{"id":115610,"date":"2024-02-03T11:10:11","date_gmt":"2024-02-03T08:10:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115610"},"modified":"2024-02-03T11:10:14","modified_gmt":"2024-02-03T08:10:14","slug":"iqtisodiy-islohotlar-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iqtisodiy-islohotlar-3\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy islohotlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Iqtisodiy islohotlar &#8212; xo&#8217;jalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo&#8217;llari va usullarida yirik qayta qurishlar, o&#8217;zgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga o&#8217;tish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz bo&#8217;lgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat o&#8217;z taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda o&#8217;tkaziladi. Iqtisodiy islohotlar larzalarsiz, aniq maqsadlar ko&#8217;zlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga binoan va davlat rahbarligida o&#8217;tkaziladi. Iqtisodiy islohotlar evolyutsion rivojlanishni ta&#8217;minlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi Iqtisodiy islohotlar umumbashariy bo&#8217;lib, deyarli hamma mamlakatlarda o&#8217;tkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan bo&#8217;lib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot sub&#8217;yektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yo&#8217;l berish, xullas bozor mexanizmining to&#8217;laroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil bo&#8217;lgan yosh mamlakatlarda (sobiq sotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) Iqtisodiy islohotlar 2 yo&#8217;nalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta&#8217;minlashni ko&#8217;zlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga o&#8217;tishga qaratilgan, ya&#8217;ni bozor islohotlari yo&#8217;nalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq tizimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni o&#8217;rnatish, ishlab chiqarish tuzilmasini o&#8217;zgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor infratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga o&#8217;tish, agrar sohadagi o&#8217;zgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan capital kiritishni rag&#8217;batlantirish kabi chora- tadbirlar joriy etildi. Iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni ta&#8217;minlaydi. Iqtisodiy islohotlarga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi \u2014 Iqtisodiy islohotlar yo&#8217;nalishlarining bir xil bo&#8217;lishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning o&#8217;ziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qo&#8217;llashdan iborat. O&#8217;zbekistonda 1991-2002 yillar davomida amalga oshirilgan Iqtisodiy islohotlar tanlangan milliy modelga binoan o&#8217;tkazildi va bu jarayon davom etmoqda. Ad.: Karimov I. A., O&#8217;zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo&#8217;lida, T.. 1995. Alisher Vahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqtisodiy islohotlar &#8212; xo&#8217;jalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo&#8217;llari va usullarida yirik qayta qurishlar, o&#8217;zgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga o&#8217;tish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iqtisodiy-islohotlar-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115610","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115610","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115610"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115610\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115611,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115610\/revisions\/115611"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115610"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115610"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115610"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}