{"id":115623,"date":"2024-02-03T11:25:42","date_gmt":"2024-02-03T08:25:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115623"},"modified":"2024-02-03T11:25:46","modified_gmt":"2024-02-03T08:25:46","slug":"ilon-zahari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilon-zahari\/","title":{"rendered":"Ilon zahari"},"content":{"rendered":"\n<p>Ilon zahari \u2014 zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sarg&#8217;ish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuqlik. Quritilgan Ilon zaharining 70-90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yog&#8217;lar, yog&#8217; kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kaltsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zaharida 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni o&#8217;ldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday ta&#8217;sir ko&#8217;rsatmaydi. Ko&#8217;zoynakli ilon zaharidan nervga ta&#8217;sir etadigan modda \u2014 neytrotoksin, ko&#8217;lbor ilon va charx ilon zaxaridan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlani-shida ana shu maxsus toksinlar va ba&#8217;zi Fermentlar asosiy rol o&#8217;ynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorong&#8217;i joyda saqlangan Ilon zahari 15-20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi. O&#8217;rta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga ta&#8217;siri ham bir xil emas, mas, ko&#8217;zoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, ko&#8217;lbor ilon, charx ilon va bo&#8217;sh ilon zahari esa, asosan, qon tomir devori va qonga ta&#8217;sir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar ta&#8217;sirida shishadi va qattiq og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Ilon zaharining ta&#8217;siri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bog&#8217;liq. Ko&#8217;krak yoki bo&#8217;yinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar ko&#8217;p. Ilon chaqqanda ko&#8217;riladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni og&#8217;iz bilan ham so&#8217;rib olish mumkin, lekin og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ida yarachaqa bo&#8217;lmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qo&#8217;lni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga o&#8217;shaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaktsina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida tayyorlanadi. Ilon zaharidan tayyorlangan preparatlar shifobaxsh dori sifatida ishlatiladi, masalan, vipraksin, nayasin va viprosallar yallig&#8217;lanishga qarshi va og&#8217;riqsizlantiruvchi xossalarga ega bo&#8217;lib, revmatizm va nerv kasalliklarini davolashda qo&#8217;llaniladi. Ilon zaharidan ajratib olingan fermentlar nuklein rasini, organizmning ba&#8217;zi ferment sistemalarini, oqsillar almashinuvida oraliq moddalar hosil bo&#8217;lishini o&#8217;rganishda qo&#8217;llanilmoqda. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi biokimyo institutida O&#8217;rta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining kimyoviy tarkibi va ta&#8217;siri o&#8217;rganiladi. Ilonlardan har 25-30 kunda bir marta zahar olinadi. O&#8217;zbekistonda uchraydigan ilonlardan ko\u2019zoynakli ilon (kapcha ilon) va ko&#8217;lbor ilon (gyurza) da ko&#8217;p, charx ilon va bo&#8217;sh ilon (qalqontumshuq ilon)da kamroq, cho&#8217;l qora iloni (gadyuka)da juda kam zahar bo&#8217;ladi. Har galda ko&#8217;pi bilan 0,1 gramm quruq zahar olish mumkin. Ad.: Karimov Z. N., Ilon zahari tibbiyot xizmatida, T., 1967.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilon zahari \u2014 zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sarg&#8217;ish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuqlik. Quritilgan Ilon zaharining 70-90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilon-zahari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115623","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115623","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115623"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115623\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115624,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115623\/revisions\/115624"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115623"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115623"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115623"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}