{"id":115616,"date":"2024-02-03T11:20:47","date_gmt":"2024-02-03T08:20:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115616"},"modified":"2024-02-03T11:20:51","modified_gmt":"2024-02-03T08:20:51","slug":"ilyosxoja","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilyosxoja\/","title":{"rendered":"Ilyosxoja"},"content":{"rendered":"\n<p>Ilyosxoja (14-asr) &#8212; Mo&#8217;g&#8217;uliston xoni (1363-65). Tug&#8217;luq Temurnknt o&#8217;g&#8217;li. Ilyosxojaga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361 yil kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, Ilyosxojaga Movarounnahr hukumatini boshqarib turishni topshirgan. Mo&#8217;g&#8217;ullarning Movarounnahrdagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida bir necha marta Amir Temur va Husaynga qarshi jang qilgan. 1364 yil hozirgi Shahrisabz tumanining Namaton qishlog&#8217;i yaqinida Ilyosxoja Temurbek hamda Amir Husayn boshliq qo&#8217;shin bilan bo&#8217;lgan jangda asirga tushgan. Biroq, asir olgan sipohlar uni bir nechta beklari bilan qo&#8217;yib yuborgan. Ko&#8217;p sonli lashkar bilan takroran Movarounnahrga harbiy yurish qilgan Ilyosxoja 1364 yil yozida Toshkent va Chinoz oralig&#8217;ida Amir Temur va Amir Husayn bilan qayta jangga kiradi va harb tarixidan jangi loy (&#171;loy jangi&#187;) deb nom olgan ushbu to&#8217;qnashuvda g&#8217;alaba qozongan va Samarqandga yurish qilgan, biroq sarbadorlar va shahar aholisi qarshiligiga uchrab Movarounnahrni tashlab qochgan. 1365 yil Ilyosxoja Qaboqin mavzeida Sohibqiron va Amir Husayn bilan bo&#8217;lgan navbatdagi jangda mag&#8217;lub bo&#8217;lgan va Jeta tomonga qochgan. U yerda Ilyosxoja dug&#8217;lat aymog&#8217;ining sardori, taxt da&#8217;vogari Qamariddin tomonidan o&#8217;ldirilgan. Ilyosxojani Chig&#8217;atoy ulusshshnt poytaxti bo&#8217;lgan Olmaliq (Yettisuvdagi ko&#8217;hna shahar)da otasi Tug&#8217;luq Temurxon qabri yoniga dafn qilishgan. Hamidulla Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilyosxoja (14-asr) &#8212; Mo&#8217;g&#8217;uliston xoni (1363-65). Tug&#8217;luq Temurnknt o&#8217;g&#8217;li. Ilyosxojaga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361 yil kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilyosxoja\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115622,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115616\/revisions\/115622"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}