{"id":116866,"date":"2024-05-08T18:09:05","date_gmt":"2024-05-08T15:09:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116866"},"modified":"2024-05-08T18:09:09","modified_gmt":"2024-05-08T15:09:09","slug":"muqimiy-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqimiy-teatri\/","title":{"rendered":"Muqimiy teatri"},"content":{"rendered":"\n<p>Muqimiy teatri, Muqimiy no- midagi O&#8217;zbek davlat musiqali drama te- atri \u2014 O&#8217;zbekistonning yirik teatrla- ridan biri. 1939 y. 30 noyabrda komik AK- tyor M. Miroqilov tashabbusi b-n Respu- blika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini &#171;burungi qozilar yoki Maysaraning ishi&#187; (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) b-n bosh- lagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat bo&#8217;lib, Mirshohid Miroqilov \u2014 badiiy rahbar, F. Umarov, B.Xo&#8217;jaev \u2014 rej.lar; M. Kuznesova, S. Xo&#8217;jaev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov, A. Boltaev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullaev, M. G&#8217;ofurov, M. Mirtolipov, 3. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. &#171;O&#8217;jar xonim&#187; (Lope de Vega), &#171;Oshiklar&#187; (B. Xalil), &#171;Qozixona&#187; (G&#8217;. G&#8217;afurov) kabi spektak- llar teatrning dastlabki spektakllari bo&#8217;ldi. 1940 y. teatr musiqali drama va kome- diya teatri nomi b-n qayta tashkil bo&#8217;ldi. T. Jalilov \u2014 badiiy rahbar, A. Azimov \u2014 bosh rej. etib tayinlandi. Teatrning birinchi katta ishi &#171;to- hir va Zuhra&#187; (S. Abdulla; T. Jalilov, 1941) musiqali dramasi bo&#8217;ldi. Xalq ba- diiy an&#8217;analariga yaqinligi b-n ajralib turgan bu spektaklning yutug&#8217;i milliy musiqa merosi namunalarida va T. Ja- lilovning o&#8217;ziga xos original kuylarida namoyon bo&#8217;ldi. 2-jahon urushi davrida teatr o&#8217;zbek xalqining front orqasidagi mardonavor mehnati va jasorati xaqida hikoya qiluvchi &#171;Qurbon Umarov&#187; (S. AB- dulla, Chustiy; T. Jalilov), &#171;Qasos&#187; (Sh. Tuyg&#8217;un, A. Umariy; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin), &#171;Oftobxon&#187; (K. Yashin; X. To&#8217;xtasinov) kabi spektakllar b-n o&#8217;z re- pertuarini boyitdi. O&#8217;sha yillar saxna- lashtirilgan &#171;Nurxon&#187; (K. Yashin; T. Ja- lilov) o&#8217;zbek musiqali drama janrining yuksak namunasiga aylandi. Urushdan keyingi yillar teatr re- pertuarida kichik mavzularga muroja-at etish, soxta jo&#8217;shqinlik kayfiyati etakchi- lik qildi. Spektakllar sahnalashtirish va ijro mahorati jihatidan ancha sayoz- ligi natijasida teatr mavkei ancha tu- shib ketdi va ko&#8217;pgina ijodkorlar teat- rni tashlab ketdi. 40-y.larning oxiri \u2014 50-y.larning boshlariga kelib teatr hayoti ancha jonlandi, chunki teatr 1948 y. Toshsovet nomidagi Yangiyo&#8217;l musiqali drama teatri b-n birlashtirildi va te- ATR jamoasi yangi binoga ko&#8217;chib o&#8217;tdi. Teatrning ijodiy tarkibi R. Hamroev (1959-76 y.lar bosh. rej.), H. Umarov, M. Isroilov, U. Qoraboev, M. Orifboev, keyinchalik S. Po&#8217;latov, B. Ixtiyorov, H. Sharipov, M. Ixtiyorova, N. Po&#8217;latova, F. Ahmedov, T. Nazarova, M. Mirtoli- pov, V. Raykova kabi aktyor va rej.lar b-n mustahkamlandi. Natijada &#171;Alpomish&#187; (S. Abdulla; T. Jalilov), &#171;Farhod va Shirin&#187; (K. Yashin; Yu. Rajabiy, G. Mu- shel), &#171;Muqimiy&#187; (S. Abdulla; T. Jali- lov, g. Mushel), &#171;Surmaxon&#187; (B. Rahmonov; T. Ja- lilov, L. Stepanov), &#171;rav-Shan va Zul- xumor&#187; (K. Yashin; T. Jalilov, G. Mu- shel) singari spektakllar b-n teatr o&#8217;z mavqeini ko&#8217;tarib oldi. 50 \u2014 60-y.larga kelib musiqali dra- malar yaratishda nafaqat bastakorlar, balki kompozitorlar ham faol qatnasha boshladilar. &#171;Oltin ko&#8217;l&#187; (uyg&#8217;un; M. Leviev), &#171;Vatan ishqi&#187; (Sh. Sa&#8217;dulla, 3. Fatxullin; S. Boboev), &#171;Toshbolta oshiq&#187; (H. G&#8217;ulom; M. Leviev), &#171;Momo er&#187; (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), &#171;Nodira&#187; (X. Razzoqov; K. Jab-borov, S. Hayitboev) va b. shular jumlasidan. Bu spektak- llardan keyin turli mavzudagi asar- larni musiqiy va sahna talqinini hal etishda teatrning ijodiy imkoniyatlari kengligi namoyon bo&#8217;ldi. Shu davrda yara- tilgan eng yaxshi spektakllarning sahna yuzini ko&#8217;rishida Mannon Uygur, ya. Bo- bojonov, M. Muhamedov, 3. Qobulov, E. Yungvald-xil-kevich, R. Hamroev, M. Mirtolipov kabi rej.lar, F. Shamsut- dinov, N.Ginzburg, F. Nazarov, G. Doni- yax singari diri-jyorlar, g. Vizel, Sh. Shoraximov, 3. G&#8217;oyibov, P. Koval va b. rassomlar, V. Gubskaya, E. Baranovskiy, N. Gordon, R. Vahobov, R. Karimova kabi baletmeysterlarning xizmatlari katta bo&#8217;ldi. Ichki kechinmalarni etkazish b-n birga xonandalik va dramatik mahorat uyg&#8217;unligi X. Ahmedov, M. G&#8217;afurov, F. Rahmatova, E. Jalilovalar ijrosi- da, ifoda vositalarining his-tuyg&#8217;uga to&#8217;laligi, bir obrazdan ikkinchi obrazga tez uta bilish san&#8217;ati L. Sarimsoqovada, betakror kolorit, o&#8217;ziga xos xalq yumori b-n yug&#8217;rilgan ijro S. Xujaevda, kinoya, yaxlitlik, ijro madaniyati H. Umarovda alo-xdda ajralib turdi. 70-80-y.larga kelib teatrning mu- vaffaqiyatli spektakllari asosan tar- jima asarlardan iborat bo&#8217;ldi. &#171;Qonli to&#8217;y&#187; (Garsiya Lorka; I. Akbarov), &#171;Reja&#187; (R. Tagor; M. Bafoev), &#171;Prometey&#187; (Yu. Marsinkyavichus; M. Bafoev), &#171;Jon qizlar&#187; (K. Shang&#8217;itboev, K. Boy-Seitov; A. Muhamedov), &#171;Malinovkada to&#8217;y&#187; (L. Yuxvid; B. Aleksandrov), &#171;Momo er&#187; (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), &#171;un ikkin- chi kecha&#187; (u. Shekspir), &#171;Xonuma xonim&#187; (A. Tsagareli; G. Kancheli) kabi musiqali dramalar shular jumlasidan. Murakkab falsafiy mavzular yori- tilgan bu spektakllarda musikaning roli kutarilishi b-n birga xor, balet Muqimiy teatri binosi. Vazifalari kengaytirildi, metafora, simvolika, shartli teatr qullanmalaridan keng foy- dalanildi, shuningdek, boy sahna kompo- zisiyasi, obrazlar talqinida musiqiy kup ovozlilik qullanildi. 1972 y.dan teatr O&#8217;zbek davlat musi- kiy teatriga aylantiriddi. &#171;Zuldir&#187; (A. Ibrohimov; M. Bafoev), &#171;hiylai shar&#8217;iy&#187; (R. Guntekin; M. Mahmudov) kabi satirik komediyalarda musiqada ham, aktyorlar ijrosida ham hazil- mutoyiba, uziga xos utkir kinoya, istehzo ustunlik qildi. Lekin 70-80-y.lar tajribasi shuni kursatdiki, teatr re- pertuari o&#8217;sha davrda yaratilgan adabiy asarlardan ancha orqada qolib ketdi. Sahna rivojlanishi juda past bo&#8217;lib, murakkab mavzulardan krchildi, maishiy komediyalar yaratishga, bir xil qoliddgi spektakllar sahnalashtirishga e&#8217;tibor qaratidtsi. Bunga katta avlod urniga kel- gan yosh ijodkorlarning mustaqil ijodga hali tayyor emasliklari sabab bo&#8217;ldi. 80-y.lar oxiri \u2014 90-y.larning bosh- larida teatr repertuarini ko&#8217;proq ertak va afsonalar egalladi. &#171;Gul va Navruz&#187;, &#171;Yusuf va Zulayho&#187;, &#171;Tuyaqush boyaqish&#187;, &#171;Shayton va muridlar&#187; kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, dolzarb mav- zular, qayta qurish va qayta qurishdan keyingi davr yoritilgan spektakllar xam sahnalashtirildi. Lekin spektakllar- da ijtimoiy hodisalar chuqur taxlil qilinmagan holda, yuzaki hal etildi. Zamonaviy maishiy mavzu musiqali ko- mediyalar (&#171;kuyovlar konkursi&#187;, &#171;Dilaf- RUzga 4 oshiq&#187; va b.) b-ngina chegaralanib qoldi. 1993-94 y.lar teatr repertuari &#171;Bir kam dunyo&#187; (T. Yunus, A. Yunus), &#171;To&#8217;ylar muborak&#187; (O&#8217;. Hoshimov, O. Mux- tor; M. Maxmudov), &#171;Toshkentga sayohat&#187; (B. Dar-vesh; N. Xalilov) va b. musiqali komediyalar b-n boyidi. Bu spektakllar- da xalq lirik kuylari, hazil, o&#8217;yinbop qo&#8217;shiklar asosiy o&#8217;rin tutdi. O&#8217;sha yil- larda sahnalashtirilgan &#171;Nodirabe- gim&#187; (T. To&#8217;la; F. Olimov), &#171;har kimki vafo qilsa&#187; (H. Muhammad; A. Ismoi- lov, S. Xayitboev, M. Otajonov) kabi spektakllarda tarixiy mavzuga qaytish, milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo&#8217;shgan yirik tarixiy shaxslarni gavdalantirishda teatr sifat jihatiga alohida e&#8217;tibor berdi. 1995-97-y.lar &#171;Fotima va Zuhra&#187; (O&#8217;. Umarbekov; F. Olimov), &#171;Oqibat&#187; (R. Ma&#8217;diev; B. Umidjonov), &#171;Devona&#187; (R. Ma&#8217;diev, F. Olimov) vab. Spektakllarda realistik an&#8217;analar ta&#8217;sirchan melodra- malar b-n uyg&#8217;unlashib ketdi. Keyingi yillarda syujet chizig&#8217;i hazil-mutoyiba, kiziqchilik, aktyorning yangi topilmalari b-n qorishib ketgan &#171;Bu qanday balo&#187; (E. Yusufaliev; N. Xa- lilov), &#171;Superqaynona&#187; (S. Ismoilov; F. Olimov), shuningdek, &#171;tuydan keyin tomosha&#187; (Shukrullo; N. Norxo&#8217;jaev), &#171;Taqdir&#187; (R. Ma&#8217;diev; B. Lutfullaev), &#171;O&#8217;lding, aziz bo&#8217;dding&#187; (X. Xursan- dov; F. Olimov) kabi bir qancha muvaf- faqiyatli spektakllar sahnalashtirildi. Bugungi kunda teatr izlanishda, harakatda, F. Rahmatova, M. Ixtiyoro- va, S Po&#8217;latov, N. Po&#8217;latova, D. Safoeva, M. Yoqubova, M. Qayumova, A. Mirzaeva- lar b-n bir qatorda R. Solihov, T. Bek- Nazarov, M. Salimov, T. Pirjonov, X. To&#8217;xtaev, 3. Boyxonova, B. Xolmirzaev, M. Bekjonova, A. Bekjonov, N. Rustamov, G. Rustamova, D. Uzoqov kabi yoshlar ham te- ATRning etakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rej.i \u2014 Bahodir na- zarov, bosh dirijyor \u2014 Jo&#8217;ra Ortiqov, bosh baletmeyster \u2014 Shokir Axmedov. M.t. binosi qad. va zamonaviy me&#8217;mor- lik uslublarini o&#8217;zaro uyg&#8217;unlashtirish asosida barpo etilgan (1943, bezakla- ri -1951, me&#8217;morlar D. Xazanov, V. Tixonov; muhandis A. Rabinovich; xalq ustalari yu. Musaev, M. Qosimov, Usta Shirin, Sh. G&#8217;ofurov, usta Mo&#8217;min va b. qatnashgan). Bosh tarzi 3 ravokli, peshtoqli, tepasi sharafali. Peshtoki- ning 2 yoniga ganchkori panjarali namoyon ishlangan. Usta Yusufali daxliz zalla- rini qobirg&#8217;ali gumbazlar b-n ko&#8217;targan, ustunlar orasiga ustma-ust ravoqlar o&#8217;rnatib, intereri ganch o&#8217;ymakorligida bezatilgan. Usta Mo&#8217;min tomosha zali devoriga uzum va uning barglari tasvi- rini ganchga o&#8217;yib ishlagan, foyesida esa gullayotgan o&#8217;rik daraxti tasvir- langan. Tomosha zali 800 tomoshabinga mo&#8217;ljallangan. Mustaqillik yillarida teatr ilk bor rekonstruktsiya qilindi. Marfua Hamidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqimiy teatri, Muqimiy no- midagi O&#8217;zbek davlat musiqali drama te- atri \u2014 O&#8217;zbekistonning yirik teatrla- ridan biri. 1939 y. 30 noyabrda komik AK- tyor M. Miroqilov tashabbusi b-n Respu- blika &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqimiy-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116866","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116866","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116866"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116866\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116878,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116866\/revisions\/116878"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116866"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116866"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116866"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}