{"id":116569,"date":"2024-02-29T10:58:56","date_gmt":"2024-02-29T07:58:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116569"},"modified":"2024-02-29T10:58:59","modified_gmt":"2024-02-29T07:58:59","slug":"paleobotanika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleobotanika-2\/","title":{"rendered":"Paleobotanika"},"content":{"rendered":"\n<p>Paleobotanika (Paleo&#8230; va botanika), paleofitologiya \u2014 botanikaning qazilma o&#8217;simliklarni o&#8217;rganuvchi sohasi. Paleobotanika qazilma o&#8217;simliklarning sistematikasi, tashqi (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishi, yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan o&#8217;zaro munosabatlari, rivojlanish tarixi, o&#8217;zaro qarindoshligi, o&#8217;simlik qoplami almashinuvi qonuniyatlari kabi masalalarni o&#8217;rganadi. Paleobotanika ma&#8217;lumotlari sistematika, morfologiya, anatomiya, evolyutsiya, filogeniya, geografiya, geologiyada nazariy masalalarni hal qilishga yordam beradi. Odatda, tabiiy sharoitga moslashgan o&#8217;simliklar saqlanib qolgan, moslasha olmaganlari esa yo&#8217;q bo&#8217;lib ketgan. Demak, qazilma o&#8217;simliklar geologik davrlardagi tabiat o&#8217;zgarishlarini bildiruvchi meteorologik vosita hisoblanadi. Geologik va stratigrafik qazilma boyliklarni qidirishda Paleobotanika ma&#8217;lumotlaridan foydalaniladi, chunki yer po&#8217;stidagi yoqilg&#8217;ilarning hammasi (toshko&#8217;mir, antrosit va boshqalar), asosan, o&#8217;simlik qoldiqlaridan hosil bo&#8217;lgan. Tekshirish ob&#8217;yektlariga ko&#8217;ra, Paleobotanika quyidagi mustaqil tarmoklarga bo&#8217;linadi: paleopalinologiya \u2014 qazilma o&#8217;simliklarning chang va sporalarini (kimyoviy usulda maxsus ishlangandan so&#8217;ng) mikroskop yordamida o&#8217;rganadi; paleokarpologiya \u2014 o&#8217;simliklarning qazilma urug&#8217;i, mevasi, danagi va meva po&#8217;choqlarini o&#8217;rganadi; paleoksilologiya \u2014 o&#8217;simlik yog&#8217;ochlarining ko&#8217;mir va toshga aylangan qoldiqlarini maxsus (shlift) tayyorlab, mikroskopda tekshiradi, ixnofitologiya \u2014 o&#8217;simlik bargi, shoxi, guli va ko&#8217;payish organining tog&#8217; jinslarida qolgan izini yoki epidermiya qoldiklarini o&#8217;rganadi. Paleobotanikadan paleomikologiya va paleoalgologiya yoki paleofikologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Plankton qazilma suvo&#8217;tlarni o&#8217;rganish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Chunki organik dunyoning boshlang&#8217;ich rivojlanish bosqichlarini tushunishda qadimgi bakteriya, suvo&#8217;tlarni o&#8217;rganish juda muhim. O&#8217;simliklarning qazilma qoldiqlari qadimdan olimlar diqqatini jalb qilgan. Masalan, miloddan avvalgi 6-5-asrlarda ksenofan peros oroli tog&#8217; yotqiziqlaridan &#171;lavr yaproqlari&#187;ni topganligi haqida yozgan. Ammo o&#8217;simliklarning qazilma qoldiqlari va izlari ancha vaqtgacha tabiat ajoyiboti deb tushunilgan. Ammo ular bir vaqtda o&#8217;sgan o&#8217;simliklarning qoldiqlari ekanligini dastavval Leonardo da Vinchi (15-asr oxiri) ko&#8217;rsatgan. Paleobotanikani alohida fan sifatida o&#8217;rganishni frantsuz olimi A. Bronyar boshlab bergan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida yangi kumir konlarining ochilishi tufayli ko&#8217;mir qatlamlaridagi o&#8217;simlik qoldiqlarini o&#8217;rganish imkoni tug&#8217;ildi. O&#8217;rta Osiyoda Paleobotanika bir qancha kumir konlari topilishi munosabati bilan rivojlandi. Bu yerda, ayniqsa, yura va uchlamchi hamda to&#8217;rtlamchi davr qazilma o&#8217;simliklari yaxshi o&#8217;rganildi. O&#8217;zbekiston hududida quruqlikda o&#8217;sgan o&#8217;simliklar \u2014 psilofitlar 360 million yil avval \u2014 devon davrida tarqalganligi aniqlangan. Karbon davrida o&#8217;simliklar olami birmuncha murakkablashgan; bu davrda hozirgi qirqbo&#8217;g&#8217;imlar, qirqquloqlar va ignabarglilarning qad. ajdodlari yashagan. Bu davrga oid 40 dan ortiq o&#8217;simlik qoldiklari Bo&#8217;kantog&#8217;, Zirabuloq, Hisor, Kurama, Oloy, Nurota, Turkiston va boshqa tog&#8217;lardan topilgan. Perm va trias davridan 80 ga yaqin, yura davridan esa 100 dan ortiq o&#8217;simlik turkumi aniqlangan. O&#8217;rta Osiyo ko&#8217;mir konlarining hosil bo&#8217;lishida bu o&#8217;simliklar muhim rol o&#8217;ynagan. O&#8217;rta Osiyoda bo&#8217;r davriga kelib dengizning qisqarib, quruqlikning ortishi bilan o&#8217;simliklar olamida katta o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y bergan. Ochiq urug&#8217;li o&#8217;simliklardan yangi sharoitga moslasha olmaganlari yo&#8217;q bo&#8217;lib ketib, \u2014 yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar rivojlangan. O&#8217;zbekiston hududida bo&#8217;r davrida paydo bo&#8217;lgan o&#8217;simliklardan tol, terak, chinor, tut, xurmo, qayrag&#8217;och, anjir, chilonjiyda va boshqalar hozirgacha saqlanib qolgan. Ad.: Krishtofovich A. N., Paleobotanika Uzbekistana, t. 1-2, T., 1968-71.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paleobotanika (Paleo&#8230; va botanika), paleofitologiya \u2014 botanikaning qazilma o&#8217;simliklarni o&#8217;rganuvchi sohasi. Paleobotanika qazilma o&#8217;simliklarning sistematikasi, tashqi (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishi, yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan o&#8217;zaro munosabatlari, rivojlanish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/paleobotanika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-116569","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116569","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116569"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116569\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116574,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116569\/revisions\/116574"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116569"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116569"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116569"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}