{"id":115594,"date":"2024-02-03T09:56:49","date_gmt":"2024-02-03T06:56:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115594"},"modified":"2024-02-03T09:56:54","modified_gmt":"2024-02-03T06:56:54","slug":"ishias","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishias\/","title":{"rendered":"Ishias"},"content":{"rendered":"\n<p>Ishias (Yunoncha ischion \u2014 son), bel-dumg&#8217;aza radikuliti \u2014 quymich nervi kasalligi. Ko&#8217;pincha sovqotish, jismoniy zo&#8217;riqish, turli infektsiyalar va shikastlanishlar, moddalar almashinuvining buzilishi sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;rta yashar va keksa kishilarda uchraydi. Asosan, quymich nervi va uning tarmoqlari borgan qism og&#8217;riydi. Og&#8217;riq umurtqa pog&#8217;onasining bel qismiga va oyoq orqasiga ham tarqalib, vaqt-vaqti bilan, ayniqsa, bemor harakat qilganda zo&#8217;rayadi. Birlamchi va ikkilamchi, shuningdek, o&#8217;tkir va surunkali (vaqt-vaqti bilan qo&#8217;zib turadigan) Ishias farq qilinadi. Gripp, revmatizm, bezgak, brusellyoz, sil kabi kasalliklar; qo&#8217;rg&#8217;oshin, mishyak, alkogoldan zaharlanish; moddalar almashinuvining buzilishi (podagra, diabet, avitaminoz), shuningdek, har xil shikastlar birlamchi Ishiasga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Umurtqa pog&#8217;onasi, umurtqalar orasidagi disklar, dumg&#8217;aza-yonbosh va chanoqson bo&#8217;g&#8217;imlari kasalliklari, shuningdek, ginekologik va urologik kasalliklarda ikkilamchi Ishias kuzatiladi. Surunkali Ishias bahor va kuzda zo&#8217;riqadi, uzoq davom etganda boldir hech narsa sezmaydi va Axill payi refleksi yo&#8217;qoladi. Doim zax joyda ishlovchi kishilarda ko&#8217;proq uchraganligi uchun xalq Ishiasni ham bod, goho oyoq og&#8217;rig&#8217;i deya beradi. Davosi: zo&#8217;riqqan vaqtida o&#8217;rinda yotish buyuriladi, issiq qilinadi, og&#8217;riq qoldiruvchi dorilar, parafin, balchiq qo&#8217;yish, uqalash va boshqalar fizioterapiya usullari tavsiya etiladi. Chimyon (Farg&#8217;ona), Chortoq, Jalolobod, Jayronxona (Termiz) kabi kurortlarda davolanish ham yaxshi foyda beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ishias (Yunoncha ischion \u2014 son), bel-dumg&#8217;aza radikuliti \u2014 quymich nervi kasalligi. Ko&#8217;pincha sovqotish, jismoniy zo&#8217;riqish, turli infektsiyalar va shikastlanishlar, moddalar almashinuvining buzilishi sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;rta yashar va keksa kishilarda uchraydi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishias\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115594","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115594","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115594"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115594\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115599,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115594\/revisions\/115599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115594"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115594"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115594"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}