{"id":116882,"date":"2024-05-08T18:15:28","date_gmt":"2024-05-08T15:15:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116882"},"modified":"2024-05-08T18:15:32","modified_gmt":"2024-05-08T15:15:32","slug":"musiqa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/musiqa\/","title":{"rendered":"Musiqa"},"content":{"rendered":"\n<p>Musiqa (Yun. mousiche \u2014muzalar san&#8217;-ati) \u2014 inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag&#8217;ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sa- nat turi. Uning mazmuni o&#8217;zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli kayfiyatlari (mas, ko&#8217;tarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, g&#8217;amginlik, xavf-qo&#8217;rquv va b.)ni o&#8217;zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, M. shaxsning Iroda- viy sifatlari (kat&#8217;iyatlik, intiluv- chanlik, o&#8217;ychanlik, vazminlik va b.)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. M.ning ushbu ifodaviy- tasviriy imkoniyatlari yunon olim- lari \u2014 Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari \u2014 Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kav- kabiy, tasavvuf arboblari \u2014 Imom G&#8217;azoliy, Kalobodiy Buxoriy va b. to- monidan yuqori baholangan, sharh va il- miy tadqiq qilingan. M.ning odam ongi va hissiyotiga ta&#8217;sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo&#8217;lgan prosessual \u2014 muayyan jarayonli tabiati b-n bog&#8217;liqtsir. M. asarlari maz- munida badiiy g&#8217;oyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning o&#8217;zaro munosabatlari (taqqoslanish, to&#8217;qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shaklla- nadi. Mazkur jarayonning xususiyatlari- ga ko&#8217;ra M. mazmuni ham turli \u2014 epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo&#8217;lishi mumkin. Bulardan insonning ichki du- nyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo&#8217;lgan lirika M.ning &#171;botiniy&#187; tabiatiga ancha yaqindir. M.ning mazmu- ni \u2014 shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan ibo- rat bo&#8217;lib, bunda ma&#8217;lum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, sur&#8217;- at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umum- lashgan holda ifodalanadi. M. shakllari har bir davrning ma&#8217;naviyma&#8217;rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaktda inson faoliyatining ko&#8217;pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbir- lar, odamlarning o&#8217;zaro etik va estetik ta&#8217;sir etish, muloqot qilish jarayonla- ri) b-n mushtarakdir. M.ning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg&#8217;ularini ri- vojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag&#8217;batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Nutq, tovushli signal berish va b. tovushli\u2014ma&#8217;noli jarayonlar singari, M. ham muayyan ma&#8217;lumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastli- gi, ingichka-yo&#8217;g&#8217;onligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va b. vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash im- koniyati jihatidan M. nutqqa (nutq in- tonasiyalariga) o&#8217;xshaydi. Ammo, san&#8217;at turi sifatida M. fakat ungagina xos bo&#8217;lgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni ko&#8217;zlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, M. tovushlarining muayyan mu- sika tizimlarida tashkil etilishi) b-n nutkdan farq qiladi. Xar bir alohida olingan M. tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega bo&#8217;lsada M. tovushlari- ning baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa \u2014 musiqiy ritm va metrda o&#8217;z aksi- ni topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari M. madaniyati, jumladan, o&#8217;zbek musiqa folklori, an&#8217;anaviy musiqa va basta- korlik ijodiyotida lad asosini turli ko&#8217;rinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik M.da (ayniqsa, 20 &#8212; a.da rivoj toptan yo&#8217;nalishlarda) diatonika b-n birga xromatika ham keng o&#8217;rin olgan. M.da asosiy badiiy vosita \u2014 kuy (melodiya)dir. M.ning ogzaki an&#8217;anadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy ob- razning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Ko&#8217;p ovozli kompozitorlik yo&#8217;nalishlarda garmoniya, polifoniya un- surlari ham muhim o&#8217;rin egallaydi. M. asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozisiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-Munining mod- diy tajassumi va vujudga kelish vosi- tasi bo&#8217;lib xizmat qiladi. M. asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos bo&#8217;lib, bular badiiy maz- mundagi o&#8217;zgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga ma&#8217;lum darajada zid- dir. O&#8217;zaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar M. asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda o&#8217;z echimini topadi. Turli xalqlar M. madaniyati va an&#8217;a- nalarida M.ning barkaror va beqaror unsurlarining o&#8217;zaro munosabatlari ham o&#8217;zgachadir. Mac, an&#8217;anaviylik me- Zoniga asoslangan og&#8217;zaki yo&#8217;nalishdagi M. uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar b-n birga M. asarla- ri shakliga badixago&#8217;ylik xususiyatla- ri, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma an&#8217;anadagi kompozitorlik san&#8217;ati asar- lari esa ko&#8217;proq aynan musiqiy rivojla- nish qoidalariga, ya&#8217;ni tugallangan, yax- lit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda ob&#8217;ektiv holatda saqlashda asosiy omil bo&#8217;lgan nota yozuvi mu-him o&#8217;rin tutadi. M. inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o&#8217;ziga xos o&#8217;ringa egadir. U dam olish va ko&#8217;ngil ochish paytlari, turli ma- rosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun M. asarlari o&#8217;z mazmuni- ga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, Sarbozcha, vals, marsh, mes- sa kabi janrlar hayotdagi maishiy va b. sharoitlar b-n bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Ashula, dastgoh, cholg&#8217;u kuy, maqom yo&#8217;llari, kon- tsert, miniatyura, romans va b.da estetik ta&#8217;sir o&#8217;tkazish vazifalari asosiy o&#8217;rin tutadi. Janrlar, o&#8217;z navbatida, diniy mustsha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mustsha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mustsha, xor musikasi kabi M.turlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individu- al) M. uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni o&#8217;ziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub bo&#8217;lgan turli janrdagi asarlar umumiya- tini aks ettiradi (q. Avangardizm, Ba- Rokko, klassisizm, og&#8217;zaki an&#8217;anadagi musika, romantizm, sentimentalizm). Bastakor va kompozitorpar badiiy ob- razlarni kengroq qamrashga intilishib, M. va boshqa san&#8217;at turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tu- shunchaga ega bo&#8217;lgan so&#8217;z, sahna harakati, kino tasviri va b. unsurlar b-n qorishiq M. asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (q. Vokal musikasi, kino mu- SIKASI, rake musikasi, teatr musikasi). M., shuningdek, boshqa san&#8217;at turi va janrlarida ham muxim rol o&#8217;ynaydi. Mac, opera janrida, o&#8217;zbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor san&#8217;ati xamda orkestr musiqaschnk drama b-n boglaydi. Balet va b. raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini M. yor- damida ifodalaydi. Insonning M. faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kuri- nishga ega bo&#8217;ladi. Ijod bosqichida ba- diiy g&#8217;oya va shakl muallif ongida mush- tarak holda tug&#8217;iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shax- siy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. M. ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining Xu- susiy didi, hayotiy va badiiy tajriba- siga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, M. faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi. Turli (kompozitorlik va og&#8217;zaki an&#8217;- anadagi) uslublarda mustsha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida M. ko&#8217;pincha badiiy asarlarni ijro etadi- gan san&#8217;atkorlar faoliyati orqali na- moyon bo&#8217;ladi. Shuning uchun M. ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird mu- nosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida o&#8217;rgangan asarlar- ni jonli ravishda tinglovchilar oldi- da talqin etadilar. Musiqiy folklore tizimida M. namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qo&#8217;shiqchi, sozanda yoki jamoa- viy tarzda ijro etiladi. M. ijrochiligi mustsha cholg&#8217;ulari hamda inson ovozk vo- sitasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi bi- rikma shakllarida namoyon buladi. M. ijodiyoti, ijrochiligi va tingla- nishi M. faoliyati ning boshka turlari \u2014 mas, musiqa tarbiyasi, musiqa ta&#8217;li- mi, i. t. (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshkalar b-n birga jamiyat M. madaniyat i tizimini tashkil etadi. Musiqa tarixi. M.ning paydo bo&#8217;lishi masalasida turli ilmiy faraz- lar vujudga kelgan: hissiyotga to&#8217;lgan nutq oxangi (g. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftla- rini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byu- xer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombare) M.ning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham M.ning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. M. tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari b-n bevosita bog&#8217;liq holda, Ibn Xaldun (14-a.) esa \u2014 ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan. Zamonaviy musiqashunoslik fani ar- xeologiya va etn. ma&#8217;lumotlaridan kelib chiqib, M. san&#8217;atini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa san&#8217;at turlari (rake, she&#8217;riyat va q.k.) b-n krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda M. ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiyma&#8217;naviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma san&#8217;at majmuasidan bir qancha san&#8217;at turlari, jumladan, M. ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda M. tabiatga, yovvoyi hayvonlarni o&#8217;rgatishda ta&#8217;sir kursatish, insonni turli kasalliklar- dan davolovchi kuch sifatida ta&#8217;riflana- Di (q. Alikambar, ibtidoiy san&#8217;at, mav- sum ko&#8217;shiklari, marosim qo&#8217;shiqlari). Quldorlik va ilk feodal tuzumi- ga asoslangan qad. dunyo davlatlari \u2014 Misr, Shumer, Bobil, O&#8217;rta Osiyo (taxm. mil. AV. 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yat- larida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Na- tijada aytim, cholg&#8217;u, raqs, Doston va b. janrlar paydo bulgan. Turli xil M. asboblari (chang, ud, tan- bur, lira, kifara, puflama va urma asbo- blar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega bo&#8217;lgan. M.ning ushbu davrda asosan og&#8217;zaki an&#8217;- anada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (ieroglif, harfiy va b.) tizimi ixtiro etilgan, M. esteti- kasi va nazariyasi ta&#8217;limotlari shak- llangan: Xitoyda \u2014 Konfutsiy, Yunoni- stonda \u2014 Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va b., O&#8217;rta Osiyoda \u2014 Borbad. O&#8217;rta asr G&#8217;arbiy Evropada professi- onal cherkov (bir ovozli Grigorian xora- li, keyinchalik ko&#8217;p ovozli xor va vokal- cholg&#8217;u janrlari \u2014 orga-num, kondukt va b.), dunyoviy (Fran-tsiyada \u2014 Trubadur- lar, truverlar; Germaniyada \u2014 minnezin- gerlar san&#8217;ati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-a.da Frantsiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-dam maktabi), 14-a.da Frantsiya va Italiyada &#171;are Nova&#187; uslu- bi yuzaga kelgan. Gvido D Aresso ixtiro etgan to&#8217;rt chiziqli nota yozuvi tovush ba- landligi va nag&#8217;malar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan. Ushbu davrda O&#8217;rta va yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan mu- sulmon kasbiy M. (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshka M. turlaridan mustaqil ravishda rivojla- nib, keyinchalik o&#8217;n ikki makom tizimi- ning shakllanishiga ham ma&#8217;lum daraja- da ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. 8\u2014 13-a.lar Musul- mon Shark, xalqlari og&#8217;zaki an&#8217;anadagi kasbiy M. si daston (M. nazariyasida) yoki parda (she&#8217;riyat va M. amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. O&#8217;rta Osiyo, Eron va Arab xalqlari M.sida mut- tasil davom etgan o&#8217;zaro ta&#8217;sir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy bo&#8217;lgan vokal (savt, g&#8217;ino, amal, mulammo, qavl va b.) va cholg&#8217;u (ra- voshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-So&#8217;g&#8217;diy, safi- Uddin al-Urmaviy va b. ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon M. nazariyasi hamda mahalliy xalqlar M. an&#8217;analariga asos- langan musiqiy estetika va ilmiynaza- riy ta&#8217;limotlar dastlab mat. Fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifa- tida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mav- siliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urma- viy esa ushbu yozuvni parda tizimiga mos- lashtirgan. Uyg&#8217;onish davri Evropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik g&#8217;oyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan M. san&#8217;- atida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga ko&#8217;tarildi, cholg&#8217;u (lyutnya, Viola) va vokal {Madrigal) ij- rochiligi rivoj topgan. Professional M.da polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va b. janrlar) o&#8217;z cho&#8217;qqisiga ko&#8217;tarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada \u2014 D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda \u2014 Palestrina, Vene-tsiyada \u2014 A. va J. Gabrieli) maktablari shakllandi. 17-18-a.ning 1-yarmida yangi janrlar \u2014 opera (Italiyada \u2014 K. Monte-Verdi, A. Skarlatti; Frantsiyada \u2014 J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada \u2014G. Pyorsell), ora- toriya (g. F. Gendel), kantata (g. Shyuts, I. S. Bax), kontsert (A. Korelli, A. VI- Valdi, I. S. Bax, Gendel), kamer an- sambl, Sonata (A. Korelli, D. Skarlat- ti), syuita va b. janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (u. Byord, G. Pyorsell, F. Kupe- Ren, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholg&#8217;u asboblar (skripka, Alt, violonchel) ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etish- gan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa ta&#8217;limi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-a. o&#8217;rtalari \u2014 19-a.ning boshida Evropa M.si ma&#8217;rifatchilik davri hamda Buyuk Frantsiya inqilobi g&#8217;oyalari ta&#8217;siri ostida rivojlangan (frantsuz kompo-zitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klas- sik maktabi vakillari ijodi, simfo- nizm musiqatafakkuri). 19-a.da rus (M. Glinka, &#171;qudratli tuda&#187; vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Mo- nyushko), Chex (B. Smetana, D. Dvorjak), Venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (ya. Sibelius) yangi milliy kompozi- torlik maktablari shakllangan, etakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shu- man, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Pa- ganini vab.). 20-a. M. tarixida alohida o&#8217;rin tutadi. M. madaniyatining barcha jabhalarida tub o&#8217;zgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yo&#8217;nalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) ri- voj topgan. 20-a.da yuz bergan ilmiytex- nik va informasion inqiloblar (radio, televidenie, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida M.ning tinglovchilarga etkazish va eshi- tish sohalarida yangi imkoniyatlar pay- do bo&#8217;ldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kom- pozitorlik ijodida sof musiqiy (sim- Foniya, kontsert, kamer-cholg&#8217;u M. kabi) janrlar o&#8217;rniga vokal M.si, teatr M.si, kino M.si kabi &#171;aralash&#187; turlar etakchi- lik qila boshladi. Kompozitorlik ijo- Di b-n birga an&#8217;anaviy M. ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamla- katlari mumtoz M. janrlari (mas, hind ragalari, Pokiston qavalli, Ozarbay- jon Mug&#8217;om, o&#8217;zbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy M. yo&#8217;nalishlariga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazdi. O&#8217;zbekistonda M., asosan, xalq va og&#8217;zaki an&#8217;anadagi professional M. sifatida qadimdan rivojlanib kel- gan. Xalq M.sidalapar, terma, yama, qo&#8217;shiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, o&#8217;yin, raqs, lirik, nasihatomuz va b.), og&#8217;zaki an&#8217;anada- gi o&#8217;zbek professional M.sida esa do- ston, katta ashula, ashula, maqom, cholg&#8217;u yo&#8217;llari kabi janrlar mavjud. O&#8217;zbek M. merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farklash mumkin (q. Buxoro-Samarqand musika uslubi, Xorazm musika uslubi, Farg&#8217;ona \u2014 Toshkent musika uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo muetsha uslubi). 20-a.da o&#8217;zbek va b. O&#8217;rta Osiyo xalqlari M. merosini yozib olish va o&#8217;rganish bo&#8217;yicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota to&#8217;plamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, Xrfiz va sozandalar o&#8217;zbek M. merosi durdonalari (Shashmakom, xo- razm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yo&#8217;llari va b.) ni keng targ&#8217;ib qilibgina qolmay, yangi cholg&#8217;u kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi bo&#8217;lishdi. 1930-40 y.larda O&#8217;zbekistonda avvallari bo&#8217;lmagan yangi (opera, balet, simfonik M., kamer M., kontsert kabi) M. janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950-60 y.lardan bosh- lab O&#8217;zbekiston kompozitorlari ijo- dida keng rivoj topdi, shuningdek, om- maviy M.ning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yo&#8217;nalishlari ham keng yoyilgan. M. ta&#8217;limi tizimi O&#8217;zR Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik lisey, 30 ga yaqin san&#8217;at, M. hamda madaniyat kollejlari, O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent dav- lat madaniyat in-ti, M. Uyg&#8217;ur nomidagi san&#8217;at in-ti va b. oliy o&#8217;quv yurtlarida amalga oshiriladi. Hozirda O&#8217;zbekistonda M. faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), &#171;O&#8217;zbeknavo&#187;, UZTE- leradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik b-n shug&#8217;ullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Abdumannon Nazarov, Olimjon Be- kov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Musiqa (Yun. mousiche \u2014muzalar san&#8217;-ati) \u2014 inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag&#8217;ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sa- nat turi. Uning mazmuni o&#8217;zgaruvchan ruhiy holatlarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/musiqa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116882","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116882","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116882"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116882\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116896,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116882\/revisions\/116896"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116882"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116882"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116882"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}