{"id":116869,"date":"2024-05-08T18:09:12","date_gmt":"2024-05-08T15:09:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116869"},"modified":"2024-05-08T18:09:17","modified_gmt":"2024-05-08T15:09:17","slug":"mutasiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mutasiya\/","title":{"rendered":"Mutasiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Mutasiya \u2014 organizm u yoki bu belgilarining o&#8217;zgarishiga olib keluvchi genetik materialning to&#8217;satdan tabiiy yoki sun&#8217;iy irsiy o&#8217;zgarishi. M. haqidagi ta&#8217;limotga gollandiyalik botanik X. De Friz asos solgan (1901). M.ning mole- kulyar mexanizmi 20-a.ning o&#8217;rtalarida olib borilgan molekulyar genetika sohasidagi tadqiqotlar b-n bog&#8217;liq. M. hosil qilish virus va mikroorganizm- lardan boshlab barcha yuksak o&#8217;simliklar, hayvonlar va odam uchun xos bo&#8217;lgan tiri- klikning universal xossasidir. Agar M. belgilarning yovvoyi tipga xos holatdan chetga chiqishiga olib keladigan bo&#8217;lsa, bu holat to&#8217;g&#8217;ri M. deyiladi. Bunday M. tabiatda keng tarqalgan. Yovvoyi tipga xos belgining to&#8217;la yoki qisman tikla- nishiga olib keladigan M. esa teskari M. yoki reversiya deb ataladi. Organizm- ning generativ (jinsiy) xujayralari- da sodir bo&#8217;ladigan M. (generativ M.) naslga beriladi. Somatik xujayralar- da yuz beradigan M. esa faqat vegetative ko&#8217;payish orqali naslga beriladi. Yadro xromosomalarida sodir bo&#8217;ladigan va tsitoplazmatik (hujayra organoidlari \u2014 mitoxondriyalar, plastidalar va b.da yuz beradigan) M. ham mavjud. Genetik apparatning o&#8217;zgarish xususiyatiga ko&#8217;ra ayrim genlarning o&#8217;zgarishiga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan gen, ya&#8217;ni nuqtali M., xromosoma to&#8217;plami sonining o&#8217;zgarishi orqali so- dir bo&#8217;ladigan genom M., ayrim xromoso- malar sonining o&#8217;zgarishi b-n bog&#8217;langan ane-uploidiya; xromosomaning qayta tuzilishi orqali namoyon bo&#8217;ladigan seg- mentli M. ajratiladi. Gen M.si dan tashqari qolgan barcha M. &#171;xromosoma aberrasiyalari&#187; deb ataladigan umumiy nom b-n yuritiladi. Gen yoki nuqtali M. ayrim genlarning barqaror o&#8217;zgaruvchanligi bo&#8217;lib, barcha M. ning eng ko&#8217;p qismini tashkil etadi. Gen M.si yangi irsiy xromosomalar pay- do bo&#8217;lishining asosiy sababchisi bo&#8217;lib, genlar xilma-xilligi va kombinativ uzgaruvchanlikning asosi hisoblanadi. Gen M.si kelib chiqishining asosiy sa- babchisi DNK tarkibidagi nukleotid- lar juftligi (RNKdagi nukleotidlar izchilligi)ning o&#8217;zgarishidan iborat. Bu toi-fadagi M. tranzisiya, Transversiya kabi 4 guruhga bo&#8217;linadi: 1) tranzisiya \u2014 purin-pirimidin juftligi o&#8217;zgarmagan holda juft nukleotidning almashinishi (AT&lt;=>GC) tufayli sodir bo&#8217;ladigan M.; 2) Transversiya \u2014 purin-pirimidin juftligi o&#8217;zgargan qolda juft nukle- otidlarning almashinishi (AT&lt;=>GC, AT&lt;=>ta, GC&lt;=>CG) tufayli sodir bo&#8217;ladigan M.; 3) juft nukleotidlarning qo&#8217;shilishi orqali sodir bo&#8217;ladigan M.; 4) juft nukleotidning tushib qolishi tufayli kelib chiqadigan M.Xromosoma to&#8217;plami sonining o&#8217;zgarishi b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan genom M. Har bir tur uchun xro- mosomalarning muayyan to&#8217;plami xos bo&#8217;ladi. Bu to&#8217;plamdagi xromosomalar- ning har biri bir martagina uchraydigan xromosoma to&#8217;plami (p) b-n belgilanadi. Diploid hujayralarda xromosoma- lar ikki to&#8217;plam (2p)ga, gaploid xujayra- larda esa bitta to&#8217;plam (p)ga ega bo&#8217;ladi. M. natijasida organizm hujayralarida xromosomalar soni gaploid to&#8217;plamiga nisbatan bir necha karra ortadi, ya&#8217;ni po- liploid holatga o&#8217;tadi. Xromosomalar to&#8217;plami 3 marta ortgan, ya&#8217;ni Zp bo&#8217;lsa, triploid, 4 marta ortgan (4p) bo&#8217;lsa, te- traploid, besh marta ortgan (5 p) bulsa, pentaploid deyiladi. Poliploidlar au- topoliploidlar (aynan bir xil xromoso- ma to&#8217;plamining bir necha martaga orti- shi) va allopoliploidlar (turlararo du- ragaylarda ikki, ba&#8217;zan undan ortiqhar xil xromosomalar to&#8217;plamining bir necha martaga ortishi)ga ajratiladi. Ayrim xromosoma sonining o&#8217;zgarishi b-n bog&#8217;liq (aneuploidiya) M., ya&#8217;ni Gete- roploidiya deb ataladigan M. normal sondagi xromosoma tuplamida ayrim xromosomalarning normadagi gomolo- glar soniga nisbatan ortishi, mas, ikki gomolog urniga 3 ta bulishi (trisomiya, 2p+1) yoki kamayishi \u2014 ikki gomolog Urniga bitta xromosoma bo&#8217;lishi (mo- nosomiya, 2p\u20141) yoki juft xromosoma bulmasligi (nullisomiya) tufayli kelib chiqadi. Xromosomalarning qayta tuzilishi b-n bog&#8217;liq M. \u2014 segmentli M.da xromo- somalar soni uzgarmaydi, lekin bir yoki bir necha xromosomaning qayta tuzilishi kuzatiladi. Xromosomalarning qayta tuzilishi defishensiya, delesiya, du- plikasiya, inversiya va translokasiyalar orqali sodir buladi. M.ning kupchiligi organizm uchun zararli. Ko&#8217;p hollarda mutant genlar irsiy kasalliklar keltirib chikaradi; organizmningg mayibmajruh bulishi, hatto nobud bulishiga olib keladi. Juda kam xrllarda vujudga keladigan gen M.si u yoki bu xossalarning yaxshila- nishiga sababchi buladi va aynan mana shunday M. tabiiy tanlanish va sun&#8217;iy tanlash uchun material beradi; tabiatda evolyusiya uchun zarur sharoit yaratadi; selektsiya uchun foydali formalarni et- kazib beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mutasiya \u2014 organizm u yoki bu belgilarining o&#8217;zgarishiga olib keluvchi genetik materialning to&#8217;satdan tabiiy yoki sun&#8217;iy irsiy o&#8217;zgarishi. M. haqidagi ta&#8217;limotga gollandiyalik botanik X. De Friz asos solgan (1901). M.ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mutasiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116869"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116881,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116869\/revisions\/116881"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}