{"id":115877,"date":"2024-02-05T15:45:00","date_gmt":"2024-02-05T12:45:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115877"},"modified":"2024-02-05T15:45:07","modified_gmt":"2024-02-05T12:45:07","slug":"ishchilar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishchilar-2\/","title":{"rendered":"Ishchilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Ishchilar \u2014 industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shug&#8217;ullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. 19-asr o&#8217;rtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletariati paydo bo&#8217;ldi, Ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllandi. 20-asrning 2-yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat ko&#8217;rsatish sohalarining o&#8217;sishi va boshqalar natijasida Ishchilar soni nisbatan qisqardi (iqtisodiy faol aholining 50% dan kam qismi), turmush darajasi, madaniy rivojlanishi va boshqalar bo&#8217;yicha Ishchilar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar o&#8217;rtasidagi qat&#8217;iy chegaralar o&#8217;zgardi; turli ijtimoiy-kasbiy qatlamlarni o&#8217;z ichiga olgan Ishchilarning o&#8217;z tarkibi ham o&#8217;zgardi. Sobiq SSSR va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda Ishchilar jamiyatning rahbar kuchi \u2014 gegemoni deb e&#8217;lon qilingan edi, lekin totalitar tuzum davrida bu qatlam o&#8217;z manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning Real imkoniyatlaridan mahrum edi. 1980-yillar oxiridan bu mamlakatlarda Ishchilarlar harakatining qayta tiklanishi jarayoni boshlandi. Hozirgi davrda mehnat axdining asosiy qismi bo&#8217;lgan Ishchilar o&#8217;ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega, bu ularning yollanib ishlashi; xizmatchilardan farqli holda jismvniy mehnatni talab qiluvchi ishlar bilan shugullanishi va mehnatdan kelgan daromad sohibi bo&#8217;lishida ko&#8217;rinadi. Qaysi sektorda band bo&#8217;lishiga qarab industrial, agrar va xizmat ko\u2019rsatish sohalaridagi Ishchilarga, kasb mahoratiga qarab malakali va malakasiz Ishchilarga, fuqaroligiga qarab milliy va kelgindi yoki migrant Ishchilarga bo&#8217;linadi. O&#8217;zbekistonda milliy Ishchilar 20-asrning boshlarida xorij kapitaliga va mahalliy boylarga qarashli kichik korxonalarda yollanib ishlagan mardikorlar, chorakorlar, kambag&#8217;al dehqonlar va ishi yurishmagan hunarmandlar hisobidan shakllana boshladi. Sho&#8217;rolar davrida sanoatning rivojlanishi bilan Ishchilar soni ko&#8217;paydi, lekin bu jarayon, asosan, kelgindi Ishchilar hisobiga yuz berdi. Milliy Ishchilar agrar sohada band bo&#8217;lib, asosan, davlat xo&#8217;jaliklari (sovxozlar) da ishlagan. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sanoatning rivojlanishi malakali milliy ishchi kadrlarga extiyojni kuchaytirdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb-hunar ta&#8217;lim tizimi orqali malakali Ishchilar tayyorlashga alohida e&#8217;tibor berilgan. Respublikada sanoatning rivojlanishiga qarab Ishchilarning mehnatchilar tarkibidagi salmog&#8217;i asta-sekin oshib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ishchilar \u2014 industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shug&#8217;ullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. 19-asr o&#8217;rtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletariati paydo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ishchilar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115877","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115877","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115877"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115877\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115890,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115877\/revisions\/115890"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115877"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115877"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115877"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}