{"id":116868,"date":"2024-05-08T18:09:09","date_gmt":"2024-05-08T15:09:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116868"},"modified":"2024-05-08T18:09:14","modified_gmt":"2024-05-08T15:09:14","slug":"muchal-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muchal-2\/","title":{"rendered":"Muchal"},"content":{"rendered":"\n<p>Muchal, muchal yil hisobi \u2014 Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida mi- loddan 2000 yillar oldin kiritilgan xitoylarning tsiklik kalendari yotadi. 60 yillik tsikl b-n yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh \u2014 Oy kalendari (q. Kalendar) bo&#8217;lib, u oyning er atrofida aylanish davri- ga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va tropik yilga (365,2422 sutka) tayanadi. Yilning uzunligi od- diy yillarda 12 oylik bo&#8217;lib, 354 kun- ga, kabisa yillarda esa 13 oylik bo&#8217;lib, 384 kunga teng. 60 yillik tsiklda kaysi yil 12 oylik, qaysisi 13 oylik (EMBO- lismik) bo&#8217;lib kelish tartibi ma&#8217;lum Oy fazasi (mas, yangi oy) yilning anik, bir sanasiga to&#8217;g&#8217;ri kelish davriga (bu davr 19 yilga teng bo&#8217;lib, uning ixtiro- chisi sharafiga Meton davri yoki tsikli deyiladi) ko&#8217;ra aniqlanadi. 19 yillik tsiklning 2-, 5-, 7-, 10-, 13-, 15- va 18-y. larida 13-oy qo&#8217;shilib, qolganlari od- diy \u2014 12 oydan iborat bo&#8217;ladi. 20-a.da ushbu kalendarning 19-yillik tsikllari boshi 1924, 1943, 1962, 1981, 2000 yil- larga to&#8217;g&#8217;ri keldi. Qad. Xitoy kalenda- rida 60 yillik tsiklning kelib chiqish tarixi quyidagicha. Kds. da olam 5 ta \u2014 suv, olov, tuproq, metall va yog&#8217;och kabi unsurlardan tashkil topgan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mu- jassamlantirgan, deb qaralar edi. Bu 5 unsur o&#8217;zining 2 xususiyati b-n &#171;osmon shoxobchasi&#187; belgilari (Szya, i, bin, din, u, szi, gen, sin, Jen, Guy) orqali ifo- dalangan. 60 yillik tsiklning paydo bo&#8217;lishida ana shu 5 unsur uni tashkil etuvchi ko&#8217;paytiruvchilardan biri bo&#8217;lib, ikkinchisi \u2014 12 esa osmonning eng yorug&#8217; &#171;yul-duz&#187;laridan bo&#8217;lgan Yupiter (Mushtariy^ning yillarida ifodalan- gan davridan olingan. Yupiterning 12 yillik harakat yo&#8217;li 30\u00b0 dan qilib 12 bo&#8217;lakka bo&#8217;lingan (30\u00b0x 12=360\u00b0) va xar bir bo&#8217;lagiga &#171;er shoxob- chasi&#187; deb ataluvchi 12 oyning belgilari (szi, Chou, in, Mao, Chen, si, u, Vey, Shen, yu, Syuy, xay) qo&#8217;yib chiqilgan. Keyinchalik milod boshlarida bu belgilarga ushbu hayvonlarning nomlari qo&#8217;shib qo&#8217;yilgan: kalamush, sigir, yo&#8217;lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot, qo&#8217;y, maymun, tovuq, it, cho&#8217;chqa. Bular Quyoshning yillik ko&#8217;rinma xara- kati yo&#8217;lida joylashgan (zodiak soxa deb yuritiluvchi sohada) ushbu yulduz turkum- lari egallagan hududlarga mos keladi: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sum- bula, mezon, Aqrab, qavs, Jadiy, Dale va Xut. Oqibatda qad. xitoyliklar &#171;osmon shoxobchasi&#187; va &#171;er shoxobchasi&#187; belgila- ridan tashkil bo&#8217;lgan va 60 (12&#215;5) yilni o&#8217;z ichiga olgan tsiklik jadvaltaqvimni tuzganlar. Mazkur taqvimda ma&#8217;lum yil \u2014 &#171;osmon shoxobchasi&#187;ning vertikal US- tuni va &#171;er shoxobchasi&#187;ning gorizon- tal yo&#8217;li kesishgan katakda joylashib, qo&#8217;shma \u2014 &#171;quyon-olov&#187;, &#171;maymun-metall&#187; yoxud &#171;otsuv&#187; kabi nomlar b-n ataladigan bo&#8217;lgan va aynan shu nomlarga mos ra- vishda, 60 yildan so&#8217;nggina qaytarilgan. 60-yillik tsiklga ega bo&#8217;lgan bu taqvim hoz. kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, vet- nam va Mongoliyada qo&#8217;llanadi. Xitoy va Koreyada &#171;osmon shoxobchasi&#187;ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi \u2014 ijobiy va salbiy (ba&#8217;zan ikki jins \u2014 er va ayol) xususiyatlariga ko&#8217;ra ikkiga bo&#8217;lingani holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga ko&#8217;ra \u2014 katta va kichik nom b-n, mongo- liyada esa 5 unsur faqat ranglar b-n ko&#8217;k (ba&#8217;zan yashil), kizil, sariq, oq va qora deb qo&#8217;llaniladi (jadvalga q.). Qad. yozma manbalarda ko&#8217;rsatilishicha, M.ni dastlab Yunon-Baqtriya pod-sholigi davrida (mil. AV. 250\u2014 140- yoxud 130y.) ko&#8217;chmanchi chorvador xalqlar yaratgan, so&#8217;ngra Mo&#8217;g&#8217;uliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg&#8217;oniston, O&#8217;rta Osiyo mamla- katlari va b. mamlakatlarga tarkalgan. Bu hisobning vatani Xitoy va Misr de- gan ma&#8217;lumotlar xam bor. Kishilarning tug&#8217;ilgan yillarini hayvonlar nomi b-n atash odati ayrim xayvonlarga sig&#8217;inish asosida kelib chiqqan: 12 yillik hisobga kiritilgan hayvonlar &#171;xosiyatli&#187; va &#171;muqaddas&#187; hisoblangan. Qaysi mamla- katda qanday hayvonga ko&#8217;proq sig&#8217;inilsa, shu hayvon mazkur yillik hisobga ki- ritilgan. Mac, Xitoyda baliq o&#8217;rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba&#8217;zi xal-qlar orasida baliq o&#8217;rniga timsoh, Misrda sichqon o&#8217;rniga mushuk, ot o&#8217;rniga eshak va h.k. qo&#8217;llangan. O&#8217;rta Osiyo mam- lakatlari, Mo&#8217;g&#8217;uliston, Xitoy va b. mam- lakatlarning xalqlari orasida turli buyumlarni M. yil hisobiga kiritilgan hayvonlarning tasviri b-n bezash odat bo&#8217;lgan. Oltin va kumushdan ilon shakli- da ishlangan bilaguzuklar, baliq va b. hayvonlarning tasviri o&#8217;yib ishlangan mis tovoklar bunga misol bo&#8217;ladi. Qad. rivoyatlarga ko&#8217;ra, M. yil hisobidagi har bir yilda muayyan voqeaqodisalar sodir bo&#8217;lar emish. Mas, &#171;ilon yili&#187;da qurg&#8217;oqchilik, qimmatchilik bo&#8217;lar, qish sovuq kelar, &#171;to&#8217;ng&#8217;iz yili&#187;da esa yog&#8217;ingarchilik ko&#8217;p, narxnavo arzon bo&#8217;lar emish. Tug&#8217;ilgan bolaningtaqdiri, fe&#8217;l-atvori ham go&#8217;yo uning qaysi yilda tug&#8217;ilganligiga bog&#8217;liq ekan (xususan, &#171;quyon yili&#187;da tug&#8217;ilgan o&#8217;g&#8217;il bola yaxshi kishi bo&#8217;lib etishib, foydali ishlar qiladi, uzoq, badavlat xayot kechiradi va h.k.).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muchal, muchal yil hisobi \u2014 Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida mi- loddan 2000 yillar oldin kiritilgan xitoylarning tsiklik kalendari yotadi. 60 yillik tsikl b-n yilning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muchal-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116868","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116868","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116868"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116868\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116880,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116868\/revisions\/116880"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116868"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116868"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116868"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}