvatorial radiusi 24750 kilometr, massasi Yer massasining 17,25 baravariga teng. Neptun moddasining o&#8217;rtacha zichligi boshqa gigant-sayyoralarniki kabi 1,71 g\/sm3 ga teng. Ekvatorda og&#8217;irlik kuchi tezlanishi 15m\/S2, Neptun sirtida ikkinchi kosmik tezlik 25 km\/s. Neptun atmosferasi vodorodning metan bilan bir oz aralashmasidan iborat molekulalaridan tashkil topgan. Neptun tashki qatlamining temperaturasi 200\u00b0 atrofida. Oddiy ko&#8217;z bilan Neptunni kuzatib bo&#8217;lmaydi. Teleskopda burchak diametri taxminan 2,5&#8243; bo&#8217;lgan yashil disk bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Neptunning 8 ta tabiiy yo&#8217;ldoshi bo&#8217;lib, ulardan 2 tasi katta \u2014 Nerida va Triton bor. Neptunning kashf etilishi astronomiyaning katta yutuqlaridan biridir. Uran kashf etilgandan ikki yil o&#8217;tgandan keyin, 1783 yil rus astronomi A. N. Leksel (1740-84) uning harakatini o&#8217;rga-nib, Uranning hisoblangan yo&#8217;ldan muntazam ravishda og&#8217;ishini aniqladi, bu og&#8217;ish 8-noma&#8217;lum sayyoraning ta&#8217;siri ekanligini aytgan. Bu gipotezani frantsuz fizigi D. F. Arago qo&#8217;llab-quvvatlagan. J. K. Adame va U. Leverelar bir-biridan mustaqil holda uning o&#8217;rnini mustaqil ishlab chiqqan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neptun \u2014 Quyosh sistemasida Quyoshdan uzoqligi bo&#8217;yicha 8-Sayyora. Ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydi, belgisi if yoki T. Frantsuz astronomi U. Leverening matematik hisoblari asosida 1846 yil nemis astronomi I. Galle kashf etgan. Quyoshdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/neptun-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115555","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115555","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115555"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115561,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115555\/revisions\/115561"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}