{"id":116870,"date":"2024-05-08T18:09:17","date_gmt":"2024-05-08T15:09:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116870"},"modified":"2024-05-08T18:09:36","modified_gmt":"2024-05-08T15:09:36","slug":"musiqashunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/musiqashunoslik\/","title":{"rendered":"Musiqashunoslik"},"content":{"rendered":"\n<p>Musiqashunoslik &#8212; san&#8217;- atshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa ta- rixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi aso- siy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixolo- giya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sosiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va b.) sohalarni o&#8217;z ichiga oladi. Nazariy M., umuman musiqa san&#8217;ati yoki muayyan davr, biror xalq, shuningdek, ba&#8217;zi yirik kompozitorlar asarlari tu- zilish qoidalari, musiqa tili va kom- pozisiya xususiyatlarini tadqiq qiladi. Musiqaning ayrim ifodaviy vositala- ri garmoniya, polifoniya, musiqa shakli tahlili, orkestrlash, cholg&#8217;ushunoslik kabi fanlarda o&#8217;rganiladi. Musiqa uquvini rivojlantirishda solfeji- onnt ahamiyati katta. Tarixiy M. musiqa madaniyati taraqqiyotiga har tomonlama ta&#8217;rif be- rishni o&#8217;z oldiga asosiy maqsad qilib qo&#8217;yib, uni tarixiy jarayon, falsafa, mafkura, adabiyot, teatr va san&#8217;atning boshqa turlari rivoji b-n bog&#8217;liq holda yoritadi. Musiqaning umumiy tarixi- dan tashqari yirik mintaqalar (Evropa, Osiyo kabi), bularning munosabati (G&#8217;arb- Sharq yoki Sharq-G&#8217;arb), ayrim mamlakat- lar va xalqaro yoki muayyan davr musiqa ta- rixi (klassisizm, romantizm, impressi- onizm), shuningdek, musiqiy uslub, janr va shakllar (opera, simfoniya, kontsert va h.k.), ijrochilik san&#8217;ati va b.ning yuzaga kelish tarixini o&#8217;z ichiga oladi. Musiqa ijodiyotini tadqiq qilishda tarixiy M. musiqiynazariy taxlil ma&#8217;lumotlariga tayanadi, o&#8217;z o&#8217;rnida nazariy M. xulosa- lari to&#8217;liq va ilmiy bo&#8217;lishi maqsadida o&#8217;rganilayotgan hodisalarga tari-Xan yondashadi. Nazariya va tarixiylikning chuqur, uzviy aloqadorligi M.ning aso- siy shartlaridandir. O&#8217;rta va yaqin Sharq xalqlari musiqa san&#8217;ati qonunqoidalari tizimini o&#8217;rganuvchi ilmi musiqiy (musiqa ilmi) 8-9-a.larda (Yunus al-kotib, Xalil ibn Ahmad) shakl topgan. Ilmi tpa&#8217;lif, ilmi iyqo va ilmi advorpan tarkib to- pib, musika nazariyasi, tarixi, ijodi- yoti va ijrochiligi masalalari haqida bahs yuritgan. 14-15-a.lar manbalarida &#171;ilmi advor&#187; deb ham atalgan. Markaziy Osiyo madaniyatida ilmi musiqiy aso- san 3 ta uslubiy yo&#8217;nalishda rivojlan- gan: 1) musiqa ijodiyoti an&#8217;analarini Yunoniston (Aristotel, Aristoksen, Ptolemey) mantiq ilmi, mat.si va Fi- zikasi qonunqoidalari negizida umum- lashtirishga asoslangan ilmiyrasi-ona- listik yo&#8217;nalish (Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox, al-Xorazmiy, Umar Xay- yom, Qutbiddin ash-Sheroziy, Faxriddin ar-Roziy va b.); 2) muayyan bir ijodiy uslub, maktab yoki musiqaning ma&#8217;lum bir soxasi (ashula yoki cholg&#8217;u ijrochi- ligi va h. k.)ni amaliy o&#8217;zlashtirishga mo&#8217;ljallangan amaliy-empirik yo&#8217;nalish (Banu Muso, Yahyo al-munajjim, Safiud- din al-Urmaviy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va b.); 3) Qur&#8217;on, hadislar, shariat arkonlari va tasavvuf g&#8217;oyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda musiqaning ma&#8217;naviy mo-hiyati, tarbiyaviy ahamiyati masalalarini o&#8217;rganishga bag&#8217;ishlangan diniy-ma&#8217;na- viy yo&#8217;nalish (Kalobodiy Buxoriy, Abu X\u00b0Mid G&#8217;azoliy, Boqiyo Noiniy, Ziyouddin Naxshabiy, Nurasad Chishtiy, Abdulhaq Dexlaviy, Hujviriy, Abbodiy va b.). Oxirgi yo&#8217;nalishda ilmi musiqiy ko&#8217;p hollarda &#171;samo'&#187; deb atalgan. Temu- riylar davrida ilmiyrasionalistik va amaliy-em-pirik uslublarni o&#8217;zaro mujassamlashtirishga yo&#8217;naltirilgan ta&#8217;limotlar vujudga keldi (Abdulqodir Marog&#8217;iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulo- biddin al-Husayniy, Kavkabiy va b.)- Ilmi musiqiyning muammolar tizimi musiqaning kelib chiqishi, uning ijti- moiy, ma&#8217;naviy, tarbiyaviy ahamiyati, kuy turlari (alhon) va janrlari, nag&#8217;ma, bu&#8217;d, jins, jam, iyqo, intiloqot (in- tonasiya), ta&#8217;lif (ijod, kompozisiya), cholg&#8217;ushunoslik (sinoatil-olat) va b. masalalardan tarkib topib, ularni o&#8217;rganishda mat. (riyoziyot), fizika (ilmi tabiiy), geometriya (handasa), mantiq va b. fanlar krnunqoidalari, isbot vosita- lari keng tatbiq etilgan. 20-a.ning bosh- laridan ilmi musiqiy Evropa va jahon musiqashunosligining ilg&#8217;or uslubiy tamoyillari b-n boyitilib, zamonaviy musiqa sharqshunosligining tari-xiy, uslubiy negizi va tarkibiy kismi sifa- tida rivojlangan (mas, A. Fitratning &#171;O&#8217;zbek klassik musiqasi va uning ta- rixi&#187;, 1927 \u2014 Arab alif-bosida; yangi nashri, T., 1993). O&#8217;zbekistonda keng qamrovli M. 20-a. dan rivoj topa boshladi. 1920\u2014 30 y.larda paydo bo&#8217;lgan ilk M. asarla- ri, asosan, shu davrda to&#8217;plana boshla- gan o&#8217;zbek musiqa merosini tizimli o&#8217;rganishga (V. Uspenskiy, N. Mironov, E. Romanovskaya, Il. Akbarov va b.ning maqola va kitoblari), milliy cholg&#8217;u asboblarni tasniflashga (V. Belyaev) qaratilgan. O&#8217;zbekiston kompozitorlik musiqa madaniyatiga oid birinchi yirik tadqiqot (&#171;O&#8217;zbek musiqasining rivoj- lanish yo&#8217;llari&#187;, rus tilida) 1946 y.da yaratilgan. Keyingi davrda o&#8217;zbek musi- kashunosligi, asosan, musika merosini keng miqyosda to&#8217;plash va tadqiq qilish (mas, &#171;O&#8217;zbek xalq musiqasi&#187;, 1-9-j.lar, T., 1955-66; &#171;Shashmaqom&#187;, I\u2014VI jild- lar, T., 1966-75; I. Rajabov, &#171;Maqomlar masalasiga doyr&#187;, T., 1963; F. Karo- matov, &#171;O&#8217;zbek xalq musiqasi merosi&#187;, 1 \u2014 2:j., T., 1978-83; T. G&#8217;afurbekov, &#171;O&#8217;zbek professional musiqa ijodining folklor manbalari&#187;, T., 1984&#8243;), ayrim janrlarning shakllanishi (mas, ya. Pek- ker, &#171;O&#8217;zbek operasi&#187;, M., 1963, 2nashr, 1984; N. Yanov-Yanovskaya, &#171;O&#8217;zbek simfo- nik musikasi&#187;, T., 1979, rus tilida; T. G&#8217;afurbekov, &#171;Milliy monodiyaning ijo- diy resurelari va bularning zamonaviy o&#8217;zbek musiqasida saykal topishi&#187;, T., 1987, rus tilida); o&#8217;zbek musiqasining 20-a. tarixi (&#171;O&#8217;zbek sovet musikasi ta- rixi&#187;, 1-3 j., T., 1972-1991, rus ti- lida), Sharq allomalari ilmiy merosi (mas, o. Matyoqubov, &#171;Forobiy Sharq musiqa asoslari haqida&#187;, rus tilida, T., 1986; A. Nazarov, &#171;Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida&#187;, T., 1995), o&#8217;zbek sozanda va xonandalari faoliya- ti (&#171;O&#8217;zbek xalq sozandalari&#187;, 1-2-ki- tob, T., 1959-74), musika chol-g&#8217;ulari va cholg&#8217;u musiqasi (F. Karomatov, &#171;O&#8217;zbek cholg&#8217;u musiqasi&#187;, T., 1972; T. Vizgo, &#171;Urta Osiyo musika cholg&#8217;ulari&#187;, M., 1981, rus tilida) va b. masalalarga oid yirik asarlar, tadqiqotlar, to&#8217;plamlar yara- tildi. 20-asrning so&#8217;nggi choragida tan olingan bir qancha dareliklar o&#8217;zbek ti- liga (T. G&#8217;afur-Bekov tahririda) tarjima qilindi, ilk musiqa lug&#8217;atlari (Il. AK- barov) va yangi dareliklar (T. Qurbonov, O. Azimova) yaratildi. O&#8217;zbek musikashu- noslari xalqaro musiqa anjumanlari- da faol qatnashadi, ularning asarlari chet ellarda nashr etilgan. Uzbekiston musiqashunosligiga Il. Akbarov, Ya. Pekker, T. Vizgo, F. Karomatli, I. Raja- bov, A. Jabborov, S. Galiskaya, N. Yanov- Yanovskaya, T. G&#8217;afurbekov, R. S. Abdullaev, O. Matyoqubov, A. Nazarov, R. Yunusov va b. salmokli qissa qo&#8217;shgan. Toshkent (2002 y.dan Uzbekiston) davlat konservatoriyasida 1940-y.lar- dan e&#8217;tiboran M.ning tarixiy, nazariy, folklorshunoslik, 1972 y.dan musiqiy sharqshunoslik, musiqiy tanqid va jur- nalistika yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. San&#8217;atshunoslik ilmiy tadqiqot iti- da nomzodlik (1981-92), dlik hamda nomzodlik (1992 y.dan shu kunga qadar) dissertasiyalari bo&#8217;yicha ixtisoslashgan kengash faoliyati doirasida Uzbekiston, Markaziy Osiyo va Zakavkaze M.gi uchun ilmiy darajali kadrlar tadqiqotlari himoyasi o&#8217;tkaziladi. Ikkala muassasada M.ka doyr aspirantura va doktorantura ochilgan. Abdumannon Nazarov, To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Musiqashunoslik &#8212; san&#8217;- atshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa ta- rixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi aso- siy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/musiqashunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116870","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116870","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116870"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116870\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116870\/revisions\/116883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116870"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116870"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116870"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}