{"id":116812,"date":"2024-05-08T10:36:48","date_gmt":"2024-05-08T07:36:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116812"},"modified":"2024-05-08T10:36:51","modified_gmt":"2024-05-08T07:36:51","slug":"magniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/magniy\/","title":{"rendered":"Magniy"},"content":{"rendered":"\n<p>Magniy (Magnesium), Mg \u2014 Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy &#8212; er metallarga kiradi. Tartib rakami 12, at. m. 24,305. Tabiiy M. 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sun&#8217;iy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. M.ni 1808 i. dastlab ingliz fizigi A. Devi amalgama holida olgan. 1829 y.da frantsuz kimyogari A. Byussi magniy xloridga kaliy bug&#8217;i ta&#8217;sir ettirib, M.ni metall holida ajratib olgan. M. massa jihatidan er po&#8217;stining 2,35% ni tashkil qiladi. M.ning 100 dan ortiq minerallari bo&#8217;lib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va b. ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil bo&#8217;ladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur er osti karbonat angidrid gazlarining ta&#8217;sirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra o&#8217;tadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari ta&#8217;sirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. O&#8217;zbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan. Dengiz suvida 0,38%; ba&#8217;zi ko&#8217;llar suvida 30% magniy xlorid bo&#8217;ladi. M. kumushdek oq, yumshoq, cho&#8217;ziluvchan, engil metall, havoda yupqa oksid parda b-n qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. M.ning zichligi 1740 kg\/ m3, suyuklanish t-rasi 650\u00b0, kaynash t-rasi 1105\u00b0. M. birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda ko&#8217;zni qamashtiruvchi oq shu&#8217;la chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman ko&#8217;kimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv b-n reaktsiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bug&#8217;i b-n 400\u00b0 da shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va b. metallmaslar b-n birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400-500\u00b0 gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. M.ni 500-600\u00b0 gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S b-n qizdirilganda sulfid MgS hosil bo&#8217;ladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy malarida eriydi. M.ning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. M. ko&#8217;pgina metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. M. o&#8217;simlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Ba&#8217;zi suv o&#8217;tlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar M. kontsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3-4% gacha M. bo&#8217;ladi). M. o&#8217;simliklarning yashil pigmenti \u2014 xlorofill tarkibiga kiradi. Barcha o&#8217;simliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshrisa M. borligi aniqlangan. M. fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida bo&#8217;ladi. Odam va hayvonlar organizmi M.ni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda M.ga ehtiyoji 0,3\u20140,5 g. Ovqatda M. tuzlari etarlicha bo&#8217;lmasa, nerv sistemasining normal qo&#8217;zg&#8217;aluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar emida M. etishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi. Sanoatda M. elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar b-n, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo bo&#8217;lib dolomit, qaytargich bo&#8217;lib ferrosilisiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda M. MgO b-n uglerod aralashmasini 2100\u00b0 dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi. Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, tsirkoniy), mustahkam cho&#8217;yan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi. Ad.: Eydenzon M. A., Magniy, M., 1969;Ivanov A. I., Lyandres M. B., Prokofev O. V., Proizvodstvo magniya, M., 1979. Temir Otaqo&#8217;ziev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Magniy (Magnesium), Mg \u2014 Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy &#8212; er metallarga kiradi. Tartib rakami 12, at. m. 24,305. Tabiiy M. 3 ta barqaror izotopdan iborat. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/magniy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116812","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116812","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116812"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116813,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116812\/revisions\/116813"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}