{"id":116494,"date":"2024-02-13T15:25:19","date_gmt":"2024-02-13T12:25:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116494"},"modified":"2024-02-13T15:25:22","modified_gmt":"2024-02-13T12:25:22","slug":"iso-iso-masih","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iso-iso-masih\/","title":{"rendered":"Iso, Iso Masih"},"content":{"rendered":"\n<p>Iso, Iso Masih \u2014 Qur&#8217;onda tilga olingan payg&#8217;ambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi payg&#8217;ambar sifatida alohida e&#8217;zozlanadi. Qur&#8217;onda, shuningdek, &#171;al-Masih&#187; (&#171;Xudo yarlaqagan&#187;), Ibn Maryam (&#171;Maryamning o&#8217;g&#8217;li&#187;), Abdulloh (&#171;Allohning quli&#187;), Rasululloh (&#171;Allohning elchisi&#187;), Allohning muqarrabi (yaqini), &#171;Haqni so&#8217;zlovchi&#187;, deb ta&#8217;riflanadi. Isoga Injil nozil qilingan. Qur&#8217;onga ko&#8217;ra, Iso \u2014 Allohning o&#8217;gli emas, Xudo ham emas. Iso \u2014 Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan mo&#8217;jiza bilan tug&#8217;ilgan. Alloh unga &#171;Bani Isroil&#187; qavmini hidoyatga boshlash uchun payg&#8217;ambarlik darajasini Iroda etdi. Iso odamlarni o&#8217;z ta&#8217;limotiga ergashishlariga da&#8217;vat qildi. Yahudiylarni noto&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;llardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. O&#8217;zidan keyin Ahmad (ya&#8217;ni Muhammad) nomida bir payg&#8217;ambar bo&#8217;lishi bashoratini ham yetkazdi. Xristianlikda Iso Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi (&#171;Xristos&#187; so&#8217;zi yunoncha bo&#8217;lib, o&#8217;zbek tilida &#171;xaloskor&#187; ma&#8217;nosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulug&#8217;laydi. Injilga ko&#8217;ra, Iso Xudoning o&#8217;g&#8217;li bo&#8217;lgan, Vifleem (hozirgi Beyt Laxm shahri)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tug&#8217;ilgan. Iosif va Mariya go&#8217;dagi bilan podshoh irod I ta&#8217;qibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. Iso targ&#8217;ibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel cho&#8217;qintiradi. Iso atrofiga 12 shogird (apostol \u2014 havoriy) larni to&#8217;playdi. Xavoriylardan biri Iso targ&#8217;ibot qilayotgan yangi ta&#8217;limotni oshkor etib qo&#8217;ygach, yahudiylar sudi \u2014 sinedrion Isoni o&#8217;lim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, Iso chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib o&#8217;z shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar Isoning tirilib kelishi (&#171;voskresene&#187;)ga ishonadilar. Fanda Isoning tarixiyligi e&#8217;tirof etiladi. U 1-asrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Ieshua) ismi bilan sayyor da&#8217;vatchi sifatida faoliyat ko&#8217;rsatgan. Isoning targ&#8217;iboti fariseylar va esseylar ta&#8217;limoti kabi maxdud emas, balki Falastin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grek-rim zaminida Iso ta&#8217;limotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni O&#8217;rta dengiz havzasini to&#8217;lig&#8217;icha qamrab olgan olamshumul dinga aylantirishga erishdilar. Ad.: Payg&#8217;ambarlar qissasi, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iso, Iso Masih \u2014 Qur&#8217;onda tilga olingan payg&#8217;ambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi payg&#8217;ambar sifatida alohida e&#8217;zozlanadi. Qur&#8217;onda, shuningdek, &#171;al-Masih&#187; (&#171;Xudo yarlaqagan&#187;), Ibn Maryam (&#171;Maryamning o&#8217;g&#8217;li&#187;), Abdulloh (&#171;Allohning quli&#187;), Rasululloh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iso-iso-masih\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-116494","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116494","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116494"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116500,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116494\/revisions\/116500"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}