{"id":116568,"date":"2024-02-29T10:58:55","date_gmt":"2024-02-29T07:58:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116568"},"modified":"2024-02-29T10:58:58","modified_gmt":"2024-02-29T07:58:58","slug":"palau-palau-palau-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/palau-palau-palau-respublikasi\/","title":{"rendered":"Palau (Palau), Palau Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Palau (Palau), Palau Respublikasi (The Republic of Palau) \u2014 tinch okeanning g&#8217;arbiy qismidagi Karolina orollari turkumidagi 8 ta yirik orolda joylashgan davlat. Ba&#8217;zan Belau deb talaffuz etiladi. Orollarning eng kattasi \u2014 Babeltuap oroli. Maydoni 508 km2. Aholisi 19,4 ming kishi (2002). Ma&#8217;muriy-hududiy jihatdan 16 shtat (state)ra bo&#8217;linadi. Poytaxti \u2014 Koror shahri. Palau \u2014 respublika, AQSH bilan &#171;erkin uyushgan&#187; davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1981 yil qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2000 yildan Tomas Remengesau), aholi tomonidan to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li bilan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Senat va delegatlar palatasi) Milliy kongress (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Aholisi \u2014 mikronezlar. Rasmiy til \u2014 ingliz va belau (Palau) tillari. Dindorlarning aksariyati \u2014 katoliklar. Barcha yirik orollari vulkan harakati natijasida vujudga kelgan, ular marjon riflari bilan o&#8217;ralgan. Fosfat konlari bor. Iqlimi nam, tropik iqlim. Yillik yog&#8217;in 2250 mm dan 3000\u2014 4500 mm gacha, Kusane oroli tog&#8217;larida 6000 mm. Vulkan orollarida doim yashil o&#8217;rmon va savannalar; marjon orollarida, asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi shimoliy orollarda mayda kemiruvchilar, kaltakesak, ilonlar va Janubiy orollarda turli qush va hasharotlardan iborat. Sohil bo&#8217;yi suvlarida baliq ko&#8217;p. Palau arxipelagi orollarida odamlar Okeaniyadagi boshqa barcha orollarga nisbatan ilgariroq, bir necha ming yil avvaldan yashab keladi, deb taxmin qilinadi. Bu yerga yevropaliklardan birinchi bo&#8217;lib ispanlar 1710 yilda kelganlar. 1783 yil Angliya kemasi halokatga uchrashi oqibatida orolga keltirilgan kasalliklar natijasida 50 ming aholidan 5 mingi omon qoddi. 1886 yil hudud Ispaniya mustamlakasiga aylandi, 1889 yilda Germaniyaga sotib yuborildi, 1-jahon urushi vaqtida yaponlar bosib oldi va 1944 yilgacha ularning boshqaruvida bo&#8217;ldi. 1947 yil BMT qaroriga ko&#8217;ra, AQSh boshqaruviga o&#8217;tdi. 1993 yil noyabrdagi referendum ishtirokchilari AQSh ga ixtiyoriy ravishda qo&#8217;shilish uchun ovoz berdi. 1994 yil 1 oktabrdan Palau Respublikasi AQSh bilan &#171;erkin uyushma&#187; doirasida mustaqillikka ega bo&#8217;ldi. U o&#8217;zini o&#8217;zi idora qilsa ham, ammo mudofaa, moliya, tashki ishlar masalalarini AQSh boshqaradi. Palau \u2014 1994 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 1 oktabr \u2014 Mustaqillik kuni (1994). Vulkanlardan hosil bo&#8217;lgan unumdor yerlarda tapiok, kokos, meva va sabzavot yetishtiriladi, baliq ovlanadi. Qoramol, cho&#8217;chqa, echki boqiladi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Keyingi vaqtda sayyohlik iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb eta boshladi. Rohatijon qum sohillar sayyohlarni ko&#8217;proq jalb etadi. Elektr energiya 16 ming kVtsoat quvvatli elektr stansiyasida hosil qilinadi. Chetga kokos yong&#8217;og&#8217;i, tunes balig&#8217;i sotadi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, yoqilg&#8217;i oladi. AQSh va Tinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi \u2014 AQSh dollari. Siyosiy partiyalar yo&#8217;q. Matbuoti &#171;Palau gazett&#187; (&#171;Palau gazetasi&#187;, oyda bir marta ingliz tilida chiqadigan hukumat gazeta) va &#171;Tia Palau&#187; (&#171;bu \u2014 Palau&#187;, ingliz va maqalliy tillarda chiqadigan gazeta)dan iborat. &#171;Palau neshnl komyunikeyshnz Korporeyshn&#187; radioeshittirish kompaniyasi va 2 telemarkaz bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Palau (Palau), Palau Respublikasi (The Republic of Palau) \u2014 tinch okeanning g&#8217;arbiy qismidagi Karolina orollari turkumidagi 8 ta yirik orolda joylashgan davlat. Ba&#8217;zan Belau deb talaffuz etiladi. Orollarning eng kattasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/palau-palau-palau-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-116568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116568\/revisions\/116573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}