{"id":11577,"date":"2021-11-26T08:55:03","date_gmt":"2021-11-26T05:55:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11577"},"modified":"2025-10-20T09:08:36","modified_gmt":"2025-10-20T06:08:36","slug":"axloq-deganda-nimani-tushunasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/axloq-deganda-nimani-tushunasiz\/","title":{"rendered":"AXLOQ deganda nimani tushunasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>AXLOQ \u2014 kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo&#8217;lgan munosabatlarida namoyon bo&#8217;ladigan hatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda Axloq talablarini bajarish bajarmaslik ma&#8217;naviy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma&#8217;qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani o&#8217;rganadi. Insoniyat taraqqiyotida Axloq muhim o&#8217;rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni Axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, ma&#8217;naviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson Axloqiy, umuman ma&#8217;naviy va ma&#8217;rifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan \u2014 johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o&#8217;tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido \u2014 yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o&#8217;zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o&#8217;zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o&#8217;rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o&#8217;zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so&#8217;nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o&#8217;ziga xos Axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy Axloq me&#8217;yorlari ham bor. Bunday Axloq me&#8217;yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o&#8217;rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo&#8217;lga kirib ketganlarni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga da&#8217;vat etishdir. Dinlarda to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha bo&#8217;lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Anxramaynu o&#8217;rtasidagi kurash abadiy davom etadi, Axloq bu kurashning ifodasidir, degan g&#8217;oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning o&#8217;z ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur&#8217;oni Karimda Axloq masalasiga alohida e&#8217;tibor berilgan. Qur&#8217;oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, o&#8217;zlari uchun katta baxtga sazovor bo&#8217;ladilar. Qur&#8217;oni Karimda to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga yurishlik istiqomat (o&#8217;zini o&#8217;zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur&#8217;onda istiqomatda bo&#8217;lganlarga, ya&#8217;ni o&#8217;z-o&#8217;zini isloh qilganlarga katta va&#8217;dalar berilgan: &#171;Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, o&#8217;zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar&#187; (&#171;Moida&#187; surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qo&#8217;yganlar uchun qalbini poklash sari umid tug&#8217;diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi Islomda olijanob Axloqning eng muhim tushunchalari ta&#8217;riflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular \u2014 ehson (yaxshilik qilish), kechirimli bo&#8217;lish, sabr-qanoat, rostgo&#8217;ylik, shirinso&#8217;zlik, ota-onani, o&#8217;zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham ko&#8217;rsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular \u2014 baxillik, hasad, tama, yolg\u2019onchilik, takabburlik (kibru havo), g&#8217;iybat, zino va shu kabilardir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob Axloqqa chaqirishlari, nojo&#8217;ya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom Axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va ma&#8217;naviy pok, taqvodor bo&#8217;lsa, unday kimsa Axloqsizlik yo&#8217;liga kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar Axloqi, ba&#8217;zi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik Sharq Axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq Axloqi Qur&#8217;on va Hadisdan tashqari juda ko&#8217;plab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida ta&#8217;rifu-tashviq etilgan. &#171;Qobusnoma&#187;, &#171;Axloqi Jaloliy&#187; kabi maxsus kitoblar yozilgan. O&#8217;zbekistonda sho&#8217;rolar istibdodi davrida Axloqqa bir tomonlama, ya&#8217;ni sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakatda istiqomat qiluvchi hamma xalqlar uchun bir xil Axloq qoidalari yaratishga harakat qilindi. Shu maqsadda hamma respublikalar uchun bir xil bo&#8217;lgan &#171;Etika&#187; darsligi va qo&#8217;llanmalari yaratildi. Bu bilan Ittifoqda yashovchi turli xalqlarning o&#8217;ziga xos xulq odob qoidalari, rasmrusmi, urf-odati inkor qilindi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng Axloq muammolariga katta e&#8217;tibor berila boshladi. Kishilararo munosabatda, o&#8217;zaro muomalada unutilib ketgan Islomiy qadriyatlar, sharqona xulq-odob qoidalari, urf-odatlar, marosimlar qaytadan rasm bo&#8217;la boshladi. Mamlakatimiz xususiy mulkchilikka, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat barpo qilmoqda. Bunday tuzumda aholining turli tabaqa va qatlamlari paydo bo&#8217;lishi tabiiy. Ular o&#8217;rtasida qandaydir ziddiyatlar, kelishmovchiliklar bo&#8217;lishi mumkin. Ular Sharq xalqlariga xos bo&#8217;lgan xulq-odob qoidalari va Islomiy qadriyatlar yordamida ma&#8217;lum darajada bartaraf qilinib, umuminsoniy mazmun bilan boyib boradi. Axloq va ma&#8217;naviyat bir-biri bilan uzviy bog&#8217;liq. Barkamol ma&#8217;naviyat barkamol Axloqni shakllantiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AXLOQ \u2014 kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo&#8217;lgan munosabatlarida namoyon bo&#8217;ladigan hatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda Axloq talablarini bajarish bajarmaslik ma&#8217;naviy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/axloq-deganda-nimani-tushunasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11577","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11577","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11577"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11577\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159422,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11577\/revisions\/159422"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11577"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11577"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11577"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}