{"id":116862,"date":"2024-05-08T18:08:44","date_gmt":"2024-05-08T15:08:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116862"},"modified":"2024-05-08T18:08:48","modified_gmt":"2024-05-08T15:08:48","slug":"muhammad-muhammad-ibn-abdulloh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-muhammad-ibn-abdulloh\/","title":{"rendered":"Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570\/571, Makka \u2014 632, Ma- Dina) \u2014 Islom dini va birinchi Musul- monlar jamoasi asoschisi. Musulmon- lar e&#8217;tiqodiga ko&#8217;ra, Allohning oxirgi payg&#8217;ambari va uning elchisi. Shu ma&#8217;noda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Ba&#8217;zi diniy manba- larda M.ning 99 nomi keltiriladi. Is- lom ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, M. nomini aytgan yoki eshitgan kishi &#171;sallalohu alayhi vasallam&#187; (sav) yoki &#171;alayhissalom&#187; (as) deb salovat aytib qo&#8217;yish vojib hisoblanadi. M. orqali odamlarga KUR&#8217;- on nozil qilingan. Quraysh qabilasining Hoshimiylar urug&#8217;iga mansub, uncha boy bo&#8217;lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tug&#8217;ilgan. M.ning bolalik va o&#8217;smirlik yillari haqidagi ma&#8217;- lumotlar juda kam. M. go&#8217;dakligidayoq etim qolgan; tug&#8217;ilmasidan avval ot- asi Abdulloh, 6 yoshligida esa \u2014 onasi Omina vafot etgan. M.ni o&#8217;z tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham ko&#8217;p o&#8217;tmay olamdan o&#8217;tadi. Etim bolani tar- biya qilishni amakisi Abu Tolib o&#8217;z zim- masiga oladi. 12 yoshida M. bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib M.ni 21 yoshida Huvaylid ibn As&#8217;- adning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadicha- ning savdo ishlari b-n shug&#8217;ullangan M. Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. M. 25 yoshida (595 y.) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. M.dan Xadicha 3 o&#8217;g&#8217;il (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko&#8217;rgan. Ug&#8217;illari go&#8217;dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina M. naslini da- vom ettirgan. Xadicha vafotidan so&#8217;ng M. bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand ko&#8217;rmagan. Faqat joriyasi Mori- yadan Ibrohim ismli o&#8217;g&#8217;li bo&#8217;lgan. U ham juda yoshligida olamdan o&#8217;tgan. M. 40 yoshga to&#8217;lganida o&#8217;zini boshqacha seza boshlaydi. Yolg&#8217;izlikni qo&#8217;msab, Makka yonidagi Hiro tog&#8217;ida joylashgan g&#8217;orga borib ibodat b-n mashg&#8217;ul bo&#8217;lar, o&#8217;yga tolardi. Taxm. 610 y.da M. Makka- da o&#8217;zining Xudodan vahiy olayotganligi- ni e&#8217;lon qiladi. Buni birinchilardan bo&#8217;lib Xadicha, M.ning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi o&#8217;g&#8217;li Zayd ibn Horisa e&#8217;tirof etib imon keltirishgan. Ko&#8217;p o&#8217;tmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa&#8217;d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Af- fon M.ni chin payg&#8217;ambar deb tan olish- gan. M. izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. MAK- kaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuz- li Qurayshlilar esa M. ta&#8217;limotini ochikdan-ochiq dushmanlik b-n qarshi ol- gan. Buning natijasida M. tarafdorla- ridan 11 xonadon Habashiston (hoz. Efi- Opiya) ga ko&#8217;chib ketgan. M. jamoasiga ja- sur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qo&#8217;shilishi ja- moaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda Quraysh zodagonlarining M. va uning ta- rafdorlariga dushmanligi yanada kuchay- Di. 620 y.da Xadichaning, so&#8217;ngra Abu to- libning vafotidan so&#8217;ng Makkada vaziyat yomonlashadi, M. muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi an&#8217;anaviy Makka zi- yoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari M. b-n uchra- shib, sodiklik bildirishadi va yordam qilishga va&#8217;da berishadi, M.ni Yasribga ko&#8217;chib borishga da&#8217;vat qilishadi. Avval M.ning izdoshlari (ashoblar) o&#8217;z oila- lari b-n Quraysh zodagonlaridan Max- fiy ravishda guruh-guruh bo&#8217;lib ko&#8217;chadi. Oxirida M.ning o&#8217;zi Abu Bakr b-n jo&#8217;nab ketadi. 622 y.da yuz bergan bu ko&#8217;chish pay- ti (Arab, hijrat)dan musulmonlar erasi \u2014 hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy (&#171;Payg&#8217;ambar shax- ri&#187;) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan bo&#8217;ldi. Madinada birinchi masjid qurildi, Islom arkon (rukn)lari ishlab chiqila boshlandi, Ka&#8217;ba qibla qilib belgilan- Di. Jamoani jipslashtirish va uni ken- gaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklar- ga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai bo&#8217;lgan savdo karvonlari ishini chippak- ka chiqardi. 624 y.da Badr quduqlari ol- dida (q. Badr jangi), 625 y.da Uhud tog&#8217;i etagida (q. Uhud jangi) janglar bo&#8217;ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaklar qazildi va u erlarga kamonchi o&#8217;qchilar joylashtiril- Di. Kutilmagandagi izg&#8217;irin, kuchli sha- mollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Nati- jada Madina qamali bekor qilindi, bu g&#8217;alaba Madina jamoasini yanada jip- slashtirish b-n birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qo&#8217;shilishiga olib keldi. Hijraning 6-yilida MAK- Kalik Quraysh zodagonlari mavjud mu- ammolarni kelishuvchilik yo&#8217;li b-n bar- taraf etish uchun M. b-n tengmateng mu- zokara olib borishga majbur bo&#8217;lishdi (q. Xudaybiya bitimi). Madinaga qarshi kurashning etakchilaridan biri bo&#8217;lgan Abu Sufyon M. tarafiga o&#8217;tdi. 630 y.da Makka M.ga jangsiz taslim bo&#8217;ldi, MAK- kaliklar M. jamoalariga qo&#8217;shildi. 631 y.da ko&#8217;p qabilalar M.ga bo&#8217;ysundi va is- lomni qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. o&#8217;z oila a&#8217;zolarini olib, Madina atroflaridagi 100 ming- dan ortiq kishi b-n Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji bo&#8217;lgan. Mana shu ziyorat Makkaning Islom dini marka- zi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O&#8217;shandan buyon o&#8217;tgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyo- rat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so&#8217;ng M. Madinada vafot etdi. Payg&#8217;ambar (as)ni o&#8217;z hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u erda qurilgan katta mas- jid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. M.ning hayoti va tarjimai holi siy- radya, uning so&#8217;zlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom ta&#8217;limotida M. komil inson sifatida ta&#8217;riflanadi. Sunnat payg&#8217;ambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna bo&#8217;lishi kerakligi ta&#8217;kid- lanadi. Islom an&#8217;anasida M. hech qanday g&#8217;ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi pay- g&#8217;ambari ekanligi qayd etiladi. M.ning shaklu shamoillari, siyra- tu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg&#8217;ambarlardan farq etadigan xususiyatlari to&#8217;g&#8217;risida u b-n birga yur- gan, suhbatlaridan bahramand bo&#8217;lgan sahobalar hamda nikohida bo&#8217;lgan ayol- lari tomonidan nakl qilingan rivoyat- lar asosida ko&#8217;plab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning &#171;Shamo- ili nabaviya&#187;, Muhammad Busiriyning &#171;Qasidai burda&#187;, Abu Ja&#8217;far Barzan- jiyning &#171;Mavlidin-Nabiy&#187;, Muhammad ibn Solihning &#171;Muhammadiya&#187;, mav- lono Mu&#8217;inning &#171;Siyari sharif&#187;, AK- barobodiyning &#171;Nodirul-Me&#8217;roj&#187;, Sayyid Mahmud Taroziyning &#171;Shi- rin kalom&#187;, &#171;Nurul kalom&#187;, &#171;Nurul &#8212; basar&#187; va b. ko&#8217;plab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning &#171;Shamo- ili Muhammadiyya&#187; kitobi ular ichi- da qadimiyligi va rivoyatlarining sahixligi b-n ajralib turadi. Unda M.ning jismoniy va axloqiy xususiyat- lariga batafsil ta&#8217;rif berilgan. Mas, ikki kiftlari o&#8217;rtasida &#171;Muhammadun Rasululloh&#187; deya bitilgan muhri nubuv- vatlari bo&#8217;lgani, sochsoqollarining oqu qorasi nechta bo&#8217;lganidan tortib, kiy- im-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilichqalqonlari, salla-cho- ponlari, egan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin o&#8217;qigan duolari, suv ichishlari, xushbo&#8217;y narsalarni is- te&#8217;mol qilishlari, so&#8217;zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-Muto- yibalari, musiqa va she&#8217;riyatga munosa- batlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tib- biyotga munosabatlari, kundalik tirik- chiliklari, nomu laqablari, umrlari- ning mikdori, xastalik va va-fotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to&#8217;g&#8217;risida alohida-alohida bob va fasl- lar orqali bayon etilgan. Jismoniy tu- zilishlari to&#8217;g&#8217;risida jumladan shunday nakl qilinadi: &#171;ul zotning bo&#8217;ylari un- chalik novcha ham, past qam emas, bosh, qo&#8217;l, oyoq va kiftlari yo&#8217;g&#8217;on, yuzlari qizg&#8217;ish, ko&#8217;zlari katta, oqi juda oq, qorasi o&#8217;ta qora, o&#8217;tkir, sochlari quloqlarining yum- shoklaritacha yopib, elkalariga tegibteg- may turar, bo&#8217;yinlari sochlari orasidan tovlanib, go&#8217;yo kumush ko&#8217;zdek ko&#8217;rinib turar, terlasalar, marjondek terlari- dan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi bo&#8217;lsalar boshla- rinigina burib qaramay, balki butun gavdalari b-n o&#8217;girilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko&#8217;rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko&#8217;rar edilar. M.ning soyasi er uzra namoyon bo&#8217;lmas edi&#187;. Ad.: Hadis (Al-Jomi&#8217;assahih), 1-4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom at- Termiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sog&#8217;uniy A., Tarixi Muhammadiy (1-2-kitob), T., 1997; Hazrati payg&#8217;ambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk Islom (1ki- tob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003. Abdulaziz Mansur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570\/571, Makka \u2014 632, Ma- Dina) \u2014 Islom dini va birinchi Musul- monlar jamoasi asoschisi. Musulmon- lar e&#8217;tiqodiga ko&#8217;ra, Allohning oxirgi payg&#8217;ambari va uning elchisi. Shu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-muhammad-ibn-abdulloh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116862","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116862","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116862"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116874,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116862\/revisions\/116874"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116862"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116862"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}